Sababiy bog'lanish va uning jinoyat-huquqiy ahamiyati




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

 
6.5. Sababiy bog'lanish va uning jinoyat-huquqiy ahamiyati
Moddiy tarkibli jinoyatlar obyektiv tomonining zaruriy belgi-laridan uchinchisi — sababiy bog'lanish. 
Sababiy 
bog'lanish 
sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish va uning natijasida kelib chiqqan ijtimoiy xavfli oqibat o'rtasidagi 
bog'liqlik. 
Jinoyat huquqida jinoiy oqibatlar kelib chiqishiga sabab va sharoit bo'lib, faqatgina jinoyat subyektining harakat yoki 
harakatsizligi hisoblanadi. Hech qanday tabiat kuchlari, aqli noraso shaxslar, hayvonlar yoki mexanizmlarning harakati 
jinoyatning sababi bo'la olmaydi. Shunisi bilan jinoyat huquqidagi sababiy bog'lanish jinoyat ishida sud ekspertlari 
tomonidan aniqlanadigan sababiy bog'la-nishdan farqlanadi. Masalan, odam o'ldirish bilan bog'liq barcha ishlarda sud-
tibbiy ekspertizasi o'tkaziladi va unda o'lim kelib chiqishining biologik sabablari aniqlanadi. Sud-tibbiy ekspertizasi 
«Ana shu shaxsning harakatlari o'lim kelib chiqishiga sabab bo'lganmi», degan savolni qo'ysa sud yoki tergovchi qo'pol 
xatoga yo'l qo'ygan bo'ladi. Bu savolga javobni jinoyatni tasniflash vaqtida sud yoki tergovchi o'zi beradi. Sud-tibbiy 
ekspertizasi esa, quyidagi xulosalarni beradi: uyqu arteriyasiga qattiq o'tkir jism bilan urish oqibatida ko'p qon 
yo'qotilib, yurak to'xtashiga olib kelgan va o'lim kelib chiqishiga sabab bo'lganmi? Bu ma'lomotlarga asoslanib, 
tergovchi yoki sud gumon qilinuvchining (ayblanuvchi, sudla-nuvchi) tegishli harakati (harakatsizligi) jabrlanuvchining 
o'lishiga sabab bo'lgan-bo'lmaganligini aniqlaydi. 


39 
Shaxsning harakat (harakatsizligi) natijasida g'ayriijtimoiy, zararli oqibatlar kelib chiqish imkoniyatiga ega 
bo'lishi kerak. Agar harakat ijtimoiy foydali yoxud ijtimoiy neytral bo'lsa, unda sababiy bog'lanishni aniqlash kerak 
emas. Misol uchun: 
1). Agar oshxonaga yashirincha tushayotgan o'smir qorovulning baqirishi oqibatida qochib ketayotib, oyog'ini sindirib 
olgan bo'lsa, qorovulning harakatlarini og'ir tan jarohati yetkazilishida sabab bo'lgan, deb topib bo'lmaydi. 
2). P. mast yotgan D.ni o'rnidan turg'izib, uyiga jo'natganidan so'ng P. ko'rmaydigan masofada D. mashina ostiga tushib 
qolishi kabi harakatlar o'rtasida sababiy bog'lanish mavjud emas. 
Kelib chiqqan ijtimoiy xavfli oqibat uchun jinoiy javobgarlik masalasi faqat bu oqibat aynan shu qilmish sodir 
etilishi natijasida kelib chiqqanligi aniqlangandan so'ng ko'rsatilishi mumkin. Agar oqibat sodir etilgan ijtimoiy xavfli 
qilmish natijasida emas, balki boshqa sabablar tufayli kelib chiqqan bo'lsa, u holda bu oqibatlar ushbu qilmishni sodir 
etgan shaxsga yuklatilishi mumkin emas. Masalan, shaxsning badaniga shikast yetkazilgan va u tibbiy yordam uchun 
shifokorga murojaat qilgan va qon qo'yish natijasida OITS kasalligi yuqtirilganida badanga shikast yetkazgan shaxs 
jabrlanuvchining OITS bilan kasallanganligi uchun javobgar bo'lmaydi, chunki uning harakatlari bilan jabrlanuvchining 
OITS bilan kasal-lanishi o'rtasida sababiy bog'lanish yo'q. Jabrlanuvchi bu kasallikka tibbiyot xodimining beparvoligi 
yoki o'z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaralganligi tufayli yo'liqqan. 
Ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlikning zararli oqibatdan ilgari amalga oshirilishi sababiy bog'lanishning 
muhim belgilaridan biridir. Zararli oqibat esa, ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlikning natijasi bo'lib, u ayni vaqtda 
yoki keyin sodir bo'ladi. Aks holda, ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlik bilan zararli oqibat o'rtasida sababiy 
bog'lanish mavjud bo'lmaydi 
Ko'pchilik hollarda sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish va kelib chiqqan oqibatlar o'rtasidagi sababiy 
bog'lanishni aniqlash sud-tergov amaliyotida unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi, chunki oqibatlar (masalan, hayotga 
tajovuz qilinganida hayot uchun muhim a'zolarga o'q otish yo'li bilan odamni o'ldirish, sovuq qurol bilan badanga 
shikast yetkazish) ma'lum va aniq ko'rinib turadi. Ammo nyrim hollarda sababiy bog'lanishni aniqlash anchagina 
murakkab ish bo'lib, ekspertiza o'tkazish talab etiladi. Bu ko'proq avtotran-sport harakati xavfsizligi qoidalarini buzish 
tufayli sodir etiladigan jinoyatlarni tergov qilishda qo'llaniladi. 
Sababiy bog'lanish faqat harakat bilan sodir qilinadigan jinoyatlardagina jinoyat tarkibi obyektiv tomoning 
zaruriy belgisi hisoblanadi. Harakatsizlik bilan qilinadigan jinoyatlardagi sababiy bog'lanishni aniqlashda quyidagi 
xususiyatlar ko'zda tutiladi: 
1) shaxsga muayyan harakatlar qilish majburiyati yuklatil-ganligi; 
2) bu harakatni qilmaslik natijasida shu jinoyat tarkibi uchun qonunda belgilangan zararli oqibatning yuz bergan 
bo'lishi. 
Sababiy bog'lanish mavjudligini aniqlashda quyidagilarga e'tibor berish lozim: 
1. Oqibat sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizik) natijasida kelib chiqqan bo'lishi kerak. 
2. Kelib chiqqan oqibat sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishning yoxud bu qilmish sodir etilishi natijasida ijtimoiy xavfli 
oqibat kelib chiqishining real xavfi bo'lishi kerak. Agar jinoiy oqibat ijtimoiy xavfli qilmishning natijasi bo'lmasa, ya'ni 
uning sodir etilishi natijasida obyektiv tarzda oqibatning kelib chiqishi real bo'lmasa, shaxs jinoiy javobgarlikka 
tortilishi mumkin emas. 
Harakatsizlik yo'li bilan sodir etilgan jinoyatlarda sababiy bog'lanish muammolari xuddi faol harakat bilan 
jinoiy qilmish sodir etishdagi kabi hal etiladi. Qilmishning g'ayriijtimoiy, huquqqa xilofligi yoki axloqqa zid ekanligini 
aniqlash qilmish va jinoiy oqibat o'rtasidagi sababiy bog'lanishni tadqiq qilishning 
birinchi bosqichini 
tashkil qiladi. 
Tadqiqotning 
ikkinchi bosqichi 
g'ayrihuquqiy va axloqqa zid qilmish zararli oqibatlami kelib chiqishiga kerakli 
sharoit yarat-ganligini aniqlashni o'z ichiga oladi. O'zganing mulkini ehtiyotsizlik orqasidan nobud qilishda, uyga 
ketayotib elektr plitkani choynagi bilan yoniq holatda qoldirib ketgan farroshni javobgarlikka tortib bo'lmaydi. Chunki 
ekspertiza tomonidan aniqlanishicha, omborga omborxona mudiri tomonidan rastratani yashirish niyatida, farroshning 
yong'in xavfsizligi qoidalarini buzishidan foydalangan holda o't qo'yib, yo'q qilingan. Bu holatda farrosh yong'in 
xavfsizligi qoidalarini buzgan. Biroq, uning harakatlari amalga oshirilgan yoki amalga oshirilmaganligidan qat'iy nazar, 
yong'in boshqa shaxs tomonidan sodir etilgan. 
Sababiy bog'lanish mavjudligini aniqlashning 
uchinchi bosqichi, 
haqiqatan ham qilmish aynan jinoiy oqibatning 
sababi bo'lganligi aniqlashdan iboratdir. Harakatsizlikdagi sababiy bog'lanishni aniqlash o'ziga xos xususiyatga egadir. 
Agar harakatda shaxs qurol yoki vositalarni ishlatgan holda tashqi dunyoda bevosita o'z kuchi bilan o'zgarishlar qilsa, 
harkatsizlikda esa, shaxs faol o'zgartiruvchi harakatlarini amalga oshirmasa-da, tashqi tabiat kuchlariga, hayvonlarga, 
mexanizmlarga va boshqa shaxslarga zarar yetkazilishi uchun imkoniyat yaratadi. Harakatsizlik va jinoiy oqibat 
o'rtasidagi sababiy bog'lanishni aniqlash bosqichlari va shartlari harakatdagi bilan bir xildir. Biroq, jinoiy 
harakatsizlikning o'ziga xosliligini inobatga olmoq darkor, ya'ni shaxs zararli oqibatlar kelib chiqishini oldini olishga 
majbur bo'lgan yoki imkoniyati bo'lganligini aniqlamoq kerak bo'ladi. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sababiy bog'lanish va uning jinoyat-huquqiy ahamiyati

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish