O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

 
12.3. Jinoyatlar majmuyi
"

'
Jinoyatlar majmuyi jinoyat huquqining muhim va murakkab muammolaridan biri hisoblanib, bir qator 
munozaralarga sabab bo'lib kelgan. Jinoyatlar majmuyi tuzilishi jihatidan murakkab bo'lib, ikki yoki undan ortiq jinoiy 
qilmishlarni o'z ichiga oladi. Shuning uchun ham oddiy, yagona jinoyatlarni tavsif qilishga qaraganda ularga huquqiy 
baho berish ancha mushkul masala hisobanadi. Jinoyatlar majmuyi uchun jazo tayinlashning maz-munini ochib 
berishdan oldin jinoyatlar majmuyi o'zi nima ekanligini tushunib olish lozim. 
Jinoyat kodeksining 33-moddasi, 1-qismiga ko'ra, «Ushbu kodeksning «Maxsus» qismi turli moddalarida yoki 
bitta mod-dasining turli qismlarida nazarda tutilgan, javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir 
etish, agarda, ulardan birortasi uchun ham shaxs sudlangan bo'lmasa, jinoyatlar majmuyi, deb topiladi», deyilgan. 


78 
Ko'pchilik huquqshunos olimlarning fikricha, ushbu institutning shakllanishi XIX asrning birinchi yarmiga to'g'ri keladi. 
Bu o'z navbatida o'sha davrda O'rta Osiyoda hukmron bo'lgan chor Rossiyasi imperiyasining mustamlakachilik tizimi 
qonunchiligi bilan bog'liqdir. Jinoyatlar majmuyi tushunchasi birinchi marta 1845-yili jazolar to'g'risidagi qonunnomada 
keltirilagan. Unga ko'ra, jinoyatlar majmuyi aybdor tomonidan bir necha qilmishlarni bir vaqtning o'zida yoki turli 
vaqtlarda sodir etilishi sifatida tan olinar edi. Jinoyatlar majmuyi tariqasida sodir etilgan jinoyat, deb topish uchun shaxs 
birorta qilmishi uchun ham jazoga tortilmagan, umumiy va yakka tartibda avf etilmagan bo'lishi lozim edi. Sobiq Ittifoq 
davrida jinoyatlar majmuyi turlarga bo'linib, bu holatlar birinchi marta RSFSRning 1922-yilda qabul qilingan Jinoyat 
kodeksida mustahkamlangan edi. Unda jinoyatlar majmuyi to'g'risida ikki modda bo'lib, ularda jinoyat majmuyining 
turlari jinoyatlarning 
ideal 
va 
real jami 
uchun jazo mustahkamlangan edi. 
O'zbekiston Respublikasining 1959-yildagi Jinoyat kodeksida ham jinoyatlar majmuyi tushunchasi ifoda 
etilmagan. Bu esa, amaliyotda bir qancha jinoyatlar borasidagi muammolarni hal etishda ma'lum qiyinchiliklarga olib 
kelar edi. 
Mustaqil O'zbekiston Respublikasining 1994-yil 27-sentabrda qabul qilingan yangi Jinoyat kodeksida jinoyatlar 
majumuyiga oid barcha qoidalar tizimlashtirildi. Ya'ni jinoyatlar majmuyini tartibga soluvchi umumiy qoidalar alohida 
modda sifatida shakllantirildi. Umumiy qoidaning maxsus normalar bilan muvofiqligi ta'minlandi. U o'zining tabiatiga 
ko'ra, bir qancha jinoyatlar sodir etishning shakli bo'lganligi uchun bir qancha jinoyat sodir etishni tartibga soluvchi 
Jinoyat kodeksining «Umumiy» qismi VIII bobiga kiritildi. Yangi huquqiy normalarni shakllantirishda jinoyat huquqi 
nazariyasida mazkur muammo yuzasidan to'plangan tajriba va erishilgan yutuqlar inobatga olindi. Amaldagi Jinoyat 
kodeksining 33-moddasida ushbu masala, ya'ni jinoyatlar majmuyi ilk bor mustahkamlandi. Unga ko'ra, «Maxsus» 
qismning turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan, javobgarlikka toritiladigan ikki 
yoki bir nechta jinoiy qilmishni sodir etish, agarda, ulardan birortasi uchun ham sudlangan bo'lmasa, jinoyatlar 
majmuyi, deb topiladi. 
Ushbu qoidadan kelib chiqqan holda jinoyatlar majmuyining quyidagi huquqiy belgilarini ajratish mumkin: 
a) jinoyatlar majmuyi bir qancha jinoyat sodir etishning shakli bo'lib, unga ko'ra shaxs javobgarlikka tortiladigan ikki 
yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir qiladi; 
b) sodir etilgan qilmishlar Jinoyat qonuni «Maxsus» qismining turli moddalarida yoki. bitta moddasining turli 
qismlarida nazarda tutilgan bo'ladi; 
d) sodir etilgan jinoiy qilmishlarning birortasi uchun ham shaxs sudlanmagan bo'lishi lozim. 
Bir shaxs tomonidan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishning sodir etilishi jinoyatlar majmuyining asosiy huquqiy 
belgilaridan biri bo'lib, u shaxs tomonidan sodir etilgan har bir jinoiy qilmish amaldagi Jinoyat kodeksining 14-
moddasiga muvofiq, yagona mustaqil jinoyat sifatida baholanib, mustaqil ravishda alohida kvalifikatsiya qilinadi, 
alohida-alohida jazo tayinlanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, Jinoyat kodeksining 33-moddasidagi «jinoiy qilmish» 
tushunchasini keng tushuniladi va jinoiy qilmish deganda, nafaqat, tamom bo'lgan jinoyatlarni, balki jinoyatga 
tayyorgarlik ko'rish, jinoyatga suiqasd qilish (Jinoyat kodeksining 25-moddasi) hamda ishtirokchilikda sodir etilgan 
jinoyat (Jinoyat kodeksining 27-moddasi) ham nazarda tutiladi. 
Jinoyatlar majmuyiga ta'rif berishda «Javobgarlikka tortiladigan» so'z birkmasi O'zbekistan Respublikasining 
amaldagi qonun hujjatlarida shaxsni javobgarlikka tortish uchun monelik qiladigan holatlar belgilanganligi, jinoyat 
ishini tekshirish jarayonida bunday holatlar aniqlanganda, shaxs tegishli qilmishlari uchun jinoiy javobgarlikdan ozod 
qilinishi mumkinligi, jinoyat-huquqiy oqibatlar vujudga kelmasligi nazarda tutilgan. 
Xulosa qilib aytganda, shaxsni jinoyatlar majmuyi bo'yicha javobgarlikka tortish uchun jinoyatlar majmuyini 
tashkil qiluvchi har bir qilmish yuzasidan jinoiy javobgarlik asoslari mavjud bo'lishi va javobgarlikka tortish uchun 
moneUk qiluvchi holatlar bo'lmasligi kerak. 
Sodir etilgan jinoiy qilmishlarning Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi turli moddalarida yoki bitta 
moddasining turli qismlarida nazarda tutilishi ushbu jinoyatlaming muhim huquqiy belgilaridan birini tashkil etadi. 
Jinoyatlar majmuyining uchinchi huquqiy belgisi shundan iboratki, unga ko'ra, jinoyatlar majmuyini tashkil 
qiluvchi yoki bir necha jinoyatlaming birortasi uchun ham shaxs sudlangan bo'lmaydi, ya'ni jinoyatlar jamiga kiruvchi 
qilmishlarning har biri sudlangunga qadar sodir etiladi, hali sud tomonidan muhokama qilinmagan va uning yuzasidan 
ayblov hukmi chiqarilmagan bo'ladi. 
Shuning uchun ham shaxs bir vaqtning o'zida, bir jinoyat protsessida jinoyatlar majmuyini tashkil qiluvchi bir 
necha jinoyatlari uchun javobgarlikka tortiladi. 
Jinoyatlar jami, deb hisoblashning yana bir muhim sharti shuki, Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi ikki 
moddasi yoki bir moddasining turli qismlarida ko'rsatilgan jinoyatlaming turli vaqtda yoki bir vaqtning o'zida (real va 
ideal jami) sodir qilinganligining ahamiyati yo'q. Bir vaqtning o'zida ikkita jinoyat sodir etilib, «Maxsus» qismning turli 
moddalari bilan kvalifikatsiya qilingan taqdirda ham jinoyatlar majmuyini tashkil qilaveradi. 
Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatlar majmuyining ushbu ko'rinishi jinoyatning ideal jami, deb yuritiladi. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish