155
1) o'zlariga nisbatan inson qadr-qimmati kamsitilishini istisno etadigan muruwatli va insoniy muomala qilinishini;
2) o'z huquqlari haqida, shuningdek, ruhiy xastaliklari xusu-siyati hamda qo'llanilayotgan davolash usullari haqida
o'zlari uchun tushunarli shaklda va o'z ruhiy holatlarini hisobga olgan holda ma'lumot olish;
3) tibbiy zaruratga ko'ra, davolashning barcha turlaridan foydalanish;
4) sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda psixiatriya yordami ko'rsatilishi;
5) tibbiy vositalar va usullarni sinash, ilmiy tadqiqotlar va o'quv jarayoni obyekti tariqasida foydalanishga, foto, video
yoki kinosuratga olinishiga oldindan rozilik berish va istalgan bosqichda undan voz kechish;
6) o'zlarining talablariga binoan psixiatriya yordami ko'rsatishda ishtirok etayotgan istalgan mutaxassisni, ushbu
qonun bilan tartibga solinadigan masalalar yuzasidan tibbiy komissiyada ishlash uchun
taklif etish;
7) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda advokat, qonuniy vakil yoki boshqa shaxsning yordamini olish huquqiga
egadirlar.
Tibbiy yo'sindagi majburlov choralari quyidagi maqsadlarni ko'zlaydi:
1) ruhiy kasallikka chalingan shaxslar tomonidan yangi ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishining oldini olish;
2) ruhiy kasallikka chalinganlarni davolash yoki ularning ruhiy holatini yaxshilash;
3) alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo'liqqan shaxslarga nisbatan davolash va jazolashning maqsadiga
erishishga ko'maklashuvchi sharoitni yaratish.
Bu maqsadlarni belgilash shaxsning ruhiy holati ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishiga olib kelgan omil
ekanligini va uning ijtimoiy xavfliligidan guvohlik berishi, unga nisbatan tibbiy yo'sindagi davolash chorasini
qo'llashning zarurligi va davolash vaqtida va undan so'ng bemorning boshqa ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishining
oldini olishga qaratilgan. Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka chalingan shaxslarga nisbatan qo'llaniladigan
tibbiy yo'sindagi majburlov choralarining maqsadi sifatida qonunda mazkur bemorni davolash qayd etilgan. Jinoyat
sodir etgan mazkur toifadagi shaxslarni davolashni amalga oshirish ayni vaqtda belgilangan maqsadlarga erishishning
zaruriy shartlari hisoblanadi. Davolashni amalga oshirish mah-kumlarning aqliy, irodaviy faoliyatiga ta'sir etuvchi
spirtli ichim-liklar, psixotrop moddalari va giyohvandlik vositalariga qaram-ligini bartaraf etishdan iborat.
Jinoyat kodeksida belgilangan maqsadlardan tashqari tibbiy yo'sindagi majburlov choralari ruhiy kasallarning
huquq va qonuniy manfaatlarim himoya qilish maqsadini ham ko'zlaydi. Bizning fikrimizcha, ushbu maqsadning
Jinoyat kodeksida ifodalanishining asosiy sababi, hozirgi vaqtda ruhiy kasallikka chalinganlarning qonuniy manfaatlari
buzilayotganligidadir.