83
Jinoyat kodeksining 35-moddasida bunday holatlarning umumiy tushunchasi va turlari berilgan. Ushbu
moddaning birinchi qismida: «qilmishda ushbu kodeksda nazarda tutilgan alomatlar rasmiy jihatdan mavjud bo'lsa-da,
lekin u ijtimoiy xavfli, g'ayriqonuniy yoki aybli bo'lmasa, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar, deb
topiladi», deyilgan.
Ushbu moddaning 2-qismida esa, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarning turlari ko'rsatilgan.
Bularga:
1) kam ahamiyatli qilmishlar (36-modda);
2) zarariy mudofaa (37-modda);
3) oxirgi zarurat (38-modda);
4) ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish (39-modda);
5) buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish (40-modda);
6) kasb yoki xo'jalik faoliyatiga bog'liq asosli tavakkalchilik (41-modda).