• 4. Ayb, deb nimaga aytiladi, uning shakllarini izohlang. 5. Qasd deb nimaga aytiladi, qasddan sodir etilgan jinoyatlarning turlarini sanab oting.
  • 8. Qasddan va ehtiyotsizlikdan sodir etilgan jinoyatlarning farqlarini tushuntiring. 9. Jinoyatlar motivi va maqsadining huquqiy ahamiyati nimada
  • 12. Jinoyat huquqida xato deganda, nimalarni tushunasiz 54
  • O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/141
    Sana30.05.2024
    Hajmi53,9 Mb.
    #257489
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   141
    Bog'liq
    67. Жиноят хукуки умумий кисм

     
     
    NAZORAT SAVOLLARI 
    1. Jinoyat subyektiv tomoni, deb nimaga aytiladi? 
    2. Jinoyat subyektiv tomonining jinoyat tarkibi elementlari tizimidagi ahamiyati nimalarda ifodalanadi? 
    3. Jinoyat subyektiv tomonining belgilarini bayon eting. 
    4. Ayb, deb nimaga aytiladi, uning shakllarini izohlang. 
    5. Qasd deb nimaga aytiladi, qasddan sodir etilgan jinoyatlarning turlarini sanab o'ting. 
    6. To'g'ri va egri qasdning farqlari nimada? 
    7. Ehtiyotsizlik va uning turlarini bayon eting. 
    8. Qasddan va ehtiyotsizlikdan sodir etilgan jinoyatlarning farqlarini tushuntiring. 
    9. Jinoyatlar motivi va maqsadining huquqiy ahamiyati nimada? 
    10. Egri qasd bilan o'z-o'ziga ishonishning farqlari nimalarda ifodalanadi? 
    11. Murakkab aybli jinoyatlar deganda, qanday jinoyatlar tushuniladi? 
    12. Jinoyat huquqida xato deganda, nimalarni tushunasiz? 


    54 
     
     
    9-bob. JINOIY JAVOBGARLIK VA UNING ASOSLARI
    9.1. Jinoiy javobgarlik tushunchasi 
     
     
     
    Jinoiy javobgarlik huquqiy javobgarlikning bir turi bo'lib, jinoyat huquqning asosiy tushunchalaridan biri 
    hisoblanadi. 
    Jinoiy javobgarlik 
    jinoyat huquqi normalari bilan qo'riq-lanadigan ijtimoiy munosabalarga jiddiy zarar 
    yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazishi mumkin bo'lgan tajovuz qilingandagina vujudga keladi. Shunday ekan, 
    jinoiy javobgarlik o'z navbatida qandaydir huquqiy oqibatni vujudga keltiradi. Jinoiy javobgarlik esa, jinoyat huquqiy 
    munosabatdir. Ammo jinoyat huquqiy munosabatning kelib chiqishi uchun biron-bir yuridik fakt sodir etilishi talab 
    qiiinadi va bunday yuridik fakt jinoyatning sodir etilishi hisoblanadi. 
    Jinoiy javobgarlik huquqiy javobgarlikning bir ko'rinishi bo'lib, u jinoyat qonunida belgilab qo'yilgan va sud 
    tomonidan jinoyat sodir etishda aybdor bo'lgan shaxsga nisbatan javobgarlikni qo'llashdan iboratdir. Shunga muvofiq, 
    ravishda jinoiy javobgarlik javobgarlikning boshqa turlari (axloqiy, fuqaroviy, ma'muriy va h.k.)dan, eng awalo, 
    o'zining mazmuni jihatidan farq qiladi. 
    Jinoyat kodeksining 16-moddasida jinoiy javobgarlik tushunchasi berilgan: Jinoiy javobgarlik deganda, jinoyat sodir 
    etishda aybdor bo'lgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta'sir chorasi 
    qo'llanishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibati tushuniladi. 
    Bundan tashqari, jinoyat huquqiga oid darslik va ilmiy adabiyotlarda jinoiy javobgarlik tushunchasiga turlicha 
    ta'rif beriladi. Jinoiy javobgarlik tushunchasi umumiy jihatdan davlat va jinoyat sodir etgan shaxs o'rtasida kelib 
    chiqadigan jinoiy huquqiy munosabat sifatida tushuniladi. Bunda davlatda jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan jinoiy 
    huquqiy ta'sir chorasini qo'llash huquqi vujudga keladi. Jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan faqat shu huquqbuzarlik 
    uchun sanksiyada belgilangan jazo chorasini qo'llash majburiyati vujudga keladi va unga nisbatan xuddi shunday ta'sir 
    chorasi qo'llaniladi. 
    Jinoiy javobgalik vujudga kelgan vaqtdan boshlab shaxsning jinoiy javobgarligi masalasi ko'riladi. Jinoiy 
    javobgarlik masalasi shaxsni dastlabki tergovga jalb qilish (majburlov va ehtiyot choralarini qo'llash), ishni sudda 
    ko'rish, ayblov hukmini chiqa-rish, shartli hukm qilish va sudlanganlik shakllarida amalga oshiriladi. Sudlanganliikning 
    tugashi yoki olib tashlanishi bilan jinoiy javobgarlik tugaydi. Jinoiy javobgarlik jazo va sudlanganlik elementlarisiz bir 
    lahzali hisoblanadi. Uning boshlanishi va oxiri yo'qoladi. Sud hukmining qonuniy kuchga kirishi bilan jinoiy 
    javobgarlik boshlanadi yoki tamom bo'ladi. Sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirishi bilan hukmda belgilangan 
    davlatning majburlov chorasi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan ta'sir qiladi. Yoki shu vaqtdan boshlab, jinoiy 
    javobgarlik tugaydi. Natijada, jinoiy javobgarlik belgilanmaydi va sudlanganlik yuzaga kelmaydi. 
    Jinoiy javobgarlik bir qator huquqiy belgilarga ega bo'lib, ular quyidagilardan iborat: 
    • 
    birinchidan, 
    o'z yuridik mazmuniga ko'ra jinoiy javobgarlik huquqiy oqibat keltirib chiqaradi; 

    ikkinchidan, 
    jinoiy javobgarlikni faqat shaxsning aybi bilan sodir etilgan, ijtimoiy xavfli qilmish vujudga keltiradi; 
    • 
    uchinchidan, 
    sud qilmish, jazo yoki boshqa jinoyat-huquqiy ta'sir choralarni qo'llashdek davlatning majburlov 
    shakllarida ifodalanadi; 
    • 
    to 'rtinchidan, 
    u jinoiy huquqiy munosabatlar doirasida paydo bo'ladi, amalga oshadi va bekor bo'ladi. 
    Jinoiy javobgarlik sudning ayblov hukmiga oid qarori, ya'ni jinoyatni sodir etishda aybdor, deb topilgan 
    shaxsning sudla-nishidan boshlanadi. Jinoiy javobgarlik quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin: 
    1. Aybdomi jazo qo'llamasdan sud qilish
    2. Aybdorga jazo belgilab, ammo uni real ijrosidan ozod qilib sud qilish; 
    3. Aybdorga jazo belgilab, uni ijro etgan holda sud qilish
    4. Aybdorga jazo va tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash, shuningdek, ularning real ijro etishni belgilash 
    bilan sud qilish. 


    55 
    Javobgarlikni amalga oshirishning birinchi shakli javobgarlikning ayblov hukmining chiqarilishi bilan 
    tugallanishida ifodalanadi. Chunonchi, Jinoyat kodeksining 70-moddasiga muvofiq, ish sudda ко'rib chiqilmagunicha 
    vaziyatning o'zgarishi bois shaxs o'zining namunali xulq-atvori, mehnatga yoki o'qishga vijdonan munosabati tufayli 
    ijtimoiy xavfli bo'lmay qolgan holatlarda ham sud uni jazoni o'tashdan ozod etishi mumkin. 

    Download 53,9 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   141




    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish