125
o'tmasdan turib, yangi qasddan jinoyat sodir etsa, muddat uziladi va javobgarlikka tortish muddati yangi jinoyat sodir
etilgan kundan boshlab hisoblanadi (Jinoyat kodeksining 64-moddasi, 4-qismi).
Jinoiy javobgarlikka tortish muddati agar jinoyat sodir etgan shaxs tergov yoki suddan yashirinsa uziladi.
Muddat o'tishining uzilishini asosiy shartlari:
1) jinoyat ishini qo'zg'atilishi bilan bog'liq bo'lib, agar jinoyat ishi qo'zg'atilmagan bo'lsa, odil sudlovdan bosh tortish
haqidagi masalaning bo'lishi ham mumkin emas;
2) ayblanuvchining sud va tergovdan bo'yin tovlashi hisoblanadi.
Sud va tergovdan bo'yin tovlash deganda, shaxsning jinoiy javobgarlikdan qochish maqsadida qilingan va sud
hamda tergov organlarining tegishli hududlarda ayblanuvchini qidirish bilan bog'liq harakatlari tushuniladi. Shaxsni
qidirish bilan bog'liq bo'lgan muddat javobgarlikka tortish muddatiga qo'shilmaydi. Muddatning o'tishi aybdor topilgan
yoki aybini bo'yniga olib, arz qilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Bunda shaxs ongli ravishda jinoiy javobgarlikdan bo'yin tovlashga harakat qiladi va qidiruv organlari unga
nisbatan maxsus chora-tadbirlar ko'rishga majbur bo'ladilar. Bundan tashqari, qonunda maxsus 25 yillik muddat
o'rnatilgan bo'lib, bu muddatning o'tishi bilan shaxs jinoiy javobgarlikdan har qanday sharoitda, shu jumladan, jinoyat
sodir etgan shaxsning surishtiruv yoki tergovdan yashiringanligi uchun muddatning uzilishi yoki to'xtatib qo'yilishi yoki
og'ir yoxud o'ta og'ir jinoyat sodir etgandan so'ng qasddan yangi jinoyat sodir etgan hollarda ham jinoiy javobgarlikdan
ozod qilinadi.
O'lim jazosiga mahkum qilinishi mumkin bo'lgan jinoyatni sodir etgan shaxsni javobgarlikdan ozod qilish
masalasi esa, sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish muddati o'tishi lozim deb topmasa, o'lim jazosi
o'rniga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlaydi.
Agar shaxs Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida nazarda tutilgan tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi
jinoyatlarni sodir etgan bo'lsa: urashni targ'ib qilish (150-modda); agressiya (151-mod-da); urushning qonun va
udumlarini buzish (152-modda); genotsid (153-modda), yollanish (154-modda); terrorizm (155-modda); milliy, irqiy
yoki diniy adovat qo'zg'atish (156-modda) kabi jinoyatlarni sodir etgani taqdirda javobgarlikka tortish muddati
qo'llanilmaydi.
Jinoyat-protsesual kodeksining 84-moddasi, 1-qismida shaxsni javobgarlikka torish muddati o'tib ketgan bo'lsa,
ayblilik masalasi hal qilinmay turib, jinoyat ishi tugatilishi lozimligi belgilangan.
Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish: dastlabki tergov davrida — surishtiruv, tergov organlari va prokurorning jinoyat
ishini tugatish to'g'risidagi qarori; sud majlisini tayinlash bosqichida esa, sudning jinoyat ishini tugatish to'g'risidagi
ajrimi bilan tugatiladi.
Agar shaxs jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilingandan keyin, javobgarlikka tortish muddati
o'tgan bo'lsa, ayblanuvchi, sudlanuvchi vafot etgan taqdirda ayblanuvchi, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari talab
qilsa, ishni umumiy tartibda davom ettirish mumkin. Bunday hollarda hukm qihsh uchun asoslar mavjud bo'lsa, ayblov
hukmi jazo belgilanmasdan chiqariladi.