• 5. Shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun qanday asoslar bolishi kerak 6. Jinoyatlarning royxati qayerda berilgan va bu royxat qatiymi yoki taxminiymi
  • 10. Jinoiy javobgarlikning intizomiy, mamuriyjavobgarlikdan farqi nimada 10-bob. JINOYATNI SODIR ETISH BOSQICHLARI
  • O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/141
    Sana30.05.2024
    Hajmi53,9 Mb.
    #257489
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   141
    Bog'liq
    67. Жиноят хукуки умумий кисм

     
    NAZORAT SAVOLLARI 
    1. Jinoiy javobgarlik nima va u qanday elementlardan iborat? 
    2. Jinoiy javobgarlik to'g'risida qanday nazariyalar mavjud? 
    3. Jinoyat huquqiy munosabatlarning subyektlari kimlar? 
    4. Jinoiy javobgarlikning asosi nima? 
    5. Shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun qanday asoslar bo'lishi kerak? 
    6. Jinoyatlarning ro'yxati qayerda berilgan va bu ro'yxat qat'iymi yoki taxminiymi? 
    7. Jinoiy javobgarlik nima? 
    8. Jinoiy jazo qo'llash nima? 
    9. Jinoiy javobgarlikning vaqt bo'yicha chegarasi bormi? 
    10. Jinoiy javobgarlikning intizomiy, ma'muriyjavobgarlikdan farqi nimada? 
     
    10-bob. JINOYATNI SODIR ETISH BOSQICHLARI 
    10.1. Jinoyat sodir etish bosqichlari tushunchasi va uning turlari 


    57 
    Jinoyat ijtimoiy xavfli qilmish sifatida jinoyatchining u yoki bu qasdi muayyan vaqt (jinoiy niyatning paydo 
    bo'lishidan boshlab, toki, uni to'liq amalga oshirish va jinoiy maqsadga erishgunga qadar bo'lgan davr) oralig'ida amalga 
    oshiriladigan harakat (harakatsizlik) sifatida tushuniladi. Jinoyatning tamom bo'lganligini aniqlash sodir etilgan jinoyat 
    tarkibiga bog'liq bo'ladi. 
    Jinoyat sodir etish bosqichlari - bu qasddan jinoyat sodir etishning muayyan bosqichi bo'lib, jinoyatga 
    tayyorgarlik ko'rish, jinoyatga suiqasd qilish va tamom bo'lgan jinoyatlarda ifodalanadi. A.S.Yakubovning fikriga ko'ra, 
    jinoyat sodir etishning dastlabki bosqichi qasdning shakllanish bosqichi hisoblandi. 
    Jinoyat sodir etish bosqichi sifatida qasdning shakllanishi va aniqlanishi: 
    • 
    birinchidan, 
    jinoyatni jinoiy bo'lmagan qilmishlardan ajratish imkonini beradi; 

    ikkinchidan, 
    huquqni muhofaza qiluvchi organlarning profilaktik faoliyati samaradorligiga ko'maklashadi. 
    Ijtimoiy xavflilik nafaqat tamom bo'lgan, balki tamom bo'lmagan jinoyatlarning ham asosiy belgilaridan biri 
    hisoblanadi. Bu jinoyatlar uchun javobgarlik belgilash orqali qonun shaxsning huquq va erkinliklarini, mol-mulkini, 
    jamoat tartibi va xavfsizligini, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy tuzumi va qonun himoyasida bo'lgan 
    boshqa obyektlarni himoya qiladi. 
    Barcha jinoiy qilmishlarda ham jinoyatga tayyorgarlik ko'rish bosqichi mavjud bo'lmaydi. Jinoyat ehtiyotsizlik 
    orqasida, jumladan, harakatsiziik bilan jinoyatlar sodir etilganida, jinoyatga tayyorgarlik va suiqasd bosqichlari mavjud 
    bo'lmaydi. Biroq ayrim jinoyatlarda harakatsiziik orqali jinoyatga suiqasd qilinishi mumkin (masalan, onaning o'z 
    chaqalog'ini o'ldirish maqsadida ovqatlantirmasligi). 
    Jinoyatga tayyorgarlik ko'rish va suiqasd qilish dastlabki yoki tugallanmagan jinoiy qilmishda ifodalanadi. Bu 
    qilmishning tugallangan jinoyatdan farqi, unda «Maxsus» qism moddasida ko'rsatilgan jinoyat belgilari to'liq 
    bajarilmaydi: obyektiv tomonni ifodalovchi belgilarning to'liq bajarilmasligi yoki ijtimoiy xavfli oqibatning yo'qligidir. 
    Tugallangan jinoyatlarda qilmishning jinoiyligini ifodalovchi barcha belgilar mavjud bo'ladi. 
    Tamom bo'lmagan jinoyat uchun javobgarlik masalasi, shaxsning jinoiy faoliyati o'ziga bog'liq bo'lmagan holda 
    jinoyatga tayyorgarlik ko'rish yoki suiqasd qilish bosqichida to'xtatilgan bo'lsagina vujudga keladi. 
    Jinoyatga tayyorgarlik ko'rish va suiqasd uchun javobgarlikka tortish uchun jinoyat qasddan bo'lishi kerak. Egri 
    qasdda jinoyat sodir etishning ushbu ikki bosqichi bo'lmaydi. Chunki jinoyatga tayyorgarlik ko'rish va suiqasd qilishda 
    shaxsning jinoyat sodir etish istagi natijaga erishishga qaratilgan ongli va maqsadli harakatlardan iborat bo'ladi. 
    Masalan, odam o'ldirishga suiqasd qilish faqat to'g'ri qasd bilan sodir etiladi, qachonki, shaxs o'lim yuz berishini 
    anglagan va istagan bo'lgandagina suiqasd bo'lishi mumkin. 
    Jinoyatga tayyorgarlik ko'rish va suiqasd qilish faqat to'g'ri qasddan sodir etilgan jinoyatlarda mavjud bo'ladi. 
    Egri qasd bilan sodir etilgan jinoyatlarda esa, jinoyatga tayyorgarlik ko'rish va suiqasd qilish bosqichlari bo'lmaydi. 
    Jinoyatchi jinoiy oqibat yuz berishini xohlamagan holda jinoyatga tayyorgarlik ko'rishi yoki suiqasd qilishi mumkin 
    emas. Bunday hollarda jinoiy oqibat uning harakat ishning maqsadini tashkil qilmaydi. Jinoyatning qasddan sodir 
    etilishi har ikki bosqich uchun ham zaruriy belgi hisoblanadi. 
    Jinoyatga tayyorgarlik ko'rish va suiqasd qilish har qanday jinoiy oqibatning yuz berishini istisno etadi. Aynan 
    jinoiy oqibatning yuz bermaganligi tamom bo'lgan va tamom bo'lmagan jinoyatlar o'rtasidagi farqni belgilab beradi. 

    Download 53,9 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   141




    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish