O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

Jinoyat sodir etishga rahbarlik qilish — 
bu ishtirokchilar tomonidan jinoyatni amalga oshirishi jarayonini 
bevosita boshqarish. Jinoyatga rahbarlik qilish jinoyat sodir etish joyida amalga oshirilganda, bajaruvchining harakatlari 
boshqariladi. Shuningdek, rahbarlik qilish jinoyat sodir etish joyida bo'lmagan holda ham amalga oshirilishi mumkin. 
Masalan, telefon, ratsiya orqali bajaruvchining harakati boshqarib turilishi mumkin. 
Tashkilotchi jinoyat rejasini ishlab chiqadi, boshqa ishtirok-chilarni tanlaydi, ularning orasida vazifalarni 
taqsimlaydi, jinoyatni amalga oshirishga ularni tayyorlaydi, yo'riqlar beradi, zarur anjom-larni yig'adi va tayyorlaydi. 
Ko'pincha tashkilotchi o'z harakatlarini himoya qilish va zarur ma'lumotlar olish uchun huquqni muhofaza qilish 
organlaridan bironta mansabdor shaxsni sotib olishga harakat qiladi. Qoidaga ko'ra, uyushgan gurah yoki jinoiy 
uyushmaga tajribali jinoyatchi rahbarlik qiladi va jinoyatga tayyorgarlik ko'rish va amalga oshirishni tashkillashtiradi, 
uning o'zi ham ishtirokchilar qatori' ishtirok etishi mumkin. 
Tashkilotchi har doim ham to'g'ri qasd bilan harakat qiladi. Agar tashkilotchi jinoyat sodir etishga rahbarlik 
qilib, o'zi jinoyat-ning obyektiv tomonini bajarishda bevosita ishtirok etmasa, uning harakati Jinoyat kodeksining 28-
moddasi, 3-qismi bilan kvalifikat-siya qilinadi. 
Jinoyat kodeksining 242-moddasi, 1-qismi mazmuniga ko'ra, tashkilotchining harakati jinoiy faoliyat 
ko'rinishlaridan biridir. Jinoyat sodir etilishiga qiziqtiruvchi shaxs 
dalolatchi, 
deb topiladi (28-moddaning 4-qismi), 
ya'ni u har qanday shaklda: 
1) majburlash; 
2) ishontirish orqali dalolat qiladi. 
Dalolatchi bilan bajaruvchining o'zaro ichki aloqadorligi shundaki, dalolatchining har doim ijrochida jinoyat 
sodir etish maqsadini vujudga keltiradi. 
Majburlash jismoniy va ruhiy bo'lishi mumkin. Ruhiy majburlash ko'pincha dalolatchi tomonidan qo'rqitish 
orqali sodir etiladi (masalan, moddiy ta'minlashni to'xtatib qo'yish, insonni tahqirlovchi xabar yoki ma'lumotni oshkor 
qilish bilan qo'rqitish va hokazo). 
Shaxsga bir necha marta dalolatchi turli xil xabarlami yetkazsa, bularning natijasida shaxs unga ishonib, jinoyat 
sodir etishga qaror qilsa, bir necha marta xabar yetkazgan shaxsni dalolatchi, deb javobgarlikka tortish mumkin. Lekin 


68 
bir necha marta xabar yetkazgan shaxsda bajaruvchining jinoyat sodir etishi uchun moyillik tug'dirish maqsadi bo'lishi 
kerak. 
Ishontirishda dalolatchi tashqi tomondan jinoyatga hech qanday aloqasi bo'lmagandek ko'rinsa-da, uning 
manfaatlari jinoyatni sodir etgan bajaruvchining manfaatlari bilan ma'lum darajada mos keladi. 
Dalolatchining jinoyat sodir etishning vositasi sifatida iltimos qilishdan ham foydalanishi mumkin va bu dalolatchi 
manfaatining asosini tashkil etadi. Shubhasiz, iltimos dalolatchi tomonidan faqat o'zining tanishlari, do'stlari va 
xizmatdoshlariga qilinishi mumkin. Yaqinlarga iltimos (jinoyat sodir etishni) faqat ko'ndirish orqali amalga oshiriladi. 
Ko'ndirish iltimosdan shunisi bilan farq qiladiki, dalolatchi shaxsni jinoyat sodir etishga rozi qilish uchun o'zining bor 
imkoniyatini ishga soladi. Ko'ndirish bir necha marta iltimos qilish shaklida bo'lishi mumkin. 
Jinoyat sodir etishga umumiy yoki noaniq shaxslar guruhini dalolat qilish dalolatchilik hisoblanmaydi. Bunday 
harakatlar muayyan hollarda alohida jinoyat tarkibini tashkil qilishi mumkin. Masalan, davlat tuzumini Konstitutsiyaga 
xilof ravishda o'zgarti-rishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish jinoyati 
(Jinoyat kodeksining 159-moddasi). 
Dalolat aniq bir obyekt yoki shaxslarga nisbatan qaratilgan bo'lishi kerak. Sud-tergov amaliyotida dalolat qilishning 
boshqa turlari ham uchraydi. Jinoyat qilish uchun mukofot va'da qilish yoki to'g'ridan to'g'ri shaxsni sotib olish yoki 
aldash bunga misol bo'la oladi. 
Dalolatchi bilan tashkilotchining harakatini farqlash lozim. Dalolatchi qanday harakat sodir etishidan qat'iy 
nazar, bajaruv-chida jinoyat sodir etish istagini uyg'otishga va bu istakni so'ndirmaslikka harakat qiladi. Tashkilotchi 
esa, jinoiy faoliyatni rivojlantirishga harakat qiladi, u jinoyat sodir etishning boshla-nishidan oxirigacha faoliyat 
yuritadi. 
«Jinoyatni sodir etilishiga o'z maslahatlari, ko'rsatmalari bilan, vositalar berish yoki to'siqlarni yuqotish bilan 
ko'maklashgan, shuningdek, jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli, izlari va vositalarini yoxud jinoiy yo'l bilan qo'lga 
kiritilgan narsalarni yashirishga, shuningdek, bunday narsalarni olish va o'tkazish to'g'risida oldindan va'da bergan shaxs 
yordamchi, deb topiladi» (Jinoyat kodeksining 28-moddasi, 5-qismi). 
Sud-tergov amaliyotida yordamchilik ishtirokchilikning ko'p uchraydigan turidir. Jinoyat kodeksining 28-
moddasi, 5-qismi tahlili shuni ko'rsatadiki, jinoyatda yordamchilik: 
1) jismoniy yordamchilik; 
2) ruhiy yordamchilik ko'rinishlariga ega bo'ladi. 
Jismon iy yordamchilik deganda, jinoyat sodir qilinayotganda to'siqlarni olib tashlash uchun vositalar va 
qurollar bilan yordam berish, ya'ni jinoyatning obyektiv tomonini amalga oshirishda bajaruvchiga ko'maklashish 
tushuniladi. Jismoniy yordamchilik ruhiy yordamchilikdan farqli ravishda jinoyat vositalarni taklif qilish yoki shart-
sharoit yaratib berishdan iboratdir. 
Shuni ham hisobga olish kerakki, yordamchi yordam berishdan tashqari jinoyatni amalga oshirishga qaratilgan 
boshqa biron-bir harakatni qilmagan bo'lishi kerak, aks holda, yordamchining harakatlari jinoyatning obyektiv tomoni 
belgilari bilan mos kelsa, u jinoyatning bajaruvchisiga aylanib koladi. 
Ruhiy yordamchilik: 
1) maslahat, ko'rsatmalar berish; 
2) jinoyatchini, jinoyat qurollarini, izlarini va vositalarini yoki jinoiy yo'l bilan topilgan buyumlarni yashirishga 
oldindan va'da 
3) jinoiy yo'l bilan topilgan buyumlarni olish yoki sotib berishga oldindan va'da berish shaklida bo'lishi mumkin. 
Jinoyatni yashirishga oldindan va'da bermagan bo'lsa, yordamchilik, deb topilmaydi, ya'ni ishtirokchilik, deb 
topilmasdan, faqat jinoyatga daxldorlik, deyiladi. 
Vositalar yetkazib berish deganda, jinoyat bajaruvchisiga jinoyatni amalga oshirish uchun zarar bo'lgan turli 
buyumlar yoki vositalarni yetkazib berish tushuniladi. Bularga transport vositalari, qurol-yaroqlar va hokazolar, ya'ni 
jinoyat sodir qilinishi uchun yordam beradigan har qanday buyumlar kiradi. 
To'siqlarni olib tashlash deganda, yordamchining bajaruvchi tomonidan jinoyatni amalga oshirishdagi to'siqlarni 
bartaraf qilishga yordamlashish harakati tushuniladi (masalan, qo'riqchini xizmat vazifasidan chalg'itish, signalizatsiyani 
o'chirib qo'yish, qo'riqchi itlarni chalg'itish va hokazo). 
Yordamchi dalolatchidan shunisi bilan farq qiladiki, u o'zining harakati bilan jinoyatning boshqa bir 
ishtirokchisida jinoyat sodir etish istagini vujudga keltirmaydi, bu holat yordamchilikni amalga oshirgunga qadar 
vujudga keladi. 
Ruhiy yordamchilik, jinoyat sodir qilinishida bajaruvchining qarori va xohishini mustahkamlaydi. Maslahat va 
ko'rsatmalarni ko'proq jinoyatni uyushtiradigan shaxs berishi mumkin. Bu holda ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 28-
moddasi, 3-qismiga ko'ra, tashkilotchi, deb topiladi. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish