134
Aybdorning chin ko'ngildan pushaymon bo'lishi, uning
faol harakatlarida ifodalanib, u ikki: aybini bo'yniga
olishi va zararni ixtiyoriy ravishda qoplashdan iborat bo'ladi. Aybini bo'yniga olib arz qilish shaxsning bevosita o'zi
yoki boshqa shaxslar vositasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, ularga tayyorlangan jinoyatni
yoki guruhning ijtimoiy xavfli faoliyatini bartaraf etishga, sodir etilgan jinoyatni ochish, jinoyatning boshqa
ishtirokchilarini fosh qilishga yordam berish niyati haqida xabar berishi bilan amalga oshiriladi. Shaxs chin ko'ngildan
pushaymon bo'lganligi o'zining qilmishi xatoligini anglaydi va uni qoralaydi. Bu o'rinda xabarning aybdorning o'zi yoki
boshqa shaxslar tomonidan berilganligining ahamiyati yo'q. Xabar
berish yozma, og'zaki yoki boshqa shakllarda
(telefon orqali, video yozuv, audio kassetada ovoz yozib olish orqali) amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu asosga ko'ra, jinoiy jazodan ozod qilishning shartlaridan yana biri shaxsning og'ir yoki o'ta og'ir jinoyat
sodir etishda ishtirok etmagan bo'lishi lozimligidir. Jinoyat kodeksining 15-moddasida jinoyatlar tasnifi berilgan bo'lib,
unga ko'ra, jinoyatlar ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan, uncha og'ir bo'lmagan, og'ir va o'ta og'ir jinoyatlarga ajratilgan.
Agar shaxs hali bironta ham
jinoyat sodir etmagan, ammo qurolli uyushgan guruhda qatnashish uchun rozilik
bergan va u mazkur guruhning jinoiy rejalaridan boxabar bo'lsa, chindan ham tashkilotchilar va qatnashchilarni topib
bergan holda fosh qilishda ko'maklashgan bo'lsa, xususan, mazkur shaxslar ushlanganda guruhning
jinoiy faoliyat bilan
shug'ullanishining oldini olishga yordam bersa, bunday holda ham jinoiy jazodan ozod qilinishi mumkin.
Demak, ushbu asosga ko'ra jazodan ozod qilish uchun quyidagi belgilar mavjud bo'lishi lozim:
l) birinchi marta jinoyat sodir etilganligi; 2) ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan va uncha og'ir bo'lmagan jinoyat sodir
etilganligi;
3) aydorning aybini bo'yniga olib, arz
qilganligi; 4)yetkazilgan zararning ixtiyoriy tarzda qoplanganligi.
Bu elementlarning barchasi mavjud bo'lganida, shaxs ushbu asosga ko'ra jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.