• 6. Aqli norasolik mezonlarini izohlang. 7. Jinoyat kodeksida jinoyat subyekti yoshi necha yoshdan belgilangan
  • 10. Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyatning maxsus subyektlarini sanab bering. 11. Jinoyatning subyekti va jinoyatchi shaxsi tushunchalarining farqi nimada
  • O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet51/141
    Sana30.05.2024
    Hajmi53,9 Mb.
    #257489
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   141
    Bog'liq
    67. Жиноят хукуки умумий кисм

    NAZORAT SAVOLLARI 
     
    1. Jinoyatning subyekti, deb nimaga aytiladi? 
    2. Jinoyat subyektining jinoyat tarkibi tizimida tutgan o'rni nimalarda ifodalanadi? 
    3. Jinoyat subyektining belgilarini bayon eting. 
    4. Aqli rasolik, deb nimaga aytiladi? 
    5. Aqli norasolik, deb nimaga aytiladi? 
    6. Aqli norasolik mezonlarini izohlang. 
    7. Jinoyat kodeksida jinoyat subyekti yoshi necha yoshdan belgilangan? 
    8. Shaxsni muayyan yoshga yetgan, deb hisoblash tartibi qanday? 
    9. Jinoyatning maxsus subyekti, deb nimaga aytiladi? 
    10. Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyatning maxsus subyektlarini sanab bering. 
    11. Jinoyatning subyekti va jinoyatchi shaxsi tushunchalarining farqi nimada? 
     
     
    8-bob. JINOYATNING SUBYEKTIV TOMONI
    8.1. Jinoyatning subyektiv tomoni tushunchasi, belgilari va ahamiyati 


    47 
     
    Jinoyatning subyektiv tomonini aniq belgilash jinoyatni to'g'ri kvalifikatsiya qilish va adolatli, shaxsning aybi 
    darajasini hisobga olgan holda jazo tayinlashning zaruriy shartidir. O'zbekiston Respublikasi jinoyat huquqining muhim 
    xususiyatlaridan biri subyektning aqli rasoligi, ya'ni aybdorning o'z harakatini boshqara olganligi va harakati tufayli 
    kelib chiqqan oqibatning ijtimoiy xavfliligini anglashi hisoblanadi. 
    Jinoyat kodeksining 20-moddasiga muvofiq, ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir 
    etgan shaxs jinoyat sodir etilishida aybdor, deb topilishi mumkin, ya'ni subyektiv aqli rasolik shuni anglatadiki, shaxs 
    faqat qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilgan qilmishi uchun aybdor bo'lgandagina jinoiy javobgarlikka 
    tortiladi. Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatning subyektiv tomoni deyilganda, aybdor shaxsning o'zi sodir etgan 
    ijtimoiy xavfli qilmish va uning oqibatlariga bo'lgan ruhiy munosabati tushuniladi. 
    Jinoyatning subyektiv tomonini aniqlash sud-tergov ama-liyotida ma'lum qiyinchiliklar tug'diradi. Shu 
    munosabat bilan jinoyatchi tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish, uning maqsadi va motivlarini chuqur 
    o'rganish lozim. 
    Aynan jinoyatning subyektiv tomonini to'g'ri aniqlash jinoyatchi shaxsning ijtimoiy xavfliligi darajasini 
    aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Jinoyatning maqsadi, motivi va aybni yetarlicha tadqiq etmaslik jinoyatni 
    kvalifikatsiya qilishda xatoliklarga yo'l qo'yilishiga olib kelib, shaxsning u sodir etmagan qilmish uchun jinoiy 
    javobgarlikka tortilishiga sabab bo'ladi, bu esa adolatli jazo tayinlash odillik prinsipining buzilishiga olib keladi. 
    Shuning uchun sud-tergov amaliyotida jinoyatning motivi, maqsadi va aybni to'g'ri aniqlashga juda katta e'tibor berish 
    kerak, chunki Jinoyat kodeksining 9-moddasiga muvofiq, «shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy 
    xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo'ladi». Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat subyektiv tomonining zaruriy belgisi 
    aybning qasd yoki ehtiyotsizlik shaklidir. Jinoyatning maqsadi va motivi esa, subyektiv tomonining fakultativ belgisi 
    hisoblanadi. Maqsadi va motiv jinoyat subyektiv tomonining fakultativ belgisi hisoblanib, agar ular jinoyat huquqiy 
    normada to'g'ridan to'g'ri ko'rsatilgan bo'lsagina, jinoyatni kvalifikatsiya qilishga ta'sir etadi, boshqa hollarda esa, ular 
    jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta'sir qilmaydi, balki jazo tayinlashda hisobga oli-nishi zarur. 

    Download 53,9 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   141




    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish