136
qilish, deyiladi. Jazoning o'talmay qolgan qismi davomida mahkum muayyan shartlarni bajarishi lozim bo'ladi, aks
holda, shartli ozod qilish bekor qilinishi mumkin.
Jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish mazmuni mahkumni qonunda belgilangan jazo turlari
uchun belgilangan talablarni bajarishi va mehnatga halol munosabatda bo'lishi, shuningdek, sud tomonidan belgilangan
jazo muddatining muayyan qismini o'talganligida ifodalanadi. Jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishning
mohiyati shundaki, jazoni o'tayotgan shaxs o'talmay qolgan muddat davomida yangi jinoyat sodir etmaslik sharti bilan
sud tomonidan jazoning qolgan qismini o'tashdan ozod qilinadi. Jazoning o'talmay
qolgan qismi sinov muddati
ahamiyatiga ega bo'lib, uning shartlarini bajarmaslik jazo muddatini hisobga olishga, ya'ni yangi tayinlangan jazoga
qo'shishga va jazodan ozod qilishni to'xtatishga asos bo'ladi. Shu asosga ko'ra, jazodan muddatidan ilgari shartli ozod
qilish jazodan ozod qilishning shartli va qisman jazodan ozod qilish turiga kiradi.
Jazoni o'tashdan ozod qilinishi mumkin bo'lgan jazo turlari qonunda belgilab qo'yilgan (Jinoyat kodeksining 73-
moddasi, 1-qismi). Bu jazo turlariga: ozodlikdan malirum qilish, intizomiy qismga jo'natish, xizmat bo'yicha cheklash
yoki axloq tuzatish ishlari kiradi.
Jazodan ozod qilishninig obyektiv shartlmdan yana biri mahkumni belgilangan jazo muddatining muayyan
qismini o'taganligi hisoblanadi. Bu mahkum tomonidan sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga bog'liq.
Jazodan shartli ozod qilish mahkum tomonidan faktik jihatdan jazoning:
l) ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan yoki uncha og'ir bo'lmagan jinoyat uchun sud tomonidan tayinlangan jazo
muddatining kamida uchdan birini;
2) og'ir jinoyat, shuningdek, qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan
sodir etgan jinoyati uchun
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo'lsa, sud tomonidan tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini.
3) o'ta og'ir jinoyati uchun, shuningdek, jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi yengilrog'i
bilan almashtirilgan shaxs jazoning o'talmagan qismi mobaynida yangi jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan
bo'lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini haqiqatda o'tab boiganidan keyin qo'llanishi
mumkin.
Shartli ozod qilishni qo'llashning subyektiv asoslariga mahkumni belgilangan jazo turlari uchun o'rnatilgan
tartib qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo'lganligi kiradi.
Mahkumning belgilangan jazo turlari uchun o'rnatilgan tartib-qoida talablarini bajarishi deganda, uning mehnat
faoliyati, tartibni buzgan yoki buzmaganligi, ichki tartib qoidalarni buzuvchilarga qarshi kurash va umuman, jamoat
faoliyatida faol ishtirok etganligi tushuniladi.
Mehnatga
halol munosabat esa, hammadan ilgari mahkumning jazoni o'tash muassasalarida tashkil etilgan
mehnat faoliyatida o'z xohishi bilan faol ishtirok etishi bilan belgilanadi. Bunday munosabat mahkumning ishlab
chiqarishda, qishloq xo'jaligida, xo'jalik ishida, koloniya hududidagi obodonchilik ishida va boshqa turli ijtimoiy foydali
ishlarni halol bajarishida ifodalanadi. Mehnatga halol munosabati, shuningdek, mahkumning ma'lum hunar o'rganishi,
o'z malakasini oshirishga, shuningdek, ratsionalizatorlik, kashfiyotchilikka intilishi, mehnat musobaqalarida qatnashishi
va ish tajribalarini boshqalarga o'rgatishi bilan xususiyatlanadi.
Mahkumning tuzalganligi masalasini hal qilishda uning jamiyat hayotiga munosabati, yetkazilgan zararni tezroq
qoplash uchun harakat qilishi ham e'tiborga olinadi. Bu jinoyatning xususiyati va mahkumning shaxsiy xususiyatlarini
ham hisobga olish katta ahamiyatga ega.
Intizomiy qismga jo'natish jazosiga mahkum qilinganlar, agar yaxshi xulq-atvori hamda mehnatga va harbiy
xizmatga vijdonan munosabati uchun sud tomonidan tayinlangan jazo muddatini uchdan bir qismini o'tagandan so'ng
intizomiy qism koman-dirining buyrug'i bilan axloqan tuzalayotganlar qatoriga qo'shiladi va umumiy jazo muddatining
kamida yarmini o'tagandan so'ng jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishga taqdim etilishi mumkin.
Yuqorida belgilangan jazo muddatini o'tab bo'lgandan so'ng mahkumlar bir oylik muddat ichida jazoni ijro
etuvchi muassasa yoki organ ma'muriyati uni jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishga taqdim
etish
haqidagi masalani ko'rib chiqishi va bu haqda qaror chiqarishi lozim. Ma'muriyat mahkumni jazodan muddatidan ilgari
shartli ozod qilishga taqdim etishni rad etgan taqdirda mahkum yoki uning advokati sudga tegishli iltimosnoma bilan
murojaat qilishga haqli. Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazodan ozod qilish jamoat birlashmasi, jamoa,
mahkumning o'zi yoki uning himoyachisi iltimosnomasiga ko'ra, sud tomonidan amalga oshiriladi
2
.
Agar sud muddatidan ilgari shartli ozod qilishni rad etsa, bu haqda ajrim chiqqan kundan boshlab olti oy
o'tgandan keyin taqdimnoma takroran kiritilishi yoki iltimosnoma takroran berilishi mumkin. Agar jazoni o'tashdan
muddatidan ilgari ozod qilish to'g'risidagi taqdimnoma alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlik kasalliklaridan
majburiy davolanish qo'llanilgan mahkumlarga nisbatan
berilganda, sud mazkur ishni ko'rib chiqishda bunday
shaxslarga nisbatan tayinlangan davolash kursining o'talganligini aniqlashi zarur.
Qonunda belgilangan darajada shaxsning axloqan tuzalganligiga ishonch hosil qilgan sud qonunda
ko'rsatilmagan motivlarga ko'ra, uni jazoni o'tashdan muddatidan ilgari, masalan, sud belgilagan jazoning yengilligi,
sodir etilgan jinoyatlarning ko'pligi, jazoni o'tashda qisqa muddatda bo'lganligi va hokazolarni ro'kach qilib shartli ozod
qilishga monelik qilishga haqh emas.
Jazodan shartli ozod qilish masalasi, hukm chiqarish vaqtida amalda bo'lgan jinoyat qonuni bilan emas, balki,
ushbu masala ko'rilayotgan vaqtda amalda bo'lgan jinoyat qonuni asosida hal qilinadi. Jazodan muddatidan ilgari shartli
137
ozod qilish masalasini ko'rayotganda sud jazoning o'talmay qolgan qismini almashtirishga yoki qisqartirishga haqli
emas. Sud mahkumni ozod qilishi yoki ozod qilishni rad etishi mumkin. Zarur hollarda bu masalani kerakli ma'lumotlar
olish uchun keyinga qoldirishi ham mumkin.
Ayrim shaxslarga nisbatan ushbu jazodan ozod qilish turi qo'llanilmaydi. Jinoyat kodeksining 73-moddasi, 4-qismiga
ko'ra, ushbu shaxslar doirasiga:
l)o'lim jazosi avf etish tariqasida ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan almashtirilgan shaxslar;
2) o'ta
xavfli retsidivistlar;
3) uyushgan guruh va jinoiy uyushmaning tashkilotchi va qatnashuvchilari;
4) javobgarlikni og'irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o'ldirish, o'n to'rt yoshga to'lmaganligi aybdorga ayon
bo'lgan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zo'rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g'ayritabiiy usulda
qondirish, O'zbekiston Respublikasi tinchligi va xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etish, jinoiy uyushma tashkil etish,
yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa xildagi ommaviy qirg'in qurollarini, shunday qirg'in qurollarni ishlab chiqarish
uchun foydalanish mumkinligi ayon bo'lgan materiallar va uskunalarni, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop
moddalarni kontrabanda qilish, shuningdek, giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarni ko'p miqdorda
g'ayriqonuniy ravishda sotish uchun jazoga hukm
qilingan shaxslarga;
5) jazoni o'tash tartibini ashaddiy buzuvchi mahkumlar kiradi.
Jinoyat kodeksining 73-moddasida jazoni o'tashdan muddatidan awal shartli ozod qilish faqat asosiy jazolarga
nisbatan qo'llanishi mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Kodeksda qo'shimcha jazodan ham muddatidan ilgari ozod
qilish mumkinligi haqida hech qanday fikr berilmagan.
Shaxsning o'talmagan muddat davomida qasddan yangi jinoyat sodir etmasligi uning jazodan uzil-kesil ozod
bo'lishining sharti ekanligi munosabati bilan mazkur jazoning o'talmay qolgan muddati shaxs uchun sinov muddati, deb
topiladi. Sinov muddatining hisobi tayinlangan jazoning xususiyatlariga bog'liq ravishda amalga oshiriladi. Demak, agar
shaxsga asosiy jazo tayinlangan bo'lsa-yu, unga jazoni o'tash muddatidan ilgari shartli ozod qilish qoilanilganda, sinov
muddati jazoning o'talmay qolgan qismiga teng bo'lishi kerak. Agar asosiy jazo bilan birga qo'shimcha jazoga ham
mahkum etilgan bo'lsa, u holda sinov muddati ikki xil usulda hisoblanishi mumkin. Birinchisi, o'talmay qolgan asosiy
jazo qismi qo'shimcha jazo muddatidan ko'proq bo'lganda qo'llaniladi. Sinov muddati asosiy jazoning o'talmay qolgan
qismi muddatiga teng bo'ladi. Ikkinchisi, qo'shimcha jazo o'talmay qolgan asosiy jazo qismidan ko'proq bo'lgan hollarda
qo'llaniladi. Bunday holatlarda sinov muddatini hisoblash uchun uning qo'shimcha jazo muddatiga
tengligidan kelib
chiqish kerak. Sinov muddatining davom etishi jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish to'g'risida qaror
chiqqan kundan boshlab hisoblanadi.
Agar shartli ravishda ozod qilingan shaxs jazoning o'talmay qolgan qismi davomida qasddan yangi jinoyat sodir
etsa, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 60-moddasiga muvofiq, bir necha hukmlar yuzasidan jazo tayinlanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, muddatidan ilgari shartli ozod qilishning quyidagi xususiyatlari mavjud:
• shaxsga erkinlikdagi turmush tarziga moslashishga va tiklanib olishi uchun imkon beradi;
• uning ustidan nazoratni amalga oshirishni ta'minlaydi va qayta jinoyat sodir etish ehtimolini kamaytiradi;
• shaxsning ijtimoiy xavfsizligini hisobga olgan holda unga imkoniyatlar va imtiyozlar beradi;
• ozodlikdan mahrum qilish joyidagi bosim darajasini kamaytiradi.