Tamom bo'lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

 
15.4. Tamom bo'lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash
Sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlarni e'tiborga olib, alohida 
hollarda ushbu kodeks «Maxsus» qismining moddasida nazarda tutilgan mazkur jinoyat uchun belgilangan jazoning eng 
kam qismidan ham kamroq yoki shu moddada nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazoni tayinlash mumkin. 
Sud shu asoslarni e'tiborga olib, ushbu kodeks «Maxsus» qismining moddasida qo'llanilishi shart, deb 
ko'rsatilgan qo'shimcha jazoni tayinlamasligi ham mumkin. 
Sodir etilgan qilmish xususiyatlarini ifodalovchi holatlar, ya'ni aybdorning shaxsi, aybning shakli va darajasi, 
jinoyat qilish sharoiti va sabablari, shaxsning jinoyat sodir qilguncha va undan keyingi xulq-atvori jinoyatning ijtimoiy 
xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar, deb topilishi mumkin. 
 
15.5. Bir necha jinoyat uchun jazo tayinlash
Huquqiy davlat qurishda, awalo, qonunlarga tayangan holda insonparvarlik va odillik tamoyillari asosida odil 
sudlovni amalga oshirish lozimdir. Mazkur tamoyillarga to'liq rioya qilish Jinoyat qonuni talablari og'ishmay 
bajarilishini taqozo etadi. Jinoyat qonunida bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash instituti mavjud bo'lib, 
bu norma talablariga rioya qilmaslik yuqoridagi tamoyillarning buzilishiga olib keladi. Ushbu qoida buzilishini bartaraf 
qilishda ko'maklashish maqsadida bir necha jinoyat uchun jazo tayinlashga oid qoidalarni qisman bo'lsa-da yoritib 
berishni lozim, deh topdik. Jinoyat kodeksining 59-mod-dasiga binoan bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo 
tayinlashni quyidagi tartibda amalga oshirish nazarda tutilgan: 
Shaxs «Maxsus» qismning turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etgan bo'lib, 
ulardan birortasi uchun ham sudlangan bo'lmasa, sud ushbu kodeksning 54-mod-dasida nazarda tutilgan qoidalarga 


119 
muvofiq, har qaysi qilmish uchun jazo tayinlab, so'ngra tayinlangan yengilroq jazoni og'irrog'i bilan qoplash yoxud 
tayinlangan jazolarni to'la yoki qisman qo'shish yo'li bilan jinoyatlar majmuyi bo'yicha jazo tayinlaydi. 
Agar jinoyatlar majmuyini faqat ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatlar va uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlar 
tashkil etsa, unda tayinlangan yengilroq jazoni og'irrog'i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to'la yoki qisman 
qo'shish yo'li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo sodir etilgan jinoyatlardan eng og'iri 
uchun nazarda tutilgan eng ko'p jazo muddatidan yoki me'yoridan ortiq bo'lmasligi lozim. 
Agar jinoyatlar majmuyini tashkil etuvchi jinoyatlardan loaqal bittasi og'ir yoki o'ta og'ir jinoyat bo'lsa, ushbu 
kodeksning «Umumiy» qismida shu jazo turi uchun belgilangan doirada tayinlangan jazolarni to'la yoki qisman qo'shish 
yo'li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Jinoyatlar majmuyi bo'yicha har xil turdagi jazolarni qo'shish yo'li bilan jazo 
tayinlashda ushbu kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning og'irroq turi uzil-kesil 
tayinlanadi. 
Jinoyatlar majmuyi bo'yicha tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan qo'shimcha 
jazolarni ham qo'shishi mumkin. Bunda muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo'shimcha jazoning uzil-kesil 
tayinlangan muddati ushbu kodeksning 45-moddasida nazarda tutilgan eng ko'p muddatdan ortiq bo'lmasligi lozim. 
Agar ish bo'yicha hukm chiqarilganidan keyin mahkumning ana shu ish bo'yicha chiqarilgan hukmga qadar 
sodir etilgan yana boshqa jinoyatda aybli ekanligi aniqlansa ham jazo o'sha tartibda tayinlanadi. Bunday holda jinoyatlar 
majmuyi bo'yicha sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga birinchi hukm yuzasidan jazoning o'talgan qismi 
qo'shiladi. 
Yuqoridagi jinoyatlar jami bo'yicha jazo tayinlash qoidalari quyidagi hollarda qo'llaniladi: 
1) jinoiy qilmish jinoyat qonunining turli moddalari bilan kvalifikatsiya qilinganda; 
2) shaxs bir xildagi bir necha harakatlarni sodir etgan bo'lib, ulardan bin tugallangan jinoyat tariqasida, boshqalari 
esa, jinoyatga tayyorgarlik ko'rish, suiqasd yoki ishtirokchilik tariqasida kvalifikatsiya qilinganda; 
3) ish bo'yicha hukm chiqarilgandan keyin mahkumning birinchi ish bo'yicha chiqarilgan hukmgacha yana boshqa 
jinoyatda aybdorligi aniqlanganida. 
Jinoyatlar majmuyi tariqasida aybdorga jazo tayinlash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda sud 
Jinoyat kodeksining 54-moddasida belgilangan jazo tayinlash qoidalarini qo'llagan holda aybdor sodir etgan har qaysi 
jinoyatga alohida jazo tayinlaydi. Bunda sud har qaysi jinoyat uchun alohida-alohida asosiy jazoni tayinlaydi va agar 
zarur bo'lsa, har bir jinoyatning xususiyatiga qarab qo'shimcha jazo tayinlaydi. Jinoyatlar majmuyini tashkil etuvchi har 
qaysi jinoyat uchun alohida jazo tayinlash Jinoyat kodeksining 59-moddasining muhim talabidir va undan chetga 
chiqishga yo'l qo'yilmaydi. Ushbu qoidaning jazo tayin-lashdagi ijobiy xususiyatlarini quyidagilarda ko'rish mumkin: 
a) jinoyatlar majmuyiga kiruvchi alohida jinoyatlar uchun amnistiya va avf etishni ancha yengillashtiradi; 
b) bunday jinoyatlar kassatsiya yoki nazorat tartibida ko'rilganda har bir jinoyat uchun jazoni yengillashtiruvchi yoki 
og'irlash-tiravchi holatlarini e'tiborga olishda; 
d) ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinganlarga nisbatan jazoni o'tash koloniyasi rejimi turini belgilashda, shaxsni 
o'ta xavfli retsidivist, deb topish masalalarini hal qilishni osonlashtiradi. 
Agar sud aybdorga jazo tayinlashda Jinoyat kodeksining 57-mod-dasini qo'llashni zarur, deb topsa, bu masalani 
birinchi bosqichda, ya'ni har qaysi jinoyat uchun alohida jazo tayinlashda hal qilishi lozim. Ikkinchi bosqichda sud 
tegishli jazo turini belgilovchi Jinoyat kodeksining «Umumiy» qismi moddalarida belgilangan doirada ayrim jinoyatlar 
uchun tayinlangan jazolarni to'la yoki qisman qo'shish yo'li bilan aybdorga u sodir etgan barcha jinoyatlar jami uchun 
jazo tayinlaydi, masalan, aybdor ikkita jinoyatni sodir etib, sud bir jinoyat uchun bir yil, ikkinchi jinoyat uchun ikki yil 
muddatga axloq tuzatish ishiga hukm qilib, ish haqidan 20 foizdan ushlab qolishni belgilagan bo'lsa, jinoyatlarning har 
biri uchun tayinlangan muddatlarni qisman qo'shib, jinoyatlar jami tariqasida ikki yarim yil, to'la qo'shish yo'li bilan uch 
yil muddatga axloq tuzatish ishiga hukm qilishi va ish haqidan 20 foiz ushlab qolishni tayinlaydi. Chunki Jinoyat 
kodeksining 46-moddasiga ko'ra, jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan axloq tuzatish ishlari uch yildan ortiq 
muddatga tayinlanishi mumkin emas. Masalan, sodir etilgan ikkita jinoyatdan biri uchun sud aybdorga uning ish 
haqidan 15 foizini ushlab qolish bilan bir yil axloq tuzatish ishlarini, boshqa jinoyat uchun ham ish haqidan 25 foizini 
ushlab qolish bilan bir yil axloq tuzatish ishlari tayinlangan. Jinoyatlar majmuyi tariqasida sud aybdorga ish joyi 
bo'yicha ish haqidan 25 foizini, yana bir yil davomida 15 foizini davlat foydasiga ushlab qolish bilan ikki yil axloq 
tuzatish ishlari tayinlagan. Agar jinoyatlar 18 yoshga to'lmagan, voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo'lsa, 
jarima, axloq tuzatish ishlari va qamoqturdagi jazolar Jinoyat kodeksining 82, 83, 84-moddalarida belgilangan doirada 
qo'shiladi. 
Shaxsning sodir etgan jinoyatlari uchun sud aybdorga har xil turdagi jazolarni tayinlashi ham mumkin. Masalan, 
bitta jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish, boshqasi uchun axloq tuzatish ishlari qamoq yoki jarima va boshqa 
jazolar. Jinoyatlar majmuyini tashkil etuvchi ayrim jinoyatlar uchun turli xil jazolarni qo'shish masalasi Jinoyat 
kodeksining 59-moddasi, 2-qismida yoritib berilgan. Qonunga binoan sud mazmuniga ko'ra, jinoyatlar majmuyini 
tashkil etuvchi jinoyatlar uchun jazolarni to'la yoki qisman qo'shish masalasini qonunda belgilangan jazo tayinlash 
talablarini hisobga olgan holda o'z ixtiyori bilan hal qiladi. 
Jinoyat kodeksining 59-moddasi, 5-qismida «jinoyatlar majmuyi tariqasida tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim 
jinoyatlar uchun tayinlangan qo'shimcha jazolarni ham qo'shib tayinlash mumkin», deyilgan. Jinoyatlar majmuyiga 


120 
kiruvchi ayrim jinoyatlar uchun qo'shimcha jazolar dastlab asossiz ravishda tayinlangan bo'lsa, yuqori turuvchi sudlar 
keyingi instansiya tartibida jinoyat ishlarini ko'rishda ularni hukmdan chiqarib tashlaydi. Jinoyatlar majmuyi tariqasida 
tayinlangan asosiy jazoga ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan bir necha turli xil qo'shimcha jazolarni tayinlash mumkin. 
Masalan, harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish va muayyan huquqdan mahrum qilish. 
Jinoyat kodeksining 59-moddasi, 4-qismida ko'zda tutilgan holatlarda jazo tayinlash quyidagi tartibda amalga 
oshiriladi: 
• yangi aniqlangan jinoyat ishi uchun 59-modda talablariga ko'ra, 54-modda asosida alohida jazo tayinlanadi
• yangi aniqlangan jinoyat ish bo'yicha tayinlangan jazoga oldingi ishi bo'yicha tayinlangan jazolar qo'shiladi. 
Jinoyatlar jami uchun belgilangan qat'iy jazo birinchi hukm bo'yicha tayinlangan jazodan kam bo'lishi mumkin 
emas, chunki bunday holda jazolarni qo'shish vaqtida birinchi hukm bo'yicha tayinlangan jazoning o'talmagan qismidan 
emas, balki uning to'liq miqdoridan kelib chiqiladi. Jinoyatlar jami bo'yicha tayinlangan jazodan chegirib, keyingi ish 
bo'yicha sudgacha ehtiyot chorasi yoki ushlab turish tartibida qamoqda o'tirgan vaqti va birinchi hukm bo'yicha o'talgan 
jazo muddati chegirib tashlanadi. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tamom bo'lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish