74
jinoyat sodir etish tushunchasi esa, o'z navbatida bir harakatni uchinchi, to'rtinchi va hokazo marta sodir etilishini ham
qamrab oladi.
Yuqorida bir qancha jinoyatlarga berilgan ta'riflardan kelib chiqib uning quyidagi xususiyatlarni ko'rsatish
mumkin:
1) shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq mustaqil jinoyatlarning sodir etilgan bo'lishi;
2) har bir jinoyat sud hukmida ko'rsatilgan bo'lishi lozim. Agar shaxs jinoyat sodir etgan bo'lsa, lekin jinoiy ish
dastlabki tergov va sud tomonidan qonunda ko'rsatilgan asoslarga ko'ra tugatilgan bo'lsa (Jinoyat-protsessual
kodeksining 83,84-mod-dalari), bu shaxs ilgari jinoyat sodir
etgan hisoblanmaydi;
3) jinoiy javobgarlikka tortish muddatining o'tib ketganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilinmagan bo'lishi
(64-mod-da), ilgari chiqarilgan hukmning ijro etish muddati o'tib ketmagan bo'lishi (69-modda), sudlanganlik
muddatining o'tib ketmaganligi yoki amnistiya akti yoxud avf etish orqali jazodan ozod qilinmagan bo'lishi kerak;
4) har bir jinoyat tugallangan yoki tugallanmagan bo'lishi
lozim.
Bu xususiyatlarning jami bir qancha jinoyatlar sodir etishni tavsiflash uchun zarur va shartdir. Mazkur
belgilardan birining mavjud emasligi bir qancha jinoyat sodir etishning mavjud emasligini ifodalaydi. Ijtimoiy
munosabatlar tizimida bir qancha jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasining yuqoriligi uning obyektga ko'p miqdorda
zarar yetkazishi hisobiga vujudga keladi (masalan, ikki marta o'g'irlik, ikkita odam o'ldirish, ikkita be-zorilik jinoyatni
sodir etish). Shuningdek,»bir qancha jinoyat sodir etish orqali ikki yoki undan ortiq obyektga zarar yetkazish, masalan,
o'g'irlik va nomusga tegish jinoyatlarini sodir etish mumkin.
Bir qancha jinoyat sodir etish shaxs kamida ikkita jinoyatni sodir etganida vujudga keladi. Ularning miqdori
bundan ham ko'p bo'lishi mumkin, biroq, ularda kamida ikkita jinoyat mavjud bo'ladi. Ikkita jinoyatning biri ma'muriy
va intizomiy huquqbuzarlik bo'lgan
hollarda esa, mazkur hodisa bir qancha jinoyat sodir etish, deb baholanmaydi. Shaxs
tomonidan ikki yoki undan ortiq jinoyatning sodir etilishi uning ijtimoiy xavfliligini ham oshiradi.
Bir qancha jinoyatlar quyidagi yuridik oqibatlarga ega:
1) jazoni og'irlashtiruvchi holat bo'lib hisoblanadi;
2) og'irroq jazo chorasining qo'llanishiga asos bo'ladi;
3) ozodlikdan mahrum qilish jazosini o'tash tartibida ularga nisbatan o'ziga xos qoidalar qo'llanadi.
Bir qancha jinoyatlar davomli va uzoqqa cho'zilgan jinoyatlardan farq qilib, ikki yoki
undan ortiq jinoyatlardan
tashkil topadi. Jinoyat kodeksining 32-moddasi, 3-qismiga muvofiq, umumiy qasd bilan qamrab olingan yagona
maqsadga yo'naltirilgan bir jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi bir-biriga o'xshash bir necha jinoiy qilmishlardan iborat
bo'lgan (davomli) jinoyat takroran jinoyat sodir etilgan, deb topilmaydi. Qonun mazmuniga ko'ra, bunday jinoyatlar
davomli jinoyat, deb topiladi.
Davomli jinoyatlar quyidagi belgilarga ega:
1) bir-biriga o'xshash bo'lgan
jinoyatlardan iboratligi;
2) barcha harakatlarning bitta obyektga zarar yetkazishga qaratilganligi;
3) ularning yagona maqsad assosida birlashganligi va shuning uchun ham yagona bir jinoyat tarkibini tashkil qilishi;
4) qasdning yagonaligi;
5) davomli jinoyatlarning faqat qasddan va harakat bilan sodir etilishi.
Jinoyat kodeksining 32-moddasi, 4-qismiga ko'ra, uzoqqa cho'zilgan jinoyat deganda, vazifalarni
uzoq vaqt
bajarmasdan, bir jinoyatning uzluksiz tarkibini tashkil qilgan jinoyat tushuniladi. Bu jinoyatda qilmish yagona bo'lib
uzoq vaqtga cho'zilgan. Bu jinoyat harakat yoki harakatsizlik orqali sodir etilishi mumkin. Harakatsizlik orqali bu
jinoyat shaxsning huquqiy majburiyatlarini bajarmasligi orqali, harakat bilan esa qonun bilan taqiqlangan vositalarni
saqlash orqali sodir etiladi. Uzoqqa cho'zilgan jinoyatlar aybning qasd va ehtiyotsizlik shakllari orqali sodir etilishi
mumkin.
Bundan tashqari yuridik adabiyotlarda sistematik va tarkibli jinoyat tushunchasi mayjud. Tarkibli jinoyat
shunday jinoyatki (murakkab tarkibli), u ikki mustaqil jinoiy harakatdan
tashkil topadi, lekin ichki birligi va o'zaro
bog'liqligi tufayli yagona jinoyat tarkibini tashkil etadi. Masalan, nomusga tegish jinoyati ikkita bir xil bo'lmagan
harakatdan: jismoniy zo'rlik yoki qo'rqitish va jinsiy yaqinlik qilishdan iborat. Zo'rlik yoki qo'rqitishsiz ikkinchi harakat
ham sodir etilmaydi.
Murakkab tarkibli jinoyatlarga bir harakat orqali sodir etila-digan, lekin ikki yoki undan ortiq oqibatlarni
keltirib chiqaradigan jinoyatlar ham kiradi. Masalan, qasddan badanga og'ir shikast yetkazish odam o'limiga
sabab
bo'lsa, jinoyat hisoblanadi (104-mod-da).
194