Jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

 
10.4. Jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish tushunchasi va uning huquqiy belgilari 1994-yilgi Jinoyat kodeksining 
26-moddasi va 30-moddasi, 5-qismida ifodalangan. Jinoyat kodeksining 26-moddasi, 1-qismiga muvofiq, shaxs 
jinoyatga tayyorgarlik ko'rish harakatlarini yoki bevosita jinoyat sodir etishga qaratilgan hara-katlarini oxiriga yetkazish 
mumkinligini anglagan holda to'xtatsa, shuningdek, jinoiy oqibat kelib chiqishini anglagan holda shunday oqibat kelib 
chiqishining oldini olsa, 
jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish, 
deb baholanadi. 
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish faqat jinoyatga tayyorgarlik ko'rish va suiqasd qilish bosqichida, ya'ni 
jinoyat tamora bo'lmagan holda yuridik ahamiyatga ega. 
Qonunda qaysi hollarda jinoyatdan ixtiyoriy qaytish mumkinJigi belgilab qo'yilgan. Jinoyat kodeksining 26-
moddasi, 1-qismiga ko'ra: 
a) shaxs tomonidan tayyorgarlik ko'rish harakatlarini to'xtatish; 
b) jinoyatni sodir etishni to'xtatish; 
d) jinoiy oqibat kelib chiqishining oldini olish — jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish, deb hisoblanadi. 
Shaxsning jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilmasligi asoslari huquqiy 
adabiyotlarda turlicha ko'rsatilgan. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish orqali qilmishning va shaxsning ijtimoiy 
xavfliligi yo'qoladi. 
Ixtiyoriy qaytishning asosiy huquqiy o'ziga xos tomoni jinoiy oqibat va javobgarlikning vujudga kelmasligidir. 
Masalan, shaxs odam o'ldirish jinoyatini sodir etish maqsadida o'q otish qurolini tayyorlaydi, biroq, odam o'ldirish 
jinoyatini sodir etishdan o'z xohishiga ko'ra, ixtiyoriy qaytadi va jinoyat qurolini yo'qotadi. Bunda shaxs odam o'ldirish 
yoki g'ayriqonuniy ravishda qurol tayyor-laganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Shaxsning xohishi jinoyat 
qonuni bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazmaydi va shuning uchun ham u jinoiy javobgarlikka 
tortilmaydi. Shuning uchun ham Jinoyat kodeksining 26-moddasi, 2-qismida jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytganlik 
uchun javobgarlik'belgilanmasligi ко'rsatilgan. 
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytilgan, deb topish uchun: 
1) shaxsda jinoyatni oxiriga yetkazish imkoni borligi; 
2) jinoiy oqibat yuz berishini anglagan holda uning oldi olingan bo'lishi kerak.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish o'ziga xos ikki belgiga ega: 

birinchisi, 
jinoyat sodir etishdan qaytishning ixtiyoriyligi; 

ikkinchisi, 
jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning qat'iyligi. 
Ixtiyoriylik deganda, 
shaxsning boshlangan jinoiy harakatni o'z xohishi bilan hech qanday tashqi ta'sirlarsiz 
oxiriga yetkazish imkoni borligini anglagan holda to'xtatishi tushuniladi. Bunday qaytishning motivi turlicha (uyalish, 


63 
farzandlari taqdiri haqida o'ylash, diniy e'tiqodi, jabrlanuvchiga rahmi kelishi va boshqalar), shuningdek, qarindosh va 
do'stlarining maslahatlariga ko'ra, bo'lishi mumkin. 
Ixtiyoriy qaytishning muhim shartlaridan biri - bu shaxsning jinoyatni davom ettirish va yakuniga yetkazishga 
imkoni borligini anglashi. Bunday holatlarsiz, shaxs agar o'ziga bog'liq bo'lmagan holatlarga ko'ra, jinoyatni yakuniga 
yetkaza olmasa yoki uni sodir etishga qodir bo'lmasa, uni jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish sifatida baholashga 
asos bo'lmaydi. Masalan, agar shaxs qasddan odam o'ldirishga harakat qilsa, lekin atrofda odamlarning borligi, 
qurolning yaroqsizligi tufayli qilmishni sodir etmasa, bu ixtiyoriy qaytish hisoblanmaydi. Demak, jinoyat sodir etish 
uchun imkoniyatning yo'qligi ixtiyoriy qaytish hisoblanmaydi, balki jinoyatchi jinoiy harakatni to'xtatishga majbur 
bo'ladi. 
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish qat'iy bo'lishi kerak. Qat'iylik - jinoyat sodir etayotgan shaxsning jinoyat 
sodir etish fikridan qaytishi va o'zining jinoiy harakatini to'xtatishi. Ixtiyoriy qaytishda vaqt jinoyat sodir etishdan 
ixtiyoriy qaytgan hollarda ahamiyatga ega bo'lmaydi. Bu ikki belgiga ko'ra, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish, deb 
hisoblash uchun: 
• 
birinchidan, 
jinoyatni oxiriga yetkazish imkoni mavjudligi; 
• 
ikkinchidan, 
jinoiy oqibatni oldini olingan bo'lishi kerak. 
Shaxsni jinoyatni oxiriga yetkazish imkoni borligini anglashi shuni ifodalaydiki, u jinoyatni oxiriga yetkazish 
uchun barcha imkoniyatlarga, jinoyatni amalga oshirish uchun barcha qurol va vositalarga ega bo'ladi va buni biladi. 
Ixtiyoriy qaytish jinoiy oqibat yuz bergunga qadar, ya'ni tayyorgarlik va suiqasd bosqichida bo'lgan bo'lishi lozim. 
Jinoyat kodeksida jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning ikki ^uri belgilangan bo'lib, ulardan biri 
jinoyatning obyektiv tomoni sodir etilgunga qadar bo'lgan barcha harakatlar, ikkinchisi, 
obyektiv belgilariga ko'ra, bir-biridan farq qiluvchi harakatlardir. 
Ixtiyoriy qaytishning bu ikki turi obyektiv belgilariga ko'ra, 
bir-biridan farq qiladi, biroq har ikki tur uchun umumiy bo'lgan: 
a) jinoiy harakatni yoki jinoiy oqibat yuz berishini to'xtatish; 
b) ixtiyoriy qaytish; 
d) qaytishning qat'iyligi kabi belgilarga egadir. 
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning passiv ko'rinishi moddiy va formal tarkibli jinoyatlarda bo'lishi 
mumkin. Bu o'rinda eng muhimi shaxsning tayyorgarlik harakatini boshlaganligi yoki jinoyat obyektiv tomonini 
bajarishga kirishganligi va jinoyatni to'liq sodir etmasligi hisoblanadi. Ixtiyoriy qaytishning birinchi turi passiv bo'lib, 
jinoiy faoliyat jinoyatga tayyorgarlik ko'rish va suiqasd qilish bosqichida tugaydi. Jinoyat sodir etishga tayyorgarlik 
ko'rish bosqichida ixtiyoriy qaytish, odatda, passiv harakat orqali amalga oshiriladi. Masalan, jinoyatga tayyorgarlikni 
to'xtatish. Shuningdek, ixtiyoriy qaytish aktiv harakat bilan ham amalga oshirilishi mumkin (masalan, jinoyat qurolini 
yo'qotish, huquqni muhofaza qilish organliriga tayyorlanayotgan jinoyat haqida xabar berish). Ixtiyoriy qaytishning 
ikkinchi turi esa, shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyat oqibatining oldini olishga qaratilgan harakatdir. 
Tamom bo'lmagan suiqasd bosqichidagi ixtiyoriy qaytish ham harakatsizlikda ifodalanadi. Shaxs jinoyatning 
obyektiv tomonini amalga oshirishni boshlagan holda uni oxiriga yetkazmasdan tugatadi. Masalan, jinoyatchi o'g'rilik 
jinoyatini sodir etish maqsadida uyning quffini buzadi, ammo uyda xonadon egalari borligini ко'rib, jinoyat sodir 
etishdan ixtiyoriy qaytadi. Tamom bo'lmagan suiqasd aktiv harakat orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Masalan, ona 
o'z chaqalog'ini o'ldirish maqsadida uni ovqatlantirmay qo'yadi, lekin keyinchalik buning oldini olish maqsadida zarur 
choralarni ko'radi. Shaxs jinoyatni tavsiflovchi tashqi ta'sir ostida emas, balki o'zining ichki ishonchiga asosan sodir 
etmaydi. 
Taniqli huquqshunos olimlarning fikrlariga ko'ra, tamom bo'lgan suiqasdda ixtiyoriy qaytish bo'lishi mumkin 
emas. Ular o'z fikrlarini qasddan odam o'ldirish jinoyati misolida ko'rib chiqib shunday deydilar, shaxs odam o'ldirishga 
suiqasd qilgan bo'lsa, u sodir etib bo'lingan harakatni bartaraf eta olmaydi. 
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish subyektiv tomondan qasddan sodir etilgan jinoyatlarda mavjud bo'ladi. 
Masalan, jinoyatchi uy ichida odamlar uxlayotganligini bilgan holda uyga o't qo'yadi. Uning uyga o't qo'yishga bo'lgan 
munosabati to'g'ri qasddan, ichkarisidagi odamlarning hayotiga bo'lgan munosabati esa, egri qasddan bo'ladi. Chunki uy 
ichidagi odamlar olovdan qochib, o'lmay qolishi ham mumkin. Agar shaxs jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytsa, ham 
to'g'ri qasddan, ham egri qasddan sodir etilishi mumkin bo'lgan jinoyatdan ixtiyoriy qaytishi mumkin. 
Jinoyat kodeksining 30-moddasi ishtirokchilikda sodir etilayotgan jinoyatlardan ixtiyoriy qaytganlik uchun 
javobgarlikni istisno etadi. Tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi ixtiyoriy ravishda jinoyat sodir etishdan qaytib, 
jinoyatni oldini olish uchun zarur bo'lgan o'ziga bog'liq barcha choralarni o'z vaqtida ko'rsa, u jinoyatda ishtirok 
etganligi uchun javobgar bo'lmaydi. 
Bu qoidadan ishtirokchilarning jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishi, yakka shaxsni jinoyat sodir etishdan 
ixtiyoriy qaytishidan keskin farq qiladi: 
• 
birinchidan, 
qonunda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchiga jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytganlik uchun 
javobgarlikdan ozod etish uchun muayyan shartlar nazarda tutilgan; 
• 
ikkinchidan, 
qonunda javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin bo'lgan ishtirokchilar doirasi chegaralangan, ya'ni 
faqatgina dalolatchi, tashkilotchi va yordamchi jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin; 


64 
• 
uchinchidan, 
ular tomonidan jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytib, jinoyatni oldini olish uchun o'ziga bog'liq bo'lgan 
barcha choralarni ko'rilgan bo'lishi zarur. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish