132
1) uch yildan ortiq bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq
bo'lmagan jazoga hukm qilinganda — uch yil;
2) besh yildan ortiq bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — besh yil;
3) o'n yildan ortiq bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — o'n yil;
4) o'n yildan ortiq bo'lgan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda - o'n besh yil ichida jazo ijro
etmagan bo'lsa, mahkum asosiy va qo'shimcha jazolardan ozod qilinadi.
Bundan
tashqari, Jinoyat kodeksida umumiy muddat ham belgilangan bo'lib, agar jazo tayinlangan kundan
boshlab yigirma besh yil o'tgan bo'lsa, jazoni ijro etish mumkin emas. Bu muddatning o'tishi
sud hukmi qonuniy kuchga
kirgan kundan boshlab hisoblanadi.
Muddat o'tishining quyidagi shartlari mavjud:
■
l) sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi;
2) shaxsning jazoni o'tashdan bo'yin tovlamaganligi;
3) bu muddat davomida qasddan yangi jinoyat sodir etmaganligi.
Agar mahkum jazoni o'tashdan bo'yin tovlasa, jazoni ijro etish muddati ikki baravar ko'payadi va jazoni
o'tashdan bo'yin tovlangan kundan
boshlab hisoblanadi, lekin yigirma besh yildan oshmasligi lozim. Shaxs muddat
o'tmasdan, yangi jinoyat sodir etsa, muddat uziladi va yangi jinoyat sodir etgan kundan boshlab hisoblanadi.
O'lim jazosiga mahkum qilingan shaxsni jazodan ozod qilish masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud
javobgarlikka tortish muddati o'tishi lozim, deb topmasa, o'lim jazosi o'rniga ozodlikdan mahrum
qilish jazosi
tayinlaydi.
Agar shaxs Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida nazarda tutilgan tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi
jinoyatlarni sodir etgan bo'lsa: urushni targ'ib qilish (150-modda); agressiya (151-mod-da); urushning qonun va
udumlarini buzish (152-modda); genotsid (153-modda), yollanish (154-modda); terrorizm (155-modda); milliy, irqiy
yoki diniy adovat qo'zg'atish (156-modda) jazodan ozod qilish muddati qo'llanilmaydi.