153
2) og'ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida to'rtdan bir qismi;
3) o'ta og'ir jinoyat uchun, shuningdek, qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etgan
jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tayinlangan jazo muddatning kamida uchdan bir qismini o'tab
bo'lganidan keyin qo'llanishi mumkin.
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning o'talmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda,
axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish jazosining o'talmagan qismi muddatiga tayinlanadi. Jazo yengilrog'i
bilan almashtirilganda shaxs jazoning o'talmagan qismi mobaynida yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan bir necha
hukm yuzasidan jazo tayinlaydi va 86-moddada belgilangan jazo tayinlash qoidalariga amal qilinadi.