71
Ishtirokchilikning eng xavfli shakli jinoiy uyushmadir. Ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat
bilan shug'ullanish
uchun oldindan birlashishi
jinoiy uyushma,
deb topiladi (Jinoyat kodeksining 29-moddasi, 5-qismi).
Jinoiy uyushma ishtirokchilikning boshqa shakllaridan yuqori darajada uyushganligi, barqarorligi, texnik
vositalari bilan ta'min-langanlik darajasiga ko'ra, a'zolarining birgalikdagi keskin harakati kabilar bilan farq qiladi.
Jinoiy uyushmaning xavfliligi u tomonidan sodir etiladigan jinoyatning xususiyati va og'irlik darajasi bilan belgilanadi.
Jinoiy uyushma ancha murakkab tashkiliy tuzilmadir. Undagi har bir uyushgan guruh o'ziga maxsus ajratilgan
vazifalarnigina bajaradi. Shu belgi jinoiy uyushmani uyushgan guruhdan ajratib turadi.
Jinoiy uyushmaning asosiy belgilaridan yana biri uning ikki yoki. undan ortiq uyushgan guruhdan tashkil
topganligidadir. Mantiqiy jihatdan ham jinoiy uyushma yoki bir necha guruh birlashganida a'zolar ko'pchilikni tashkil
etganligi sababli u ikki kishidan tashkil topishi mumkin emas.
Jinoiy uyushma a'zolari o'rtasida jinoiy maqsadga erishish uchun vazifalar taqsimlanadi. Jinoiy uyushma o'zida
jinoiy guruhlarni o'zining tarkibiy bo'g'ini sifatida birlashtiradi. Jinoiy uyushmaning tarkibiy bo'g'ini deganda,
rahbarni
hisoblaganda ikki yoki undan ortiq shaxsni jinoiy uyushma maqsadini amalga oshirish maqsadida muayyan yo'nalishda
faoliyat yurituvchi (masalan, jinoyatga tayyorgarlik ko'rish) guruh tushuniladi. Bunda har bir guruh o'z faoliyatini jinoiy
uyushma maqsadini amalga oshirish uchun alohida-alohida amalga oshiradi. Buni aniqlash uchun har bir guruh faoliyati
jinoiy uyushma maqsadlarini amalga oshirishga, uni qo'llab-quwatlashga qaratilganligi, barcha
guruhlar faoliyati yagona
tashkiliy boshqaruv asosida boshqarilganligiga e'tibor berish lozim. Yagona tashkiliy boshqaruv, bitta tashkilotchidan,
shuningdek, bir guruh tashkilotchilardan iborat bo'lishi mumkin.
Jinoyat qonunida birinchi marta (Jinoyat kodeksining 242-mod-dasida) jinoiy uyushma tashkil etish, ya'ni jinoiy
uyushma yoxud uning bo'linmalarini tuzish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek, ularning mavjud bo'lishi
va ishlab
turishini ta'minlashga qaratilgan faoliyat uchun javobgarlik belgilanadi va uyushma tuzilganidan boshlab jinoyat
tugallangan, deb hisoblanadi.
Agar Jinoyat kodeksining 212-moddasida javobgarlik belgilan-gan jinoyatning subyekti bo'la olmaydigan shaxs
jinoiy guruhga kirib qolgan bo'lsa, guruh a'zolari qanday jinoyatni sodir qilish uchun uyushgan bo'lsalar, o'sha jinoyatni
sodir etishga suiqasd qilish deb, agar bevosita qatnashgan bo'lsa, o'sha jinoyatda ayblanib javobgarlikka tortiladi.