O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

 
8.6. Jinoyatning motivi va maqsadi 
Jinoyatning motivi va maqsadi jinoyat subyektiv tomonining mustaqil fakultativ belgilari hisoblanadi. 
Jinoyatning motivi va maqsadi qilmishni to'g'ri kvalifikatsiya qilishda, jinoyatni boshqa jinoyat tarkibidan farqlash va 
adolatli jazo tayinlashda muhim ahamiyatga ega. 
Insonning har qanday faoliyati muayyan motiv va maqsadga egadir. Jinoiy faoliyat insonning har qanday 
irodaviy harakati singari muayyan motivga ega va muayyan maqsadlarga erishishga qaratilgan. Motiv va maqsad 
o'rtasida ichki bog'Hqlik mavjud. Motivning shakllanishi muayyan maqsadning vujudga kelishini o'z ichiga oladi. Motiv 
subyektni o'z maqsadlari sari yo'naltiruvchi kuch hisoblanadi. 
O'z navbatida motiv va maqsad bir xil tushunchalar emas, chunki ular aybdorning sodir etgan ijtimoiy xavflik 
qilmishiga bo'lgan ruhiy munosabatini turlicha ifodalaydi. Agar motiv jinoyat sodir etayotib shaxs nimaga asoslangan, 
degan savolga javob bersa, maqsad aybdor intilayotgan natija haqidagi tasawurlarni, harakat-larning yo'naltirilganligini 
o'z ichiga oladi. 
Ayrim hollarda maqsad va motiv jinoyatning zaruriy belgisi bo'lsa, boshqa hollarda javobgarligini 
og'irlashtiruvchi holat hisoblanadi, ya'ni maqsad va motiv jinoyat subyektiv tomonining mustaqil belgisi hisoblanadi. 
Jinoyatning motivi shaxsda jinoyat sodir qilishi qarori va xohishini uyg'otuvchi ichki hissiyotdir. Jinoiy 
maqsadga shaxs ijtimoiy xavfli harakat orqali erishishga harakat qiladi. 
Jinoyatning motivi va maqsadi faqat qasddan sodir etilgan jinoyatlarga xosdir. Agar jinoyat ehtiyotsizlik orqasidan sodir 
etilsa, uning oqibati motiv va maqsadga bog'lanrriaydi. Motiv va maqsad jinoyat subyektiv tomonining belgisi sifatida 
bir-biriga juda bog'liqdir, chunki jinoyat sodir qilishda ichki hissiyot orqali xohish uyg'onadi va shaxsda jinoyat sodir 
qilish maqsadi vujudga keladi. 
Jinoyatning motivi rashk, o'ch olish, bezorilik, millatlararo, shaxsiy g'araz va hokazolar bo'ladi. Sodir etilgan 
boshqa jinoyatni yashirish, murdaning a'zolarini transplantatsiya qilish uchun olish, shahvoniy ehtiyojni qondirish 
maqsadlarda foydalanish uchun jinoyat sodir qilish, xalqaro aloqalarni yomonlashtirish maqsadida urushni targ'ib qilish, 
nazorat qilinrnaydigan foyda olish va hokazolar jinoyatning maqsadi ham har xil bo'lishi mumkin. 
Jinoyatning motivi va maqsadi jinoyat-huquqiy normalarda aniq ko'rsatib o'tilgan (masalan, tamagirlik niyatida 
odam o'ldirish (97-moddaning 2-qismi, «i» bandi), o'lgan odamning organlari yoki tanasi a'zolarini transplantatsiya 
qilish maqsadida olish -133-modda). 


53 
Lekin bir qator jinoyat-huquqiy normalarda motiv va maqsad aniq ko'rsatilmagan, faqat ularning umumiy tavsifi 
berilgan, xolos (masalan, mansabdor shaxs tomonidan tamagirlik yoki boshqa manfaatdorlik maqsadida bila turib 
rasmiy hujjatlarga yolg'on yozuvlarva ma'lumotlar kiritib qo'yish (209-modda) va hokazolar). Bunday holatlarda 
jinoyatni kvalifikatsiya qilishda sodir etilgan jinoyatning aniq motivini aniqlash lozim bo'ladi. 
Jinoyatni kvalifikatsiya qilishda jinoyatning motiv va maqsadi turli xil ahamiyatga ega. Masalan, talon-taroj 
qilishning motivi g'araz; qo'shmachilikniki esa, tamagirlik yoki boshqa istaklar (Jinoyat kodeksining 131-moddasi), 
odamlardan foydalanish uchun ularni yollashning muhim belgisi - shahvoniy yoki boshqa maqsadlarda foydalanish 
(135-modda); urushni targ'ib qilishda -agressiyani keltirib chiqarish; terrorizmda, xalqaro munosabatlarni 
murakkablashtirish yoki O'zbekiston Respublikasida vaziyatni yomonlashtirish jinoyatning maqsadi hisoblanadi. 
Boshqa hollarda jinoyatning motiv va maqsadi javobgarlikni og'irlashtiruvchi holat bo'lib hisoblanadi (masalan, 
g'arazli maqsadlarda yoki bezorilik harakatlari natijasida odam o'ldirish, milliy yoki irqiy adovat zamirida odam 
o'ldirish, kishi a'zolarini kesib olish va ulardan foydalanish maqsadida odam o'ldirish (97-moddaning 2-qismi), inson 
to'qimalari yoki a'zolarini kesib olish va transplantatsiya qilish g'araz yoki boshqa niyatlarda sodir qilinsa (133-
moddaning 2-qismi), odamlardan foydalanish uchun ularni yollash, agar O'zbekiston Respublikasidan tashqariga olib 
chiqib ketish maqsadida qilinsa (135-moddaning 3-qismi va hokazo). 
Ayrim hollarda jinoyatning motiv va maqsadi jinoyat huquqiy normalarida zaruriy belgi sifatida aybni 
yengillashtiruvchi holat sifatida ko'rsatilmagan bo'lsa, ular jazo tayinlashda e'tiborga olinishi mumkin. Masalan, ijtimoiy 
munosabatlarni himoya qilish motivi jinoyatchini ushlash vaqtida junga zarar yetkazilsa, aybni yengillashtiruvchi holat 
bo'lib hisoblanadi. Milliy, irqiy yoxud diniy adovat motivi bilan, garaz yoki past niyatlarda jinoyat sodir qilinsa, garchi, 
bu motivlar jinoyat huquqiy normalarda ko'zda tutilmagan bo'lsa ham, aybni og'irlashtiruvchi holat bo'lib hisoblanadi. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish