Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo'qotganlgi




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

 
17.3. Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo'qotganlgi 
 munosabati bilan jazodan ozod qilish
Jinoyat huquqida sharoitning o'zgarishi yoki jinoyat sodir etgan shaxs ijtimoiy xavfliligini yo'qotsa, jazoning 
maxsus va umumiy ogohlantirish vazifalari nuqtayi nazaridan unga nisbatan jazo qo'llanishi maqsadga muvofiq emas. 
Bunday holatda jinoyat sodir etgan shaxsni jinoyat-huquqiy ta'sir chorasi vositasida qayta tarbiyalash zaruriyati 
qolmaydi. 
Jinoyat kodeksining 70-moddasiga ko'ra, jinoyat sodir etgan shaxsning ishi sudda ko'rilayotgan vaqtgacha 
sharoit o'zgarsa yoki namunali xulqi, mehnatga, o'qishga halol munosabati bilan o'zini ko'rsatib, ijtimoiy xavfliligini 
yo'qotgan, deb e'tirof etilsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin. 
Jazodan ozod qilishning ushbu turi ikkita o'ziga xos belgiga ega: 
1) sharoitning, ya'ni vaziyatning o'zgarishi; 2)shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo'qotganligi. 
Sharoitning o'zgarishi jinoyat sodir etilgan vaqtida mavjud bo'lgan sharoitning keyinchalik o'zgarishidan iborat. Bunday 
sharoitlar deganda, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy xususiyatdagi va jinoyat sodir etish vaqti, joyi bilan bog'liq bo'lgan 
o'zgarishlar tushuniladi. Bu o'zgarishlar obyektiv xususiyatga ega bo'lganligi sababli, aybdorning xohishiga bog'liq 
bo'lmaydi. Bunda obyektiv voqeiylikning o'zgarishi bois sodir etilgan jinoyatning yangi ijtimoiy sharoitlarda o'zining 
ijtimoiy xavfliligini yo'qotganligi tushuniladi. Odatda, obyektiv ijtimoiy shart-sharoitlarning o'zgarishi, nafaqat, 
qilmishning balki shu turdagi o'xshash qilmish-larning ham ijtimoiy xavfliligi o'zgarishiga olib keladi. Bunday 
sharoitning o'zgarishi aybdorning xohish irodasidan tashqarida sodir bo'lib, jamiyatning barcha fuqarolariga yoxud 
muayyan viloyat, tuman yoki hokazolarning aholisiga yoki muassasa yoxud birlashmalarning xodimi va ishchilariga 
taalluqli bo'ladi. 
Shaxsni ijtimoiy xavfli emas deb topish uning namunali xulqi va mehnatga yoki o'qishga halol munosabatda bo'lishi 
bilan bog'liqdir. 
Shaxsning namunali xulqi uni ijtimoiy turmush qoidalariga to'liq rioya qilishi, huquq-tartibotni 
mustahkamlashga faol yordam berishi, jamiyatda o'rnatilgan tartib qoidalarini buzmaslgi, spirtli ichimliklar iste'mol 
qilmaslgi, jinoyat tufayli yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda qoplashi va boshqa holatlarda ifodalanadi. 
Mehnatga halol munosabatda bo'lishi deganda, shaxsning halol mehnat qilishi, ichki tartib qoidalarni o'z vaqtida 
bajarishi, mehnatni muhofaza qilish normalarini buzmasligi, ijtimoiy foydali harakatlarni amalga oshirishi, mehnat 
intizomiga rioya etishi tushuniladi. Agar ilgari jinoyat sodir etgan shaxs axloqan tuzalgan bo'lsa-yu, lekin mehnat 
qilmasdan tekinxo'rlik bilan kun kechirib kelgan bo'lsa, uni ijtimoiy xavfli emas, deb hisoblash uchun asos bo'lmaydi. 
O'qishga halol munosabatda bo'lish belgilangan o'quv soatlarini to'liq o'zlashtirish, belgilangan tartibga rioya 
qilish, namunali xulqli bo'lish va o'quv hamda amaliy faoliyatni amalga oshirishga qaror qilganlikda ifodalanadi. 
Shaxsning jinoyat sodir etganidan keyingi xulqi uning huquq normalaridagi va jamiyatdagi umume'tirof etilgan 
qoidalarning barcha ko'rsatkichlarga rioya qilishidan iboratdir. Buni aniqlash uchun muayyan vaqt talab etiladi. 


133 
Shaxsning mehnatga va o'qishga halol munosabatini uning asosiy ish joyida va o'qishdagi unga yuklatilgan vazifalarni 
aniq, halol va samarali bajarishini tushunish lozim. 
Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyati yo'qolganligiga ko'ra, jazodan ozod qilish uchun jinoyat sodir etilgandan 
so'ng muayyan vaqtning o'tishi, shaxsning mehnatga va o'qishga halol munosabatda bo'lishi va namunali xulqi asos 
hisoblanadi. Bu holatda, nafaqat, shaxsning ijtimoiy foydali mehnatda ishtiroki va xavflilik xususiyatini yo'qotganligi, 
balki uning o'z fuqarolik burchlariga halol munosabatda bo'lishi, jinoyat sodir etganiga pushaymonligi, jinoyat 
oqibatlarini bartaraf etishga harakat qilganligi ham e'tiborga olinadi. 
Bu asosga ko'ra jazodan ozod qilish xuddi shu asosga ko'ra jinoiy javobgarlikdan ozod qilishdan farqli o'laroq, 
har qanday jinoyat sodir etilganida qo'llanishi mumkin. Shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo'qotganligi tufayli jazodan 
ozod qilish faqat sudning jazo tayinlamasdan chiqarilgan ayblov hukmi asosida amalga oshiriladi. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo'qotganlgi

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish