O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

 
13.2. Kam ahamiyatli qilmishlar
Hayotda shunday qilmishlar uchraydiki, unda qonunda nazarda tutilgan alomatlari mavjud bo'lsa-da, o'zining 
kam ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfliligi juda kam bo'ladi, jabrlanuvchi uchun yetkazilgan zararning miqdori deyarli 
ahamiyatga ega bo'lmaydi. Shuni e'tiborga olib, Jinoyat kodeksining 36-moddasida kam ahamiyatli qilmishlar 
tushunchasi berilib, bunday harakatlar qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar turkumiga kiritilgan. 
Kam ahamiyatli qilmishlar qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar turkumiga kiritilgan bo'lsa-
da,.huquqqa xilofligi, aybning mavjudligiga ko'ra boshqa qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlardan farq 
qiladi, boshqa turlariga bunday xususiyatlar xos emas va ular ijtimoiy foydali huquqiy harakatlardir. 
Kam ahamiyatli qilmish sodir etilganida ijtimoiy xavfli oqibat yuz bermaydi yoki qonun bilan qo'riqlanadigan 
obyektga juda oz zarar yetkaziladi. Qilmishni kam ahamiyatli deb hisoblashda obyektiv (qilmishni sodir qilish sharoiti, 
kelib chiqqan oqibatning jabrlanuvchi uchun ahamiyatga ega emasligi yoki oqibat kelib chiqmaganligi) va subyektiv 
(aybning darajasi, jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatga nisbatan jiddiy zarar yetkazish 
maqsadining yo'qligi, harakatning aynan oz miqdorda zarar yetkazishga qaratilganligi va h.k) holatlarning jami e'tiborga 
olinishi kerak. Masalan, voyaga yetmagan shaxsning birovning bog'idan o'zi iste'mol qilishi uchun oz miqdorda meva 
o'g'irlashi, gullarni uzib olishi, zotli hisoblanmagan kaptar o'g'irlashi, sho'xlik, o'zini ko'rsatish kabi harakatlar shular 
jumlasidandir. 
Qilmishni kam ahamiyatli, deb topish uchun bunday qilmish bilan bog'liq barcha holatlar (ayb shakli, jinoyat 
sodir etish usuli, motiv, vaziyat va jinoyat sodir etish bosqichlari, jinoiy oqibat og'irligi, jinoyat ishtirokchilari, ularning 
ishtiroki darajasi va harakati)ni tahlil qilib chiqish kerak. 
Qilmishni kam ahamiyatli, deb topishda, asosan, uning ijtimoiy xavflilik darajasiga e'tibor berish kerak. 
Masalan, shaxs jabr-lanuvchini o'ldirishga harakat qilsa-da, unga hech qanday zarar yetkazmasa, shaxsning bunday 
qilmishi kam ahamiyatli, deb topilmay, balki odam o'ldirishga suiqasd, deb topilishi kerak. 
Qilmishning kam ahamiyatli ekanligi aniqlansa, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-
moddasi, 1-qismi, 2-bandiga binoan ish bekor qilinadi. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish