95
Tavakkalchilik bilan bog'liq qilmishlarning zamonaviy bilim va tajribalarga mosligi haqidagi qonun talablari,
awalambor, bunday qilmishlarning subyektiv bilimlar va subyektiv tajribalarga muvofiq bo'lishini bildiradi.
Uchinchi sharti
o'z oldiga qo'yilgan maqsadga tavakkal qilmay erishishning iloji bo'lmasa, shaxs boshqalarning
huquq va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazilishining oldini olish uchun tegishli choralarni ko'rgan
bo'lsa, bunday tavakkalchilik asosli, deb topiladi. Ya'ni, bunday hollarda shaxs o'z-o'ziga ishonish orqali harakat
qilmasdan, balki aniq hisob-kitob olib boradi va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazilishining oldini
olishga harakat qiladi. Oldini olish choralarini ko'rish zarurligi obyektiv va subyektiv mezonlar asosida belgilanadi.
Obyektiv tomondan xavfsizlik choralarini ko'rish zarurligi shundan iboratki, tavakkalchilik bilan bog'liq
harakatlarni amalga oshirish sharoiti aynan shu choralarning ko'rilishini talab qiladi (masalan, yong'in bilan bog'liq
tajribalarni o'tkazishda yong'in xavfsizligini ta'minlash choralarini ko'rish). Subyektiv tomondan xavfsizlik
choralarini
ko'rish zarurligi shuni bildiradiki, shaxs kelib chiqishi mumkin bo'lgan salbiy oqibat va uning hajmini anglay oladi, shu
sababli zarar kelib chiqmasligi yoki ahamiyatsiz bo'lishi uchun ham u shunday choralarni ko'radi.
Yuqorida sanab o'tilgan barcha shartlar mavjud bo'lgan taqdirdagina tavakkalchilik asosli va huquqiy
hisoblanadi, yetkazilgan zarar esa jinoiy emas, deb topiladi. Bu borada yetkazilgan zararning hajmi ahamiyatga ega
bo'lib, agar u erishilgan ijtimoiy foydali maqsaddan kamroq bo'lsa, jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.
Kasb yoki xo'jalik faoliyatiga bog'liq asosli tavakkal qilishdan ko'zlangan ijtimoiy foydali natijaga erishilmagan
va «yetkazilgan zarar» ijtimoiy foydali maqsadga erishish natijasida olinishi mumkin bo'lgan natijadan ko'proq bo'lgan
taqdirda ham tavakkalchi shaxsni javobgarlikka tortishga sabab bo'lmaydi.
Tavakkalchilik, agar muayyan maqsadga erishish uchun qilinmasdan, unga eksperimentlar o'tkazmasdan turib ham
erishish mumkin bo'lsa va tavakkalga yo'l qo'ygan shaxs huquq va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarga zarar
yetkazishining oldini olmagan bo'lsa, asossiz deb topiladi.
Ayni vaqtda tavakkalchilik odamlarning halok bo'lishi xavfi, ekologiya holatining buzilishi yoxud boshqa og'ir
oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini bila turib qilingan bo'lsa, masalan, sifatsiz oziq-ovqatlarni sotuvga
chiqarish,
katta maydondagi yerlarni zaharlash xavfi, suv shoxobchalarining zaharlanishi va hokazolar ro'y bersa, asosli
tavakkalchilik hisoblanmaydi. Demak, quyidagilar:
A). Ko'pchilik shaxslar hayoti uchun xavfli tarzda amalga oshirilgan;
B). Ekologik halokat yoki ommaviy qashshoqlik xavfini tug'diruvchi;
D). Boshqacha og'ir oqibatlami keltirib chiqaruvchi tavakkalchilik asosli, deb topilmaydi.
Odamlaming halok bo'lish xavfi deganda, tavakkalchilikni amalga oshirish oqibatida ikki yoki undan ortiq
odamlaming hayoti xavf ostida qolishi tushuniladi.
Ekologik halokat
— insonlar faoliyati natijasida tabiatga zarar yetkazilishi va bu zarar
insoniyatning keyingi
hayoti uchun jiddiy xavfni keltirib chiqarishini bildiradi ( masalan, gaz, neft avariya-lari, keng ko'lamli o'rmon
yong'inlari).
Boshqa og'ir oqibatlar deganda, bir necha shaxslar sogiig'iga og'ir shikast yetkazilishi, transport tizimining uzoq
muddatda izdan chiqishi, portlash yoki yong'in natijasida uylar va boshqa inshoot-larning vayron bo'lishi va shu kabi
holatlar tushuniladi.
Qonun doirasida belgilangan asosli tavakkalchilik chegarasidan chetga chiqish esa, Jinoyat kodeksining 55-
moddasi, «e» bandiga, ya'ni shaxsning ijtimoiy foydali maqsadi bo'lganligi tufayli jazoni
yengillashtiruvchi holatlar
qatoriga kiritilgan.
Kasb yoki xo'jalik faoliyati bilan bog'liq asosli tavakkalchilik holatida zarar yetkazishni oxirgi zarurat holatida
zarar yetkazishdan farqlay olish uchun quyidagi belgilarga e'tibor berish kerak:
• oxirgi zaruratda xavf manbayi mavjud bo'lib, qilmishning o'zi zararni bartaraf etishga qaratilgan bo'ladi, asosU
tavakkalchilikda esa qilmish tahdid soluvchi xavf bilan shartlanmaydi, u ijtimoiy foydali maqsadga erishishga
yo'naltirilgan bo'ladi;
• oxirgi zaruratda yetkazilgan zarar bartaraf etilgan zarardan kamroq bo'lishi kerak, asosli tavakkalchilikda esa zararning
hajmi tavakkal qiluvchi shaxs qilmishini baholashda unchalik ahamiyatga egaemas.
Tavakkalchilik bilan bog'liq qilmishlar asosida zarar yetkazish ehtimoliy bo'lib, oqibatning
kelib chiqishi zarar
hisoblanmaydi, oxirgi zaruratda esa, zarar yetkazish ko'proq zarar yetkazilishidan qutulishning yagona vositasidir.