144
yengilroq jazo turi jazolarni qo'shib hisoblash qoidalariga muvofiq og'irroq jazo turiga ko'chirilishi kerak (Jinoyat
kodeksining 61-moddasi).
Agar ozodlikdan mahrum etish Jinoyat kodeksining 74-mod-dasidagi asos bo'yicha axloq tuzatish ishlari bilan
almashtirilgan bo'lsa, ozodlikdan mahrum qilishning amalda o'talgan muddati va axloq tuzatish ishlarining o'talgan
muddati qo'shiladi. Natijada, sudlanganlikning tugallanish jazoning ozodlikdan mahrum etish turidagi jazo muddatidan
kelib chiqib, ya'ni turli jazolarning amalda o'talgan muddatlarini qo'shish natijalariga ko'ra hisoblanadi.
Jazoga mahkum etilgan shaxs jarima to'lashdan (Jinoyat kodeksining 44-moddasi) yoki axloq tuzatish ishlaridan
bo'yin tovlaganda (Jinoyat kodeksining 46-moddasi) mazkur jazo turlari qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko'ra,
boshqa jazolar bilan almashtirilishi lozim. Ayni vaqtda, sudlanganlikning tugallanishi yoki sudlanganlikni olib
tashlanishi uchun sud hukmi bilan belgilangan jazoni amalda o'talganligi asos bo'ladi. Agar shaxs amalda ikki turdagi
jazoni o'tagan bo'lsa, u holda sudlanganlikning tugallanishi yoki olib tashlanishi uchun sud hukmi bilan tayinlangan jazo
hisobga olinadi. Masalan, shaxs axloq tuzatish ishlariga hukm etilgan bo'lib, keyinchalik jazo Jinoyat kodeksining 46-
moddasi, 4-qismida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan almashtirilgan bo'lsa,
sudlanganlik muddatining tugallanishi yoki sudlanganlikni olib tashlash axloq tuzatish ishlar shaklidagi jazodan kelib
chiqib hisoblanadi va ozodlikdan mahrum etishning- amalda o'talgan muddati axloq tuzatish ishlariga ko'chiriladi.
Jinoyat kodeksining 80-moddasi, 4-qismiga ko'ra, «Agar jazoni o'tab chiqqan shaxs sudlanganlik holatining
muddati tugamay yana jinoyat sodir etsa, sudlanganlik holatini tugatuvchi muddatning o'tishi to'xtatiladi».
Shunday qilib, shaxs sudlanganlikning tugashi uchun qonunda belgilangan muddat davomida (Jinoyat
kodeksining 78-moddasiga ko'ra) yangidan jinoyat sodir etmasligi kerak. Agar shaxs sudlanganlik muddati davomida
yangidan jinoyat sodir etsa, u holda, bu muddatni oxirgi jinoyati uchun asosiy va qo'shimcha jazoning aniq o'talgan
vaqtidan boshlab hisoblash zarur.
Shaxsning barcha sodir etgan jinoyatlari uchun uning og'irroq turi bo'yicha sudlanganlik muddati o'tmagunga
qadar shaxs sudlangan, deb hisoblanadi.