O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

 
8.7. Aybsiz holda zarar yetkazish
1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan amaldagi Jinoyat kodeksida birinchi marta aybsiz holda zarar yetkazish 
tushunchasi berildi (24-modda). Unga ko'ra, agar shaxs o'z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagan
anglashi mumkin va lozim ham bo'lmagan yoki uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko'zi yetmagan va ishning holatlariga 
ko'ra, ko'zi yetishi lozim ham bo'lmagan bo'lsa, bunday qilmish aybsiz holda sodir etilgan, deb topiladi. 
Aybsiz holda zarar yetkazishning formal tarkibli qilmishlarga nisbatan tatbiq qilganda ijtimoiy xavfli qilmish 
sodir qilgan shaxs mavjud vaziyatga ko'ra, o'z qilmishining ijtimoiy xavfli ekanligini anglamaydi. Moddiy tarkibli 
qilmishga nisbatan tatbiq qilganda, ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgan shaxs o'z qilmishining ijtimoiy xavflilik 
xususiyatini anglamagan, anglashi lozim va mumkin bo'lmaganligidir. Aynan anglashi mumkin va lozim bo'lmaganligi 
aybsiz holda zarar yetkazishni ehtiyotsizlikning beparvolik turidan farqlab turuvchi mezon hisoblanadi. 
Bir hafta oldin ozodlikdan mahrum qilish jazosini o'tab kelgan A. kech soat 22.00 da tanishi K. bilan uyida 
suhbat qilib o'tirgan edi. Shunda eshikning qo'ng'irog'i chalinadi. A. o'rnidan turib, eshikni ochishi bilan uch kishi shaxt 
bilan uyga kirishadi. A. o'zining raqiblari o'ch olgani keldi, deb xayol qilib K.dan yordam berishni so'raydi. K. o'rnidan 
turib, o'tirgan stulni olib uyga bostirib kirganlarning birining boshiga urib, badaniga o'rtacha og'ir shikast yetkazadi. 
Tergov organi K. va A.larning qilmishini Jinoyat kodeksining 105-moddasi, 2-qismi, «v» bandi bilan ayb e'lon qilib, 
ishni sudga chiqaradi. Sud ish holatlarini batafsil tahlil qilib, A. va K.larni Jinoyat kodeksining 24-moddasi qoidalariga 
asoslanib, oqlov hukmi chiqaradi. Sud shunday qarorga kelishiga ana shu qilmish sodir etilgan vaqtda uyga bostirib 
kirgan kishi militsiya xodimi ekanligiga qaramasdan (A.ning ustidan ma'muriy nazorat o'rnatilgan), kirib kelganlarning 
biri profilaktika inspektori va ikki kishi mahalla posboni bo'lib, ularning birortasida ularning farqini ko'rsatib turuvchi 
belgi yo'q edi. Bundan tashqari, mahalla posbonlarining birini qo'lida tayoq ham bo'lgan. Sud ana shunday vaziyatda A. 
va K.lar o'zlariga hujum qilinganini o'ylab. harakat qilgan, deb topgan. 
Sud ana shunday vaziyatni hisobga olib, ularni to'g'ri oqlagan. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish