123
Jinoyat kodeksida jazodan ozod qilishning quyidagi turlari ko'rsatilgan:
1) javobgarlikka tortish muddatining o'tib ketganligi munosa-bati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish (64-
modda);
2) qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo'qotganligi muno-sabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (65-modda);
3) aybdor o'z qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan-ligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (66-
modda);
4) yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish (66'-modda)
5) kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish ( 67-modda); 6)amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish (68-
modda); 7)voyaga yetmagan shaxsga nisbatan majburlov chorasini qo'llagan holatda javobgarlikdan ozod qilish (88-
modda).
Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish huquqiyjihatdan jinoyat sodir etgan shaxsni sodir etilgan qilmishning
barcha
huquqiy oqibatlari: sud hukmi asosida davlat tomonidan tayinlanadigan va shaxsni rasmiy tarzda jinoyatchi, deb
topadigan ta'sir chorasidan, jazodan va sudlanganlikdan ozod qiladi. Shuningdek, bu institutning qo'llanilishi barcha
turdagi jinoyat protsessual majburlov va ehtiyot choralarini bekor qiladi. Shaxsni jinoiy
javobgarlikdan ozod qilish
uning aybsizligini anglatmaydi va uni fuqarolik-huquqiy, masalan, sodir etgan qilmishi
uchun mulkiy javobgarlikni
qo'llash, shuningdek, ma'muriy, intizomiy ta'sir choralaridan ozod qilmaydi.