O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

Jismoniy zo'rlik 
deganda, shaxsning boshqalarning jismoniy ta'sirida jamiyat uchun xavfli qilmishlarning 
amalga oshirishi tushuniladi va bunda jismoniy ta'sir uning ixtiyorini butunlay olib qo'yadi (masalan, jinoyatchilar 
qorovulning qo'1-oyoqlarini bog'lab, narsalarni o'g'irlab ketadi). Bunday holat qorovulning jinoiy javobgarligini istisno 
qiladi. Chunki bunda kelib chiqqan oqibat shaxsning ixtiyoridan tashqarida yuz beradi. Agar shaxs jinoyatni bartaraf 
qilish imkoniyatiga ega bo'la turib, jismoniy zo'rlash natijasida undan foydalanmagan bo'lsa, jinoiy javobgarlikni istisno 
qilmaydi. Sud tomondan jazo tayinlashda Jinoyat kodeksining 55-fnoddasiga muvofiq holda jazoni yengillashtiruvchi 
holatlar sifatida hisobga olinishi mumkin. Masalan, ijtimoiy xavfli qilmish zaruriy mudofaa holatda sodir etilgan 
taqdirda shaxs javobgarlikka tortilmaydi. 
Ruhiy zo 'rlik 
deyilganda, shaxsni o'ldirish moddiy yoki ma'naviy zarar yetkazish bilan qo'rqitilishi natijasida 
sodir etgan harakat yoki harakatsizligi tufayli ijtimoiy xavfli oqibatning ro'y berishi tushuniladi. Ruhiy ta'sir natijasida 
yetkazilgan zarar uchun aybdor oxirgi zarurat hollaridan tashqari barcha hollarda javobgarlikka tortiladi. Sud jazo 
tayinlayotganda bu holatlarni javobgarlikni yengillashtiruvchi holat sifatida e'tiborga olishi kerak. Qilmish ijtimoiy 
xavfli bo'lishi yangi jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkaza oladigan darajada xavfli 
bo'lishi kerak. 
Qilmishni jinoyat, deb topish uchun uning ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo'lib, aybdorga nisbatan Jinoyat 
kodeksida muayyan jazo belgilangan bo'lishi kerak. Odatda, qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi jinoyat huquqiy 
norma sanksiyasida ifodalangan bo'ladi. Shubhasiz, jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi bir xil bo'lmaydi (masalan, 
hayotga qarshi jinoyatlarning ijtimoiy xaflilik darajasi sog'liqqa qarshi jinoyatlarga nisbatan yuqori va boshqalar). 
Jinoyat kodeksida ijtimoiy xavfli, deb ko'rsatilgan qilmishlarning qat'iy ro'yxati berilgan, lekin ijtimoiy-
iqtisodiy o'zgarishlar natijasida ba'zi qilmishlar ijtimoiy xavfliligini yo'qotib, dekriminalizatsiya qilinsa, ya'ni Jinoyat 
kodeksidan chiqarilsa, boshqalari ijtimoiy xavfli deb, kriminalizatsiya qilinishi mumkin. Masalan, Jinoyat kodeksidan 
chayqovchilik uchun javobgarlik ko'zda tutilgan modda olib tashlandi, chunki O'zbekiston Respublikasida amalga 
oshiri-layotgan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar natijasida bu qilmish o'zining ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo'qotdi yoki 
1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Jinoyat kodeksida birinchi marta odamlardan foydalanish uchun yollashning 
ijtimoiy xavfi ortganligi munosabati bilan javobgarlik belgilanadi (Jinoyat kodeksining 135-moddasi). 
Jinoiy qilmish har doim faqat ijtimoiy xavfli bo'libgina qolmas-dan, balki g'ayriqonuniy harakat hamdir, ya'ni 
jinoyat-huquqiy normalar bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qilishdir. 
Qilmishning ijtimoiy xavfliligi, g'ayriqonuniyligi, jinoiy jazoga sazovorligi va ayblilik jinoyatining zaruriy 
belgilaridir. Ijtimoiy xavfli qilmish ijtimoiy xavflilik va g'ayriqonuniy belgilarisiz sodir etilgan hollarda jinoyat tarkibi 
ham bo'lmaydi. 
Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida nazarda tutilgan ko'pchilik jinoyatlar ma'lum shaxslarning harakatlari, 
ya'ni faol xulqi natijasida sodir etiladi. Muayyan moddada javobgarlik ko'zda tutilgan jinoiy harakat bir harakatni sodir 
etish natijasida vujudga kelishi yoki qator harakatlardan (masalan, Jinoyat kodeksining 110-moddasi: qiynash, muttasil 
ravishda do'pposlash, ya'ni do'pposlashning uch yoki undan ko'p marta sodir etilishi) iborat bo'lishi mumkin. 
Ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat, deb topish uchun uni sodir etish bir harakat yoki bir necha harakatlardan iborat 
bo'lganligining ahamiyati yo'q. Ko'pchilik hollarda jinoiy harakat, ya'ni pichoq urish, sovuq qurol ishlatish va boshqa 
yo'llar bilan sodir etiladi. Biroq, jinoiy harakat so'z bilan, imo-ishoralar orqali (bezorilik, haqorat, o'ldirish bilan 
qo'rqitish va boshqalar) sodir etilishi mumkin. 
Qilmish harakatsizlik bilan ham sodir etilishi mumkin. Odatda, harakatsizlik shaklidagi qilmishlar shaxsning 
mansab yoki kasb bilan bog'liq vazifalarini yetarlicha bajarmasligi natijasida orqasidan keUb chiqadi. Masalan, kasb 
yuzasidan o'z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik (116-modda); xavf ostida qoldirish (117-modda); mulkni 
qo'riqlashga vijdonsiz munosabatda bo'lish (172-modda); mansabga sovuqqonlik bilan qarash (207-modda); hokimiyat 
harakatsizligi (208-modda); sud qarorini bajarmaslik (232-modda); jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish 
(241-modda) va boshqalar. Shu munosabat bilan harakatsizlik shaklida sodir etilgan har bir qilmishda aybdor shaxs 
muayyan majburiyatlarini, vazifalarini buzganligini aniqlash, u ma'lum bir tarzda harakat qilishi lozimligini, xulqi 
e'tiborga olingan holda jinoiy javobgarlik masalasi hal qilinishi lozim. 
Jinoiy harakatsizlikning boshlanishi muayyan harakatni amalga oshirishga majbur va bunga imkoniyati bo'lgan 
shaxs tomonidan uni amalga oshirmaslik oqibatida jinoyat qonuni bilan himoya qilinadigan obyektga zarar yetkazish 
hisoblanadi. Harakatsizlik zarar yetkazish bilan yoki uni yetkazish xavfining yo'qolishi bilan tugaydi. Harakatsizlikning 
boshlanishi va tugash vaqtini aniqlash ishtirok-chilik, jinoyatdan ixtiyoriy qaytish va boshqa shu kabi masalalarni hal 
qilishda ahamiyatga egadir. 
Jinoyat huquqiga oid adabiyotlarda «aralash harakatsizlik» tushunchasi qo'llaniladi. Bunday holatdajinoyat-
huquqiy harakatsizlik murakkab xususiyatga egadir. Har doim ham harakatsizlik mutlaq passiv bo'lavermaydi. 
Zimmasiga huquqiy majburiyat yuklatilgan shaxs tomonidan ana shu majburiyatni to'liq bajarmaslik yoki tegishli 
shaklda bajarmaslik ham jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Misol uchun, mansabga sovuqqonlik bilan qarash 
jinoyatida, mansabdor shaxs o'z majburiyatini tegishli shaklda bajarmaydi. 
Jinoyat kodeksining 117-moddasida hayoti yoki sog'Ug'i xavf ostida qolgan va o'zini o'zi qimoya qihsh imkoni 
bo'lmagan shaxsga yordam ko'rsatmaslik, basharti, aybdor bunday ahvoldagi shaxsga yordam berishi shart va bunday 
imkoniyatga ega bo'lsa yoxud aybdorning o'zi jabrlanuvchini xavfli ahvolga solib qo'ygan va ushbu moddaning 1 va 2-


37 
qismidagi oqibatlarni keltirib chiqarsa, jinoiy harakatsizlik sodir qilingan hisoblanadi. Bu holda shaxsning zimmasidagi 
ma'lum tarzda harakat qilish majburiyati qonun mazmunidan kelib chiqadi. Demak, jinoiy harakatsizlik shaxsning 
qonun, shartnoma, kelishuv va boshqalar bo'yicha ma'lum harakatlarni bajarmasligi yoki uning mansab, kasbiy 
vazifalarini hisobga olgan holda bajarmasligida ifodalanadi. 
Uzoqqa cho'zilgan, davomli va murakkab jinoyatlarning obyektiv tomoni ijtimoiy xavfli harakat yoki 
harakatsizlikning qator xususiyatlari bilan ifodalanadi. Uzoqqa cho'zilgan jinoyat deb, ma'lum davrgacha cho'zilgan 
jinoiy harakat yoki harakatsizlikka aytiladi. Bu jinoyat muayyan jinoiy harakat yoki harakatsizlik bilan boshlanadi. 
Jinoyat qonunida aybdorga yuklatilgan majburiyatning uzoq vaqt davomida bajarilmay kelishidan iborat 
harakatsizlik ham uzoqqa cho'zilgan jinoyat hisoblanadi. Masalan, aliment to'lash to'g'risi-dagi sud qarorini qasddan 
bajarmay yurish, tayyorlanayotgan yoki sodir bo'lgan ayrim jinoyatlar haqida xabar bermaslik va h.k. 
Uzoqqa cho'zilgan jinoyatlar jinoiy harakat yoki harakatsizlik sodir etilgan vaqtidan boshlanib, aybdorning o'zi 
shu harakatni to'xtatishi yoki jinoyatga to'sqinlik qiluvchi biron voqea yuz berishi bilan tamomlanadi. 
Davomli jinoyat deb, bir maqsadga erishish uchun bir-biriga o'xshash bir necha harakatdan iborat bo'lgan 
jinoyatga aytiladi. Bu jinoyatlarning har biri alohida olinganida mustaqil jinoyat tarkibining obyekti bo'lishi mumkin. 
Davomli jinoyat biror harakatning sodir bo'lishi bilan boshlanib, oxirgi jinoiy harakat bilan tamom bo'lgan hisoblanadi. 
Murakkab jinoyat deb, ikki yoki undan ko'p alohida jinoyat belgisi bo'lgan, lekin sodir qilinishdagi harakatlar 
bir-biriga yaqin aloqadorligi sababli bir butun jinoyat tarkibini tashkil etuvchi jinoyatga aytiladi. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish