O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

Jinoyatga tayyorgarlik ко 'risk 
jinoyat sodir etish uchun shart-sharoitlarni yaratishda ifodalanadi. 
Jinoyatga 
suiqasd 
(harakat bilan, alohida hollarda harakatsiziik bilan) bevosita jinoyatni sodir etishga qaratilgan bo'lib, jinoyatning 
obyektiv tomoni amalga oshiriladi, ammo u jinoyatchiga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra oxiriga yetkazilmaydi. 
Tamom bo'lgan jinoyatda jinoyat tarkibining barcha belgilari mavjud bo'ladi. Dastlabki ikki bosqich — jinoyatga 
tayyorgarlik va suiqasd jinoyat huquqi nazariyasida 
«taxminiy jinoiy harakat» 
tushunchasi asosida birlashtirilgan. 
Shaxsning harakatida tamom bo'lmagan jinoyat belgilarining mavjudligi obyektiv va subyektiv belgilar bilan 
chegaralangan. Shuningdek, jinoyatni sodir etish bosqichlari jinoyat turlariga ham bog'liq bo'ladi. 
Jinoyatni sodir etish 
bosqichi, 
jinoyatchining aniq jinoiy tajovuzni amalga oshirishga qaratilgan jinoiy qasddir. Jinoyatni sodir etish 
bosqichlari qator obyektiv belgilari bilan farqlanadi. 
Jinoyatga tayyorgarlik ko'rish moddiy tarkibli jinoyatlarga xos bo'lib, bu jinoyatning sodir etilish shakliga 
bog'liqdir. Bu qoida jinoyat sodir etishning ikkinchi bosqichi, ya'ni jinoyatga suiqasd qilishga ham to'liq taalluqlidir. 
Harakat orqali amalga oshiriluvchi formal tarkibli jinoyatga suiqasd bu jinoyatning obyektiv tomoni: 
a) murakkab, ya'ni bir qancha harakatlardan iborat bo'lsa; 
b) davomli harakatlarda ifodalanadi. 


58 
Jinoyat huquqi nazariyasiga ko'ra, jinoyatga harakatsiziik orqali ham tayyorgarlik ko'rilishi mumkin. 
Amaliyotda esa, bunday holatlar uchramaydi, chunki buni isbot qilish juda qiyin, uning xavflilik darajasi juda past. 
Jinoyat sodir etish bosqichlari bir-biridan obyektiv belgilar — jinoiy harakatning tugash vaqtiga ko'ra 
farqlanadi. Bu o'rinda tajovuzning tamom bo'lish vaqtiga ko'ra farq qiluvchi moddiy va formal tarkibli jinoyatlarni 
farqlash lozim bo'ladi. 
Ba'zi amaliyot xodimlari va nazariyotchilar agar formal tarkibli jinoyat harakat orqali sodir etilgan bo'lsa, unga 
suiqasd qilish mumkinligini ta'kidlashadi. Bu holat jinoyat obyektiv tomonining boshlanish vaqti bilan tugallanish vaqti 
o'rtasida muayyan vaqt o'tganida ahamiyatga ega. Bunga pora berish jinoyati misol bo'la oladi. Mansabdor shaxs bilan 
bo'lgan kelishuvga ko'ra pora beruvchi mansabdor shaxsga poraxo'rlik jinoyatning predmeti - katta miqdordagi pul 
summasini pochta yoki telegraf orqali yuboradi. Pora berish predmeti yuborilganidan boshlab uni olgungacha bo'lgan 
vaqt oralig'ida jinoyatga suiqasd qilinishi mumkin. Bunga firibgarlik jinoyati ham misol bo'la oladi. Firibgarga 
jabrlanuvchi uchinchi shaxs orqali mulkiy huquqini o'tkazadi. Mulkiy huquq uchinchi shaxsga o'tkazilgan vaqtdan 
boshlab, firibgar uni qabul qilib olguniga qadar bo'lgan vaqt oralig'ida jinoyatga suiqasd qilinadi. 
Jinoiy oqibatning kelib chiqishi jinoyatning uchinchi, oxirgi bosqichini ifodalaydi. Moddiy tarkibli jinoyatlar 
obyektiv tomon-ning zaruriy belgisi bo'lgan oqibat kelib chiqqach, jinoyat tamom bo'lgan hisoblanadi. Jinoyatning 
oqibati— tajovuz obyektiga yetkazilgan turli: moddiy, jismoniy, ruhiy, siyosiy, ijtimoiy zarar-larda ifodalanadi. 
Zararning xususiyati va miqdori Jinoyat kodeksida belgilanadi. Shuning uchun qonun talabidan kelib chiqib, jinoyatning 
tamom bo'lgan yoki bo'lmaganligini belgilash mumkin. 
Amaliyotda jinoyatning har uch bosqichini ham amalga oshirish zarur bo'lmagan holatlar mavjud. Ba'zi hollarda 
shaxs jinoyatga faqat tayyorgarlik ko'radi va shu bosqichning o'zida jinoiy harakat tugaydi. Ba'zan jinoyatga suiqasd 
qiladi, ya'ni o'ziga bogiiq bo'lmagan s'abablarga ko'ra, qilmishini oxiriga yetkaza olmaydi. Uchinchisida shaxs jinoyat 
tarkibi belgilarini to'liq sodir etadi. Agar shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko'rib (qurol tayyorlasa), so'ng jabrlanuvchini 
poylab unga o'q uzsa, ammo o'q tegmasa, qilmish odam o'ldirishga suiqasd, deb baholanadi. Agar o'q tegib shaxs o'lsa, 
jinoyat tamom bo'lgan hisoblanib, oldingi ikki bosqichni ham qoplab ketadi. 
Jazo tayinlashda jinoyat sodir etilishining har bir bosqichini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki ular 
qilmishning ijtimoiy xavfliligini belgilaydi. Umumiy qoidaga ko'ra, suiqasd tayyorgarlik ko'rishdan, tamom bo'lgan 
jinoyat esa, suiqasddan xavfliroqdir. Bu jinoyatning qaysi bosqichda tugallanganligiga qarab, og'irroq jazo 
tayinlanishini anglatadi. Jinoyatning har bir bosqichi alohida kvalifikatsiyani talab qiladi, bu aybdorning qilmishni to'g'ri 
anglab olish, uning xavflilik darajasini belgHash uchun kerak bo'ladi. Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddasiga 
muvofiq, jinoyatga tayyorgarlik ko'rish yoki unga suiqasd qilish uchun xuddi tamom bo'lgan jinoyatga hos bo'lgan jazo 
tayinlangan. Tamom bo'lmagan jinoyat uchun javobgarlik asosi Jinoyat kodeksining 25-moddasi, 1, 2-qism-larida 
nazarda tutilgan jinoyatga tayyorgarlik yoki jinoyat sodir qilishga suiqasd qilganlik tarkibining mavjudligidir. Shuning 
uchun mazkur bosqichlarda to'xtatilgan jinoyatni huquqiy baholash uchun «Umumiy» qism normalariga murojaat 
qilinadi. Undagi umumiy asoslarning jami tamom bo'lmagan jinoyat uchun javobgarlikning huquqiy negizini tashkil 
etadi. Shunday qilib, jinoyatga tayyorgarlik ko'rish va suiqasd qilish bosqichlarini baholashda Jinoyat kodeksining 
«Umumiy» qismi, 25-moddasi, shuningdek, «Maxsus» qismdagi bunday tamom bo'lgan jinoyat uchun nazarda tutilgan 
javobgarlik qo'llaniladi. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish