79
Yuridik adabiyotlarda jinoyatlar majmuyi ideal jami bilan birgalikda real jami ham o'rganiladi. Ushbu
tushunchalarning ikkalasi ham bir qancha jinoyat sodir etish tushunchasiga kiradi. Jinoyatlar majmuyi 1845-yildayoq
jinoyatlaming ideal va real jamiga bo'lingan edi, ya'ni bir vaqtda sodir etilgan qilmishlar jinoyatlaming ideal jami va
«turli vaqtlarda» sodir etilgan qilmishlar jinoyatlaming real jami, deb tushunilgan. Jinoyatlaming ideal jamiga
quyidagicha ta'rif berish mumkin:
Jinoyatning
ideal jami
deganda, Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi turli moddalarida nazarda
tutilgan ikki
yoki bir necha jinoiy qilmishni bir vaqtning o'zida bitta jinoiy harakat bilan sodir qilishga aytiladi.
Murakkab aybli jinoyatlar (Jinoyat kodeksining 23-moddasi) bu bir tarkibli jinoyatlar bo'lib, o'zining belgilari,
xususiyatlariga ko'ra, jinoyatlaming ideal jamidan farq qiladi. Jinoyat kodeksining 23-moddasida: «Agar shaxsning
qasddan jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik orqasida boshqa ijtimioiy xavfli oqibatlar yuz bergan va shunday
qilmishni qonun qattiqroq javobgarlik bilan bog'lagan bo'lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan, deb topiladi»,
deyiladi.
Jinoyat kodeksida shunday normalar mavjudki, ularda ijtimoiy xavfli harakat
aybning qasd shaklida sodir
etilgan bo'lishi mumkin, kelib chiqqan oqibatlar esa ehtiyotsizlik orqasida yuz berishi mumkin. Masalan, qasddan
badanga shikast yetkazish jabrlanuvchining o'Umiga sabab bo'lsa (Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 3-qismi, «d»
bandi). Bu jinoyatni sodir etishda shaxs qasddan badanga og'ir shikast yetkazadi, o'limga nisbatan esa, ehtiyotsizlik
munosabatida bo'ladi, chunki aybdor sog'liqqa tajovuz qilganda uni o'ldirish niyati yo'q bo'lgan. Umuman, bu jinoyat
aybning qasd shaklida sodir etilgan jinoyat, deb qaraladi.
Moddiy tartibli ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan har bir muayyan
holda shaxsning aybini, qilmishga nisbatan
emas, yuz bergan oqibatga nisbatan belgilash lozim. Shuning uchun agar oqibat yuz bersa, unda shaxsning
ehtiyotsizlikdan kelib chiqqan oqibatning yuz berishida aybi bo'lmasa, uni yuz bergan oqibatlari uchun jinoiy
javobgarlikka tortish mumkin emas. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, murakkab aybli jinoyatlarda
ehtiyotsizlik faqat
kvalifikatsiya qilinadigan oqibatlarga nisbatan bo'lishi mumkin, lekin yuqorida ta'kidlanganidek, ular umuman qasddan
qilingan jinoyat, deb hisoblanadi.
Demak, murakkab aybli jinoyatlardan Jinoyat kodeksining ikki yoki undan ortiq moddalari bilan kvalifikatsiya
qilinadigan bir qancha jinoyatlar sodir qilishning farqini aniqlash, qilmishni to'g'ri kvalifikatsiya qilish va adolatli jazo
tayinlashning muhim shartidir.
Ma'lumki, sodir etilgan qilmishni ideal jami tariqasida kvalifikatsiya qilishda sud-tergov amliyotida ma'lum bir
qiyinchiliklar uchrab, Oliy sud plenumi qarorlarida ushbu masala o'z aksini topgan. Jumladan, O'zbekiston
Respublikasi
Oliy sudi plenumining 1996-yil 20-dekabridagi «Qasddan odam o'ldirishga oid ishlar bo'yicha sud amaliyoti
to'g'risida»gi qarori 21-bandida shunday deyiladi: «Aybdorning hokimiyat yoki xizmat vakolati doirasidan chetga
chiqib, sodir etgan qasddan odam o'ldirish harakatlari odam o'ldirish uchun javobgarlikm nazarda tutuvchi moddalar va
Jinoyat kodeksining 206-moddasi tegishli qismlari bilan tasnif qilinishi kerak».
Ushbu qarorning 22-bandida esa, «ozodlikdan mahrum etish jazosini о'tayotgan shaxs tomonidan ozodlikdan
mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaravchi harakatlari bilan bog'liq holda qasddan odam
o'ldirishni Jinoyat kodeksining 220-moddasi dispozitsiyasi jabrlanuvchini hayotidan mahrum
etishni qamrab olmasligi
sababli, Jinoyat kodeksining qasddan odam o'ldirish va ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining
ishini izdan chiqargan harakatlari uchun javobgarlikm ko'zda tutuvchi moddalari bilan tavsif qilinishi kerak»ligi
ko'rsatib o'tilgan.
Shuni ta'kidlash lozimki, shaxsning qilmishida jinoyatlar ideal jamining mavjudligi yoki yo'qligi tegishli jinoyat
tarkibining qanday belgilarni o'zida mujassamlashtirishiga bog'liqdir. Muayyan jinoyat tarkibiga qo'shimcha qandaydir
belgilarning kiritilishi yoki ularni chiqarilishi qilmishda jinoyatlarning ideal jami mavjudligi yoki yo'qligini
namoyon
qilishi mumkin. Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddalarini tuzishda jinoyat tarkibining belgilari qanchalik to'liq
aks ettirilsa, amaliyotda qilmishni ideal jami tariqasida kvalifikatsiya qilish uchun ehtiyoj nazarimizda shuncha kam
bo'ladi.