15.2. Jazoni yengillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlar
Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini ko'rishda, eng avvalo, jinoyat sodir qilish bilan bog'liq bo'lgan barcha
holatlarini, uni sodir qilgan shaxsni, qilmishda jinoyat qonunida ko'zda tutilgan barcha belgilarning mavjudligini to'la va
batafsil aniqlash, jinoyatni to'g'ri kvalifikatsiya qilish, qonuniylik va adolatlilik prinsipiga rioya qilishning asosiy
shartidir. Jazoni yengillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlar ma'lum darajada qilmishning ijtimoiy xavfliligini
belgilovchi mezon bo'lib ham hisoblanadi.
Quyida jazo tayinlashda e'tiborga olinadigan jazoni yengillashtiruvchi holatlarga to'xtalamiz:
a) aybni bo'yniga olish to'g'risida arz qilish, chin ko'ngildan pushaymon bo'lish yoki jinoyatni ochishga faol yordam
berish;
b) yetkazilgan zarami ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish;
d) og'ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish;
e) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa jihatdan qaramliligi sababli jinoyat sodir etish;
f) jabrlanuvchining zo'rlik, og'ir haqorati yoki boshqacha g'ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli
ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir etish;
g) zaruriy mudofaaning, oxirgi zararatning asosli chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy xavfli
qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki xo'jalik faoliyatiga bog'liq bo'lgan asosli tavakkalchilikda zarar
yetkazish;
h) voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi; i) homilador ayolning jinoyat sodir etishi; j) jabrlanuvchining
g'ayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori ta'siri ostida jinoyat sodir etishi.
Jinoyat kodeksining 55-moddasida jazoni yengillashtiruvchi holatlarning, bir tomonidan real hayotda ko'proq
uchraydigan turlari va turli-tuman jinoyatlar sodir qilish uchun tipik bo'lgan holatlar olingan bo'lsa, ikkinchi tomondan,
qonun chiqaruvchi organ jinoyat sodir etish va jinoyatchi shaxsiga jiddiy ta'sir qiladigan holatlarnigina jazoni
yengillashtiruvchi holatlar ro'yxatiga kiritgan.
Bizning nazarimizda, yengillashtiruvchi holatlarni bunday tasniflash amaldagi Jinoyat kodeksining 55-
moddasida ko'rsatilgan yengillashtiruvchi holatlarga ham to'g'ri keladi. Masalan, voyaga yetmaganning jinoyat sodir
etishi (Jinoyat kodeksining 55-mod-dasi, «j» bandi) va homilador ayolning jinoyat sodir etishi (Jinoyat kodeksining 55-
moddasi, «z» bandi) faqat shaxsga tegishli bo'lgan yengillashtiruvchi holat hisoblansa, majburlash yoki moddiy
tomondan, xizmat jihatdan yoxud boshqa jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir qilish faqat jinoyatga tegishli bo'lgan
yengillashtiruvchi holat hisoblansa, aybini bo'yniga olish to'g'risida arz qilish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam
berish ham jinoyatga, ham shaxsga tegishli bo'lgan yengillashtiruvchi holat hisoblanadi. Jazoni yengillashtiruvchi
holatlar faqatgina jazoni yengillashtirishning o'zi uchun asos bo'lmasdan, balki jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod
qilish uchun ham asos bo'lishi mumkin. Jumladan, chin ko'ngildan pushaymon bo'lish yoki jinoyatni ochish uchun faol
yordam berish, Jinoyat kodeksining 66-moddasi asosida javobgarlikdan ozod qilish yoki 71-moddasi qoidalariga ko'ra,
sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavfi katta bo'lmasligi yoki jinoyat uncha og'ir bo'lmasligi kerak. Agar sodir etilgan
jinoyat og'ir yoki o'ta og'ir bo'lsa va Jinoyat kodeksining 55-moddasi, «a» ban-didagi holat mayjud bo'lsa, sud
yengillashtiruvchi holat, deb jazo tayinlashi mumkin.
115
Jinoyat kodeksining 55-moddasida ко'rsatilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlarning barchasi uchun quyidagi
xususiyatlar xosdir:
1. Jinoyat kodeksining 55-moddasida nazarda tutilgan yengillashtiruvchi holatlar Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi
modda-larida nazarda tutilgan jinoyatlarning jinoyat tarkibidan tashqarida bo'lib, qilmishni kvalifikatsiya qilish uchun
ta'sir qilmaydi, kvalifi-katsiyani o'zgartirmaydi.
2. Bu moddada ko'rsatilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar qilmishni Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddasi
bo'yicha kvalifikatsiya qilish uchun zaruriy belgisi sifatida ko'rsatilgan bo'lsa, jazo tayinlash vaqtida yana 55-moddaga
murojaat qilinmay o'sha moddaning sanksiya doirasida jazo tayinlanadi. Chunki qonun chiqaruvchi organ 5 5-moddada
nazarda tutilgan yengillashtiruvchi holatni Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida yengillashtiruvchi holat sifatida
ko'rsatib, shunga muvofiq ravishda sanksiyani ham yengillashtirgan.
Masalan, Jinoyat kodeksining 5-moddasi, «d» bandida «jabrla-nuvchining zo'rlik, og'ir haqorat yoki boshqacha
gayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir etish»,
yengillashtiruvchi holatlardan biri sifatida ko'rsatilgan. Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi, 98-moddasida esa,
jabrlanuvchi tomonidan g'ayriqonuniy zo'rlik yoki og'ir haqorat, shuningdek, uning boshqa g'ayriqonuniy harakatlari
tufayU to'satdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o'ldirish — besh yilgacha muddatga
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi, deyiladi. Jinoyat kodeksining 97-moddasida qasddan odam o'ldirish uchun
shu moddaning 1-qismida 15 yilgacha muddatga, 2-qismida 20 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki o'lim
jazosi bilan jazolanishi belgilangan. Jinoyat kodeksining 98-moddasida qasddan odam o'ldirish, lekin kuchli ruhiy
hayajonlanish bu jinoyatning jinoyat tarkibi doirasiga zaruriy belgi sifatida kiritilganligi uchun yengillashtiruvchi holat
hisoblanib, shu moddaning o'zida nazarda tutilgan.
Demak, Jinoyat kodeksining 55-moddasida ko'rsatilgan yengillashtiruvchi holat «Maxsus» qismning barcha
moddalarida ko'rsatilgan jinoyatlar uchun, «Maxsus» qismning muayyan bir moddasida ko'rsatilgan yengillashtiruvchi
holat faqat shu moddaning o'zi uchungina ahamiyatlidir.
Jinoyat kodeksining 55-moddasida nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlarning ro'yxati qat'iy
bo'lmay, sud jazo tayinlash vaqtida bu moddada ko'rsatilmagan boshqa holatlarni ham ishdagi holatlarga qarab
yengillashtiruvchi holat, deb hisoblashi mumkin. Masalan, davlat oldidagi katta xizmatlari, aqliy rivoj-lanishining
jismoniy rivojlanishiga nisbatan orqada qolib ketganligi va hokazolar ham yengillashtiruvchi holat, deb hisoblanishi
mumkin.
Jazoni individuallashtirish, eng awalo, hukm chiqarish vaqtida yengillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlarni
e'tiborga olish orqali amalga oshiriladi va bu holatlarning qonunda mustahkamlab qo'yilganligi uning qanchalik
muhimligini ko'rsatadi. Jazoni og'irlashtiruvchi holatlar Jinoyat kodeksining 56-moddasida ko'rsatib o'tilgan bo'ib, ular
quyidagilardan iborat:
a) homiladorligi aybdorga ayon bo'lgan ayolga nisbatan;
b) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan;
d) xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchini bajarganligi muno-sabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga
nisbatan;
e) aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaram shaxsga nisbatan;
f) o'ta shafqatsizlik bilan;
g) ko'pchilik uchun xavfli bo'lgan usulda;
h) yosh bola yoki ruhiy kasalligi aybdorga ayon bo'lgan shaxsdan foydalangan holda;
i) jinoyat natijasida og'ir oqibatlarning kelib chiqqanligi;
j) umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda yoki favqulodda holat vaqtida yoxud ommaviy tartibsizliklar
jarayonida;
к) g'arazli yoki boshqacha past niyatlarda;
1) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida;
m) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma
tomonidan;
n) ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi;
o) mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari; psixotrop yoxud kishining aql-idrokiga ta'sir qiluvchi boshqa
moddalar ta'siri ostida jinoyat sodir etish.
Yuqorida berilgan og'irlashtiruvchi holatlar ro'yxati qat'iy bo'lib boshqa holatlarni og'irlashtiruvchi holat, deb
hisoblanishi mumkin emas. Jazoni og'irlashtiruvchi holatlar mazmunini qisqacha yoritib o'tsak.
Aybdorga homiladorligi ilgaridan ayon bo'lgan ayolga nisbatan sodir etilgan jinoyat Jinoyat kodeksining 56-
moddasidagi keltirilgan holatlar ro'yxatiga kiritilgan. Homilador ayolga tajovuz qilgan shaxs ayni vaqtda homilaning
normal rivojlanishiga ham tajovuz qilgan bo'ladi. Homilador ayolga tashqi salbiy ta'sir bilan muvozanat holatidan
chiqarish faqat ayolga emas, homilaga ham zarar yetkazadi. Bu esa, tajovuzning ijtimoiy xavflilik darajasini ikki
marotaba oshiradi, binobarin, aybdorning javobgarligini og'irlashtiradi.
Yosh bola, keksa, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan sodir etilgan jinoyat uchun og'irlashtiruvchi
holatlarda jazo tayinlash qo'llanilishi kerak. Yosh bolalar deb, o'n to'rt yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlarni
116
hisoblash lozim. Qariyalar deganda esa, pensiya yoshiga yetganlar tushuniladi. Ojiz ahvoldagi shaxslar deganda yoshi
kattaligi, kasalligi, jismoniy kamchiligi va boshqa omillar tufayli jinoyatchiga qarshilik ko'rsata olmaydigan kishilarni
tushunish kerak.
Xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchlarini bajarishlari muno-sabati bilan shaxsga yoki uning yaqin
qarindoshlariga nisbatan sodir etilgan jinoyat Jinoyat kodeksining 56-moddasi, 1-qismi, «v» bandida jazoni
og'irlashtiruvchi holat sifatida nazarda tutilgan.
O'z xizmat burchini bajarish deganda, har qanday shaxsning o'z xizmat burchi doirasidagi vazifasini huquqqa
muvofiq ravishda amalga oshirishi, jamoatchilik burchi deganda esa, fuqaroning o'ziga yuklangan ijtimoiy burchlarini,
shuningdek, uning jamiyat yoki ayrim shaxslar manfaatlari, ya'ni mazkur shaxsni huquqbuzarlikning oldini olish, sodir
etilgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlar lo'g'risida hokimiyat idoralariga xabar berish kabi ijtimoiy burchni bajarishi
tushuniladi.
Shaxsning yaqin qarindoshlari deganda ota-onalar, opa-singillar, er-xotinlar, bolalar, jumladan, farzandlikka
olinganlar, nabiralar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillarini tushunish lozim.
Jinoyat kodeksining 56-moddasi, 1-qismi, «g» bandida ko'rsa-tilgan jinoyatlar, ya'ni aybdorga moddiy
tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaram shaxsga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar ham jazoni
og'irlashtiruvchi holat ekanligi nazarda tutilgan.
Basharti, jabrlanuvchi haqiqatan ham aybdorning qaramog'ida bo'lganda yoki uning ko'rsatadigan moddiy
yordami jabrlanuvchi uchun birdan-bir tirikchilik manbayi bo'lgan holatlarda moddiy qaramlik mavjuddir. Nikoh
munosabatlari ham bunday bog'liqlikni vujudga keltiradi. Jabrlanuvchining moddiy qaramligi shaxsning majburiyatlari
(masalan, o'gay qizga to'lanadigan aliment) yoki er va xotin o'rtasida yuzaga kelgan murakkab munosabatlar (masalan,
boshqa shahar yoki qishloqdan shaharga o'qish uchun kelgan qarindoshni uy-joy va oziq-ovqat bilan ta'minlash) bilan
bog'liq bo'lishi mumkin.
Xizmat bo'yicha aybdorga qaramlik shaxsning xizmatga ko'ra bo'ysunishi bilan bog'liq bo'ladi, shuningdek,
bevosita kelib chiqmaydigan, lekin uning mehnati yoki o'quvi ustidan nazorat qilish vazifalari bilan bog'liq bo'lishi
mumkin (masalan, ilmiy rahbar va aspirant, trener va sportchi o'rtasida).
Boshqa turdagi qaramlik deganda, jabrlanuvchi aybdorning uy-joyida yashashini, o'quvchilar yoki
tarbiyalanuvchilarning vasiylar, tarbiyachilar va hokazolarga bog'liqligini tushunish kerak.
Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tomonidan
jinoyat sodir etish ham jazoni og'irlashtiruvchi holatdir. Birgalikda sodir etilgan jinoyat o'ta xavfli bo'lib, unda jinoyat
sodir etishni, jinoyat izlari va jinoyatchini yashirish yengilroq amalga oshadi.
Ayniqsa, jinoiy faoliyat uyushganlik xususiyatiga ega bo'lganida, uning ijtimoiy xavfliligi yanada ortadi. Bu
o'rinda gap guruh xususida emas, uyushgan guruh to'g'risida boradi. Uyushgan guruh faqat miqdoriy belgi bilan
tavsiflanmaydi (ikki va undan ortiq shaxslarning mavjudligi), ayni vaqtda sifat belgilari bilan, ya'ni oldindan kelishib
olish, jinoyatni sodir etish rejasini tuzish, uni amalga oshirishga tayyorgarlik ko'rish, guruh ishtirokchilari o'rtasida
mustahkam aloqa mavjudligi bilan ham izohlanadi.
O'z navbatida, jinoiy uyushmaning xavfliligi ikki va undan ko'proq jinoiy gumhning jinoiy faoliyat bilan
shug'ullanish uchun birlashishidan iboratdir. Bunday birlashish natijasida uyushgan tuzilmaning o'ta faolligiga
erishiladi, bu esa ularni kuchaytiribgina qolmay, balki ta'sir doirasini kengaytiradi.
Og'ir oqibatlarga olib kelgan jinoyatni sodir etish jazoni og'irlashtiruvchi holat, deb topiladi, zero, oqibatning
haddan tashqari og'irligi tajovuz tarkibi doirasidan chetga chiqadi. Masalan, oilaning yagona boquvchisi o'ldirilishi
uning moddiy ahvolini o'ta qiyinlashtirib yuborishi va hokazolar.
Sud qonuniga muvofiq jinoyatning mohiyatiga ko'ra, mastlikni jazoni og'irlashtiruvchi holat, deb topmasligi
mumkin, zero, u mazkur masalani yechishda qilmish o'z tabiatiga ko'ra, mastlik yoki aybdorning aqliy-irodaviy
faoliyatiga ta'sir etadigan gihyovandlik vositalari, psixotrop yoki boshqa moddalar bilan bog'langanligini, shuningdek,
shaxsning mazkur holatga tushish sharoitlarini batafsil o'rganishi va ularni inobatga olishi lozim.
Umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda jinoyat sodir etish deganda, aksariyat kishilarning hayot yoki
sog'lig'iga xavf tug'diradigan yoki davlat, jamoat yoxud xususiy mulkka yirik miqdorda zarar keltiruvchi ofatlar,
masalan, yong'in, transport halokati, suv toshqini va boshqa holatlar tushuniladi. Ushbu vaziyatlarni og'irlashtiruvchi
holat sifatida e'tirof etish uchun aybdor tomonidan shu vaziyatlardan ongli ravishda foydalanish maqsadi mavjud
bo'lishi kerak.
Ko'pchilik uchun xavfli usulda jinoyat sodir etish deganda, bir shaxsga yoki muayyan mol-mulkka qarshi
qaratilgan bo'lib, boshqa kishilarga yoki mol-mulkka muayyan xavf tug'diradigan usullar tushuniladi. Masalan, suvni
zaharlash, yong'in, portlatish, suv bostirish, odamlar gavjum joyda o'q otish, bu holatlarda sodir etilgan qilmish, nafaqat,
jabrlanuvchiga, balki boshqa shaxslarga ham real xavf tug'diradi.
O'ta shafqatsizlik bilan jinoyat sodir etish jinoyatning subyektini ifodalovchi og'irlashtiruvchi holatlardan biri
bo'lib, bu jabrlanuvchiga nisbatan jinoiy harakatni amalga oshirishdan oldin yoki amalga oshirish jarayonida unga
nisbatan azoblash, qiynash yoki tahqirlash, xo'rlangan yoxud subyektning jabrlanuvchini juda azoblab, masalan,
jabrlanuvchining badaniga ko'plab jarohatlar yetkazish yoki juda og'riq beradigan zahardan foydalanish, tiriklayin
kuydirish, uzoq vaqt ovqatsiz qoldirish va boshqa shunga o'xshash harakatlar sodir etishda namoyon bo'ladi.
|