66
Jinoyat kodeksining 27-moddasiga ko'ra, ishtirokchilikning subyektiv belgilari ikki
yoki undan ortiq shaxsning
qasddan jinoyat sodir etishida namoyon bo'ladi. Ya'ni, 27-moddaning mazmuniga ko'ra, ishtirokchilik faqat qasddan
sodir qilinadigan jinoyatlardagina bo'ladi. Ishtirokchilar o'rtasida jinoyat sodir etish uchun oldindan kelishuvning
mavjud bo'lishi birgalikdagi harakatni belgilashda qiyinchilik tug'dirmaydi. Ular o'rtasida oldindan kelishuvning mavjud
bo'lmasligi ishtirokchilikni aniqlashni qiyinlashtiradi. Birgalikdagi harakat qilish mezoni bo'lib:
•
birinchidan,
umumiy kuch asosida yagona maqsadga erishish
uchun harakat qilish;
•
ikkinchidan,
boshqa ishtirokchilarning yagona umumiy natijaga erishishga qaratilgan harakatini bilish va hisobga olish
xizmat qiladi.
Jinoyat sodir etishda bir qancha shaxslarning ishtiroki obyektiv vaziyatlarni birgalikda kuch ishlatish asosida
natijaga erishish, shuningdek, subyektiv vaziyat - ishtirokchilarning harakatini birlashganligi va kuchlarni birlashtirish
asosida yagona maqsadga erishishga qaratilganligini bilishni o'z ichiga oladi. Birgalikdagi
ishtirokchilar uchun umumiy
bo'lgan muayyan natijaga erishish uchun harakat qilish ishtirokchilar kuchining birlashganligini bildiradi. Shaxslarning
birlashishi jinoiy natijaga oson erishish zaruriyatidan kelib chiqadi.
Subyektiv mezonning ikkinchi belgisi ishtirokchilar bir-biri-ning harakatini oldindan bilganligini anglatadi.
Ishtirokchilikning subyektiv mezoni ishtirokchilarning o'zaro xabardorligi va kelish-gan holda harakat qilishi bilan
xususiyatlanadi.
O'zaro xabardorlik
shu bilan xususiyatlanadiki, jinoyat sodir etishdagi barcha ishtirokchilarni,
birinchidan,
jinoyatni birgalikda sodir etganligi,
ikkinchidan,
har qanday emas, balki aniq jinoyatni sodir etish,
uchinchidan,
nafaqat,
bir shaxs qilmishining ijtimoiy
xavfliligi, balki boshqa shaxslar harakatining ijtimoiy xavfliligi hisobga olinadi.
Ishtirokchilikda qilingan jinoyatlarda ikki yoki undan ko'p shaxslar o'z intilishlarini birlashtiradi. O'z
xohishlaridagi natijaga erishishga harakat qiladilar, ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir qilganda esa, oqibat kelib
chiqishini xohlamaydigina emas, balki uning kelib chiqishini oldindan ko'ra bilmaydi ham.
Subyektiv bog'liqlikning yana bir belgisi shundan iboratki, bunda bir jinoyatchining harakati
boshqa ishtirokchi harakati
bilan chambarchas bog'liqdir. Ya'ni jinoyat sodir qilishda bir nechta jinoyatchi birga harakat qiladi va shulardan hech
bo'lmaganda ikkitasi jinoiy natija uchun o'z harakatlarini birlashtiradi va ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishini bilgan
holda u harakat qiladi va oqibatni xohlaydi. Agar jinoyat sodir qilishda jinoyatchilar bir-birlari bilan o'zaro xabardor
bo'lmasalar, ularning har biri sodir etgan harakatlari uchun alohida-alohida javob beradi.
Jinoyatda ishtirokchilik instituti o'z xizmati nuqtayi nazaridan jinoyat ishtirokchilarini va ijtimoiy
munosabatlarni jinoiy tajovuz-lardan himoya qilish vazifasini o'z zimmasiga oladi. Jinoyatda ishtirokchilikning ushbu
vazifasi bir qator holatlarda jinoyatning bir qancha shaxslar tomonidan sodir etilishi bilan bog'liq. Ishtirokchilikda
jinoyat sodir etish qoidalari va holatlari,
birinchidan,
ishtirokchilikda jinoyat sodir etishning
obyektiv va subyektiv
belgilarini,
ikkinchidan,
bunday ijtimoiy xavfli qilmish uchun jinoiy javobgarlikka tortiluvchi shaxslar doirasini
chegaralab qo'yadi,
uchinchidan,
ishtirokchilardan har birining jinoyat kodeksi bilan qo'riqlanadigan obyektga ta'sirini,
shuningdek, ishtirokchilikda jinoyat sodir etishning farq qiluvchi xususiyatlarini bir kishi tomonidan sodir etilgan
qilmishdan farqlarini belgilaydi,
to'rtinchidan,
javobgarlikka tortish asoslarini va uni har bir ishtirokchiga nisbatan
tatbiq etilishini belgilaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib
shunday xulosa qilish mumkinki, ishtirokchilikda jinoyat ishtirokchilari ijtimoiy xavfli
harakat sodir qilayotganliklarini, qilmishlari jinoyat ekanligi va o'z harakatlari natijasida qanday ijtimoiy xavfli oqibat
kelib chiqishini oldindan ko'ra biladilar.