118
jazo turining faqat eng ko'p muddati belgilangan bo'lsa, sud yengilroq jazo tayinlash usulini qo'llay olmaydi. Masalan,
jinoyat uchun 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qiiish bilan jazolanish nazarda
tutilgan bo'lsa, Jinoyat kodeksining 57-moddasiga murojaat qilinmaydi. Agar «Maxsus» qism moddasining sanksiyasida
jazoning eng ko'p qismi ko'rsatilib, eng kam qismi ko'rsatilmagan bo'lsa, Jinoyat kodeksining «Umumiy» qismi tegishli
moddasidagi jazo turining eng kam qismi bu jazoning minimal muddati hisoblanadi.
Yengilroq jazo tayinlashning ikkinchi usuli sud qo'llayotgan huquqiy normaning sanksiyasida belgilangan jazo
turi o'rniga
aybdorga boshqa, Jinoyat kodeksining 43-moddasida yoki jinoyat voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir
etilgan bo'lsa, Jinoyat kodeksining 81-moddasida belgilangan jazo turlaridan yengilrog'ini tayinlashi mumkin. Bunda
sud tanlagan yengilroq jazo tunning miqdori Jinoyat kodeksining «Umumiy» qismi moddasida belgilangan doirada
tayinlanadi. Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo'llab, jazo tayinlashda qonun Jinoyat kodeksining 43-moddasida
belgilangan yengilroq jazo turini tanlashni cheklamaydi. Agar bunday jazo turi aybdorning qilmishi kvalifikatsiya
qilingan huquqiy normaning sanksiyasida belgilangan bo'lsa, Jinoyat kodeksining 57-moddasini qoilamasdan
tayinlanishi ham mumkin. Jinoyat kodeksining bir qator moddalarining sanksiyalarida muayyan huquqdan mahrum
qilish aybdorga majburiy qo'shimcha jazo sifatida tayinlanish belgilangan. Lekin, bunday talabga qaramasdan sud
Jinoyat kodeksining 57-moddasida ko'rsatilgan asoslar mavjud bo'lsa, uni qo'llamasligi ham mumkin. Shunday qilib,
Jinoyat kodeksining 57-moddasida ko'rsatilgan asoslar mavjud bo'lsa, sud aybdorga yengilroq asosiy jazoni sanksiya
doirasida tayinlashi, majburiy qo'shimcha jazoni esa qo'llamasligi mumkin yoki aybdorga yengilroq asosiy jazo
tayinlashi mumkin yoki aybdorga yengilroq asosiy jazo tayinlash va majburiy qo'shimcha jazoni qo'llamasligi ham
mumkin. Amaliyotda ba'zi sudlar Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo'llab jazo tayinlashda oldin aybdor sodir
etgan
jinoyat uchun javobgarlik to'g'risidagi huquqiy normalar sanksiyasi doirasida jazo tayinlaydilar, keyin hukmning qaror
qismida yengillashtiruvchi holatlarni ko'rsatadilar, so'ngra esa, Jinoyat kodeksining 57-moddasi asosida tayinlangan
jazoni kamaytiradi, yoki yengilrog'i bilan almashtiradi.
Chunonchi, agar shaxs Jinoyat kodeksining turli moddalarida ko'zda tutilgan bir necha jinoyat uchun
sudlanayotgan bo'lsa, yengilroq jazo tayinlash Jinoyat kodeksining 57-moddasi jinoyatlar jami bo'yicha tayinlanadigan
jazodan keyin emas balki alohida jinoyatlaruchunjazo tayinlash vaqtida qo'llaniladi. Masalan, fuqaro S.ning jinoyat
ishini olaylik. U. Jinoyat kodeksining 25—97-mod-dasi, 2-qismi, «a» bandi hamda Jinoyat kodeksining 248-moddasi,
1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, sud tomonidan jazo tayinlash vaqtida har ikki modda
bo'yicha umumiy tarzda 57-modda qo'llanilib, jazo tayinlangan. Ushbu ish bo'yicha yuqoridagi qoidaga zid ravishda
jazo tayinlash amalga oshirilganini ko'ramiz. S. ning jinoyat ishi bo'yicha chiqarilgan hukm Oliy sud plenumining 1996-
yil 19-iyuldagi «Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to'g'risida»gi 16-qarorining 8.1-bandida ko'rsatilgan
talablar
bajarilmaganligini ko'rsatib, Oliy sud o'z qarori bilan hukmni bekor qilgan
1
. S.ning jinoyat ishi bo'yicha jazo tayinlash
quyidagi tartibda amalga oshirilsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi, ya'ni S.ning Jinoyat kodeksi 25, 97-moddasi, 2-qismi,
«a» bandida ko'zda tutilgan jinoyati hamda Jinoyat kodeksining 248-moddasi, 1-qismida nazarda tutilgan jinoyati uchun
jazo tayinlashda har bir jinoyat uchun alohida-alohida og'irlashtiruvchi va yengihashtiruvchi holatlarni e'tiborga olib,
57-modda qo'llanishi uchun asoslar mavjud bo'lsa, ushbu modda ham har bir jinoyati uchun alohida tatbiq etilib, so'ng
59-moddada ko'zda tutilgan qoidaga ko'ra, har bir jinoyati uchun tayinlangan jazolarni to'la yoki qisman qo'shish yo'li
bilan jinoyatlar jami bo'yicha jazo tayinlanishi kerak.