106
kodeksining 57-moddasiga ko'ra, yengilroq jazo tayinlanganda; Jinoyat kodeksining 44-moddasi, 3-qismiga ko'ra,
aybdor jarima jazosini ijro etishdan bo'yin tov-laganda, u qamoq jazosi bilan almashtiriladi.
Uncha ijtimoiy xavfli bo'lmagan
jinoyatlar, ba'zi ehtiyotsizli orqasidan sodir qilingan jinoyatlar uchun shaxsga
nisbatan bunda tartibdagi qisqa muddatli jazoni qo'llash joizdir. Bu yerda asosiy masala shundan iboratki, birinchidan,
shaxsni axloq tuzatish muassasalariga yuborishning ijtimoiy salbiy oqibatlari oldi olinadi va ikkinchi tomondan, shaxsga
boshqa jazo turi bilan ta'sir etish orqali umumiy va maxsus prevensiya natijalariga erishib bo'lmasligi aniqlanganidek,
bu jazo turidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Qamoqqa mahkum qilingan shaxs jazoning barcha muddatini O'zbekiston Respublikasi IIV tergov
izolatorlarining maxsus ajratilgan xonalarida o'taydi. Qamoqqa mahkum qilingan shaxs kasal bo'lib qolganida,
davolanishi yoki mahkumning xavfsizligini ta'minlash uchun uni bir muassasadan boshqasiga ko'chirish mumkin.
Qamoqqa mahkum etilganlar boshqa toifadagi aybdorlardan ajratilgan holda saqlanadi. Ularga
ozodlikdan
mahrum qilish jazosi uchun belgilangan tartib qo'llaniladi. Qamoq jazosi qasddan sodir etilgan (qasddan badanga yengil
shikast yetkazish — 109-modda, qiynash — 110-modda, o'g'rilik — 169-modda) va ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan
jinoyatlar uchun ham (ehtiyotsizlik natijasida badanga o'rtacha og'ir yoki og'r shikast yetkazish — 111-modda)
qo'llaniladi. Qamoq jazosi jinoyat huquqi normalari sanksiyalarida boshqa jazo turlariga muqobil tarzda ko'rsatilgan.
Qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslar hukm chiqarilgan joydagi maxsus qamoq uylarida jazoni o'tashadi.
Mahkumlar butun
jazo muddatini, odatda, bitta qamoq uyida o'tashadi. Ular qamoq uyining xo'jalik xizmatiga oid
ishlarga xaftasiga to'rt soatgacha bo'lgan muddatga jalb etilishi mumkin. Mahkumlar ikki kishilik, to'rt
kishilik yoki
umumiy kameralarda saqlanadi. Birinchi marta qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslar ilgari qamoq yoki ozodlikdan
mahrum qilish jazosini o'tagan shaxslardan alohida saqlanadilar.