Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo'qotganligi munosabati bilan




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

 
16.3. Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo'qotganligi munosabati bilan
jinoiy javobgarlikdan ozod qilish
Ishni tergov qilish yoki sudda ko'rish vaqtida sharoit o'zgarganligi tufayli sodir etilgan qilmish yoki jinoyat sodir 
etgan shaxs o'zining ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo'qotgan deb topilsa, jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod 
qilinishi mumkin. Bu normada ikki mustaqil, lekin ma'no va mazmun jihatdan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishda bir-
biriga yaqin bo'lgan asoslar ko'rsatilgan: sharoit o'zgarganligi tufayli qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo'qotishi va 
sharoitning o'zgarishi bilan shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo'qotishi. 
Bu ikki asos mavjud bo'lishi uchun ish tergov qilish yoki sudda ko'rilishi jarayonida obyektiv holatning shunday 
o'zgarishi tushuniladiki, bu holat natijasida shaxs yoki sodir etilgan qilmish yoxud ikkisi ham bir vaqtning o'zida 
ijtimoiy xavfliligini yo'qotadi. Shu bilan bir qatorda bu jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning ikki turining tabiati va 
aniq asosi bir xil emas. 
Qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo'qotishi uchun ikki asos bo'lishi lozim: 
a) sharoitning o'zgarishi; 
b) mazkur o'zgarish qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo'qoti-shiga olib kelishi. 
Sharoitning o'zgarishi deganda, obyektiv voqeiylikning o'zgarishi bois sodir etilgan jinoyatning yangi ijtimoiy 
sharoitlarda o'zining ijtimoiy xavfliligini yo'qotganligi tushuniladi. Odatda, obyektiv holatning o'zgarishi, nafaqat, 
mavjud ijtimoiy xavfli qilmishning, balki shu turdagi ijtimoiy xavfli qilmishlarning ham ijtimoiy xavfliligi 
yo'qotilishiga olib keladi. Ayni vaqtda sharoitning o'zgarishi butun davlat miqyosida (umumiy), shuningdek, mu'lum bir 
hududda (lokal) ham bo'lishi mumkin. Bu shart-sharoitning o'zgarishi aybdor shaxsning xohish-irodasidan tashqarida 
sodir bo'lib, jamiyatning barcha fuqarolariga yoxud muayyan viloyat, tuman va hokazolar aholisiga, xodimi va 
ishchilariga taalluqli bo'lishidir. Masalan, g'ayriqonuniy ravishda taqiqilangan joyda baliq ovlash ijtimoiy xavfli 
hisoblanib, Jinoyat kodeksining 204-mod -dasiga ko'ra javobgarlikka tortishga sabab bo'ladi. Agar baliqlarning ko'payib 
ketishi yoki hayvonot olamining qirilib ketishi natijasida ov qilishga ruxsat berilgan bo'lsa, bunday harakat jinoyat 
hisoblanmaydi. 


126 
Bu o'zgarishlar uncha ko'p uchramaydi va bu asosga ko'ra javobgarlikdan ozod qilish istisno qiluvchi 
xususiyatga ega. Bu holatning o'zgarishi bevosita jinoyat tushunchasi bilan bog'liq, bundan ikki xulosa kelib chiqadi: 
l) bunday holatda javobgarlikdan ozod qilish fakultativ emas, balki majburiydir; 
2) bu sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavfliligiga va aybla-nuvchining shaxsiga bog'liq bo'lmaydi. 
Yuqorida qayd etilganlardan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning birinchisida obyektiv holatning shunday 
o'zgarganligi tushuniladiki, buning oqibatida oldingi ijtimoiy xavfli va jinoiy jazoga sazovor qilmish o'zining ijtimoiy 
xavfliligini yo'qotadi, ya'ni qilmishning jinoiyligini yo'qotishi, qilmishga nisbatan yangi obyektiv sharoitda ma'muriy 
yoki intizomiy ta'sir chorasi qo'llanishi mumkinligini istisno etmaydi. 
Ikkinchi asos ham tashqi shart-sharoitning o'zgarishini ifodalaydi. Qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo'qotuvchi 
holatdan farqli ravishda, u shaxs tomonidan jinoyat sodir etilgunga qadar yoki jinoyat sodir etilgandan so'ng sharoitning 
o'zgarishi bilan bog'liq bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, aybdor shaxsni ijtimoiy xavflilik nuqtayi nazaridan huquqiy 
baholashning o'zgarishidir. Jinoyat sodir etgan shaxsni ijtimoiy xavfli emas, deb topish uncha og'ir bo'lmagan jinoyatni 
sodir qilishda aybdor bo'lgan shaxsni, ba'zi holatlar munosabati bilan xavflilik darajasi yo'qolgan, deb hisoblashdan 
iboratdir. Masalan, harbiy xizmatni o'tashga chaqirilgan shaxs uncha og'ir bo'lmagan jinoyatni birinchi marta sodir 
qilgan bo'lsa, tergov organi yoki sud uni javobgarlikdan ozod qilib, harbiy xizmatni o'tashiga imkon berishi mumkin. 
Bunda jinoyatning xavflilik darajasi o'zgarmaydi, balki shu jinoyatni sodir qilishda aybdor bo'lgan shaxs bundan so'ng 
xavfli emas, deb topiladi. Bu holatda ijtimoiy xavfli qilmish yoki muayyan hududdagi sharoitning o'zgarishi emas, balki 
jinoyat sodir etgan shaxsning o'zi yuridik jihatdan baholanadi. 
Shaxsning yoki qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo'qotgan, deb topish uchun, dastlabki tergov, sud majlisi yoki 
undan so'ng vujudga kelganligini e'tiborga olish lozim. Vaziyatning o'zgarishi bilan ayblanuvchi shaxs surishtiruvchi 
yoki tergovchining prokuror roziligi bilan qabul qilgan qarori, prokurorning qarori, sudning jinoyat ishini tugatish 
haqidagi qarori yoki ajrimiga ko'ra, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. Agar shaxs ishning tugatilishiga 
qarshilik bildirsa, bunday holatda ish tugatilmaydi. Bunday holatda ish umumiy tartibda ko'rilib, sudning ayblov yoki 
oqlov hukmi chiqarilishi bilan tugatiladi. 
Shaxs yoki qilmish ijtimoiy xavfliligini yo'qotishi sababli aybdorni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish muayyan 
ijtimoiy munosabatlaraing dekriminalizatsiya qilinishi, deb hisoblash uchun asos bo'la olmaydi. Dekriminalizatsiyada 
jinoyat tarikibi — obyekti bo'lmaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo'lmaydi. Bunda shaxsni jinoiy 
javobgarlikka tortish uchun asoslar mavjud bo'lmaydi. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo'qotganligi munosabati bilan

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish