O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

 
8.3. Ayb va lining shakllari 
Ayb har qanday jinoyat subyektiv tomonining zaruriy belgisidir. Aybsiz holda zarar yetkazganlik uchun jinoiy 
javobgarlikka tortish va jazo tayinlanishi mumkin emas. 
Ayb 
deganda, shaxsning sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishi va 
uning oqibatlariga (qasddan yoki ehtiyotsizlik ko'rinishidagi) bo'lgan ruhiy munosabati tushuniladi. 
Jinoyat qonunchiligida va sud amaliyotida aybning og'irligini anglatuvchi, uning miqdoriy xususiyatini aks 
ettiruvchi «aybning darajasi» tushunchasi ishlatiladi. Aybning darajasi shaxsning jinoyat holatlariga bo'lgan munosabati 
shakllari va tarkibining jami bilan aniqlanadi hamda ijtimoiy xavfli qilmishning darajasi bilan belgilanadi. Bular 
quyidagilardan iborat: ruhiy munosabatining xususiyatlari, jinoyatning motiv va maqsadi, shaxsni tavsiflaydigan 
holatlarga oid jinoiy qasd yoki ehtiyotsizlikning kelib chiqishiga turtki bo'lgan sabab va shart-sharoitlardir. 
Yuridik adabiyotlarda ayb turUcha talqin etiladi. Qator mualhflar jinoyatning subyektiv tomonini tadqiq etishda 
ayb va jinoyatning subyektiv tomoni tushunchasini aynan bir xil, deb hisoblashsa, boshqalari jinoyatning subyektiv 
tomoni aybga nisbagan keng tushuncha bo'lib, u o'z ichiga jinoyatning motivi va maqsadini ham qamrab oladi, deb 
hisoblaydilar. Shubhasiz, bular aynan bir xil tushunchalar emas. 
Qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksida (Jinoyat kodeksining 20-moddasi) nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli 
qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilishida aybdor, deb topilishi mumkin. 
Jinoyat kodeksining 20-moddasiga muvofiq jinoyat: 
1) qasddan; 
2) ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilishi mumkin. 
Aybning qasd shaklida jinoyat 
to 'g'ri 
yoki 
egri 
qasd bilan sodir etilishi mumkin. Jinoyat tamom bo'lgan vaqt 
ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt, deb hisoblanadi. Uni sodir etgan shaxs o'z qilmishining ijtimoiy xavflilik 
xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan bo'lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan, deb 
topiladi. Qasddan sodir etilgan jinoyatga berilgan bu ta'rif to'g'ri qasd bilan amalga oshiriladigan jinoyatlar tarkibiga 
nisbatan berilgan. 
Jinoyatni sodir etgan shaxs qilmishning ijtimoiy xavfliligini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlarini 
oldindan ko'ra bilgan va ularning yuz berishini istagan bo'lsa, u 
to'g'ri 
qasd bilan sodir etilgan hisoblanadi. Jinoyatni 
sodir etgan shaxs o'z qilmishining xavfliligini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlarini oldindan ko'ra bilgan va 
ularning yuz berishiga ongli ravishda yo'l qo'ygan bo'lsa, u 
egri 
qasd bilan sodir etilgan hisoblanadi. 
O'z-o'ziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish ehtiyotsizlik orqasida sodir 
etilgan jinoyat, deb topiladi. O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni tarixida birinchi marta 1994-yilgi Jinoyat 
kodeksida murakkab aybli jinoyat tushunchasi o'z aksini topdi. 
Sud-ter gov amaliyotida aybdorning sodir etgan jinoyati va yuz bergan oqibatlarga bo'lgan munosabati har xil 
bo'lgan hollarda jinoyatni kvalifikatsiya qilishda turli muammolarga duch kelinadi, bunday hollarda ayb shakllarining 
to'g'ri aniqlanishi sodir etilgan jinoyatni to'g'ri kvalifikatsiya qilishning zaruriy sharti ekanligidan kelib chiqib, Jinoyat 
kodeksining 23-moddasida murakkab ayb tushunchasiga ta'rif berilgan.
Agar shaxsning qasddan jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik orqasida boshqa ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz 
bergan va shunday qilmish uchun og'irroq javobgarlik belgilangan bo'lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etiigan, deb 
topiladi. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish