18.3. Majburlov choralari qo'I lagan holda javobgarlikdan
yoki jazodan ozod qilish
Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo'llanadigan jazoning asosiy maqsadi va vazifasi mahkumni tuzatish qayta
tarbiyalash hamda jinoyatchilikning umumiy va maxsus oldini olishdan iboratdir. Voyaga yetmaganlarni jinoiy
javobgarlikdan va jazodan ozod qilish ham yuqoridagi maqsadni ko'zlaydi.
Voyaga yetmaganlar:
l) faqat voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan; 2)ijtimoiy xavf katta bo'lmagan jinoyat birinchi marta sodir etilganida;
3) sodir etilgan qilmishning xususiyati, aybdorning shaxsi va boshqa holatlarni hisobga olib, aybdorni jazo qo'llamay
ham tuzatish mumkin, deb topilganida;
4) ishni voyaga yetmaganlar bilan shug'ullanuvchi komissiyaga topshirish yo'li bilan javobgarlikdan ozod qilinadi.
Faqat ushbu holatlarning barchasi mavjud bo'lgan holda voyaga yetmagan shaxs Jinoyat kodeksining 87-
moddasi, 1-qismiga ko'ra, javobgarlikdan ozod qilish mumkin. Shaxsni javobgarlikdan ozod qilishda uning 18 yoshga
to'lmaganligini aniqlash bilan birga, hukm chiqarish vaqtida yoshi ham aniqlanishi lozim. Agar hukm chiqarish vaqtiga
kelib 18 yoshga to'lgan bo'lsa, uni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish masalasi Jinoyat kodeksining 64—68-moddalariga
asosan hal qilinishi kerak.
Jinoyatchini boshqa vosita bilan tuzatish mumkin, deb topilsa, uni jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish,
shuningdek, tayinlangan jazoning ma'lum bir qismini o'tagandan so'ng jazo muddati tugamasdanoq mahkumni jazodan
ozod qilish mumkin. Voyaga yetmaganlarni javobgarlik va jazodan ozod qilishning ikki (umumiy va maxsus) turi
mavjud:
Voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilishning umumiy turi Jinoyat kodeksining XII va
XIII boblarida belgilangan. Jinoyat kodeksi XII bobida javobgarlikdan ozod qilishning turlari belgilangan bo'lib, ular
quyidagilar: javobgarlikka tortish muddatining o'tib ketganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (Jinoyat
kodeksining 64-moddasi); qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo'qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod
qilish (Jinoyat kodeksining 65-moddasi); aybdor o'z qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lganligi munosabati bilan
javobgarlikdan ozod qilish (Jinoyat kodeksining 66-moddasi); yarashilganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod
qilish (Jinoyat kodeksining 66
1
-moddasi); kasalligi tufayli javobgarlikdan ozod qilish (Jinoyat kodeksining 67-
moddasi); amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish (Jinoyat kodeksining 68-moddasi).
Jazodan ozod qilishning esa, quyidagi umumiy turlari mavjud: jazoning ijro etish muddatining o'tib ketganligi
munosabati bilan jazodan ozod qilish (Jinoyat kodeksining 69-moddasi); shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini
yo'qotish munosabati bilan uni jazodan ozod qilish (Jinoyat kodeksining 70-moddasi); aybdorni chin ko'ngildan
pushaymon bo'lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish (Jinoyat kodeksining 71-moddasi); shartli hukm qilish
(Jinoyat kodeksining 72-moddasi); kasalligi yoki mehnatga qobiliyatini yo'qotishi oqibatida jazodan ozod qilish (Jinoyat
kodeksining 75-moddasi); amnistiya akti yoki avf etish asosida jazodan ozod qilish (Jinoyat kodeksining 76-moddasi).
Voyaga yetmagan shaxsni javobgarlik va jazodan ozod qilishning quyidagi maxsus turlari mavjud:
1) voyaga yetmaganlarning ishlarini voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug'ullanuvchi komissiyaga topshirish orqali
jazodan ozod qilish;
2) majburlov chorasini qo'llash orqali jazodan ozod qilish.
Voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish orqali faqat ishni voyaga yetmaganlar ishlari bilan
shug'ullanuvchi komissiyaga topshirish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunday qarorga kelish uchun Jinoyat
kodeksining 87-moddasi, 1-qismida ko'rsatilgan shartlar:
l) jinoyat sodir etish vaqtida shaxsning 18 yoshga to'lmaganligi;
2) ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan bo'lishi;
3) sodir etilgan qilmishning xususiyatlari, aybdorning shaxsi va ishning boshqa holatlari mavjud bo'lishi lozim.
Yuqorida ko'rsatilgan uch shartning hammasi bir vaqtning o'zida mavjud bo'lganida voyaga yetmagan shaxs
javobgarlikdan ozod qilinadi.
Voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug'ullanuvchi komissiyalari zimmasiga:
• 14 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan davrda ular uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilmagan, jamiyat uchun xavfli
xatti-harakatlar sodir etgan;
• 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan davrda jinoyat alomatlari bo'lgan xatti-harakatlar sodir etib, ularga nisbatan jinoiy
ish qo'zg'atish rad qilingan yoki jinoiy ish to'xtatilgan;
• 16 yoshgacha bo'lgan davrda yo'l harakati qoidalarini buzgan;
• jamiyatga qarshi boshqa xatti-harakatlar sodir etgan;
• umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi ta'lim muas-sasalarida (umumiy ta'lim maktablari, akademik litseylar
va kasb-hunar kollejlarida) o'qishdan bosh tortgan;
• jamiyat uchun katta xavf bo'lmagan jinoyat sodir etganida tergovchi yoki prokurorning qarori yoxud sud ajrimi
asosida javobgarlikdan ozod qilingan.
149
O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksida nazarda tutilgan tartibda ma'muriy
huquqbuzarlik sodir etgan voyaga yetmagan shaxslar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish vazifasi yuklanadi. 14 yoshga
to'lmasdan turib, jamiyat uchun xavfli xatti-harakatlar sodir etgan, 13 yoshga to'lgandan keyin og'irlashtiruvchi
holatlarda qasddan odam o'ldirgan voyaga yetmaganlar bundan mustasno.
Voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug'ullanuvchi komissiya voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan quyidagi ta'sir
ko'rsatish choralarini qo'llashi mumkin:
1) voyaga yetmaganga jabrlanuvchidan uzr so'rash majburiyatini yuklash to'g'risida tuman (shahar) sudiga
taqdimnoma kiritishi;
2) ogohlantirib qo'yishi;
3) 15 yoshga to'lgan voyaga yetmagan shaxs zimmasiga, agar u mustaqil ish haqiga ega bo'lsa va zarar miqdori
belgilangan eng kam oylik ish haqidan ortiq bo'lmasa, moddiy zararning o'rnini qoplash yoki uni bartaraf etish
majburiyatini yuklashi yoki belgilangan eng kam oylik ish haqidan ortiq bo'lmagan moddiy zararni o'z mehnati bilan
qoplash majburiyatini yuklashi;
4) 16 yoshga to'lgan va mustaqil ish haqiga ega bo'lgan voyaga yetmagan shaxsga Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi
kodeksda, Qoraqalpog'iston Respublikasining davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy organlari chiqargan hujjatlarda,
viloyatlar va Toshkent shahar davlat boshqaruvi organlari qarorlarida ko'zda tutilgan hollarda va miqdorlarda jarima
solishi;
5)voyaga yetmagan shaxsni o'z ota-onasi yoki ular o'rnini bosuvchi shaxslar yoxud jamoat tarbiyachilari nazoratiga,
shuningdek, ularning roziligi bilan mehnat jamoasi yoki jamoat tashkiloti kuzatuviga topshirishi;
6) voyaga yetmagan shaxs jamiyat uchun xavfli xatti-harakatlar qilgan yoki ijtimoiy axloq qoidalarini qasddan va
muntazam ravishda buzib kelgan taqdirda komissiya ichki ishlar organlari bilan birgalikda voyaga yetmaganni maxsus
o'quv-tarbiya muassasasiga yuborish masalasini ko'rib chiqishni suddan iltimos qiladi. 11 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan
voyaga yetmagan shaxs maxsus maktab-internatga yuborilishi, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan voyaga yetmagan
shaxs esa, maxsus kasb-hunar kollejiga yuborilishi mumkin.
Har bir aniq holat bo'yicha qabul qilingan ta'sir choralari to'g'risida komissiyalar voyaga yetmaganning yashash,
o'qish yoki ish joyi bo'yicha huquqni buzishlarning oldini olish bo'linmalari tomonidan voyaga yetmaganlarning oldini
olish ishlarini ta'minlash uchun ichki ishlar organlarining tegishli hududiy organlarini xabar-dor qilishga majburdir.
Ta'sir ko'rsatish choralari qo'llanilayotganida tuman (shahar) komissiyasi huquqbuzarlik holatining xususiyatini va
sabablarini, voyaga yetmagan shaxsning yoshini va uning hayot tarzi, oilaviy sharoitlarini, uning huquqbuzarlik qilishda
qay darajada ishtirok etganligini, shuningdek, uning turmushdagi, maktabdagi va ishdagi xulq-atvorini, albatta, hisobga
olishi lozim.
Komissiyaning voyaga yetmaganlar shaxsini ogohlantirish to'g'risidagi qarori bir yil mobaynida amal qiladi.
Basharti, ta'sir ko'rsatish chorasi qo'llanilgan voyaga yetmagan shaxs ana shu muddat ichida yangi huquqbuzarlik sodir
etmasa, ta'sir ko'rsatish chorasi tugallangan, deb hisoblanadi. Ta'sir ko'rsatish chorasini qo'llagan komissiya o'z qaroriga
binoan, basharti, ana shunday ta'sir ko'rsatish chorasi qo'llanilgan voyaga yetmagan shaxs namu-nali axloqi bilan
o'zining tuzalganligini ko'rsatgan taqdirda, jazoni bir yil o'tmasdan ham olib tashlashi mumkin.
Komissiyaning voyaga yetmagan shaxsni o'z ota-onasi, ular o'rnini bosuvchi shaxslar yoki jamoat tarbiyachilari
nazoratiga yoxud mehnat jamoasi, jamoat tashkiloti kuzatuviga topshirish to'g'risidagi qarorining amal qilish muddati,
basharti, voyaga yetmagan shaxs o'zining namimali axloqi va ishga hamda o'qishga bo'lgan halol munosabati bilan
o'zining tuzalganligini isbot etsa, mazkur shaxslar yoki tashkilotlar iltimosiga binoan istalgan vaqtda bekor etilishi
mumkin.
Tanlab olingan tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish chorasi voyaga yetmagan shaxsga ta'sir qilmagan taqdirda, komissiya
bunday voyaga yetmagan shaxsga nisbatan yuqorida sanab o'tilgan ta'sir ko'rsatish choralaridan qattiqrog'ini qo'llashga
haqlidir.
Tuman (shahar) komissiyasining jarima solish to'g'risidagi qarori jarima solingan shaxs tomonidan shu qaror
topshirilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida to'lanishi lozim, bunday qaror ustidan shikoyat yoki protest berilgan
taqdirda esa, mazkur shikoyat yoki protest qondirilmaganligi haqida ma'lumotnoma olingan kundan boshlab 15 kundan
kechiktirmay to'lanadi.
16 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan shaxslar mustaqil ish haqiga ega bo'lmasa, jarima ularning ota-onalaridan
yoki ular o'rnini bosuvchi shaxslardan undirib olinadi. Komissiyaning qarori bilan solingan jarima «Xalq banki»
muassasasi orqali to'lanadi.
Jarima muddatida to'lanmagan taqdirda, komissiyaning jarima solish to'g'risidagi qarori jarima summasini
fuqarolik-protsessual qonunchilik bilan belgilangan qoidalarga muvofiq, shunday jarima solingan shaxsning ish haqidan
yoki boshqa maoshidan, nafaqa yoki stipendiyasidan majburiy tartibda ushlab qolish uchun yuboriladi.
Basharti, jarima solingan shaxs ishlamayotgan bo'lsa yoki solingan jarimani boshqa sabablarga ko'ra, uning ish
haqidan yoki boshqa maoshidan, nafaqa yoki stipendiyasidan undirib olishning iloji bo'lmasa, jarima komissiyaning
qarori asosida undiruvni huquqbuzarning shaxsiy mol-mulkiga, shuningdek, umumiy mulkdagi uning ulushiga qaratish
yo'li bilan tuman (shahar) sudi sud ijrochisi tomonidan undirib olinadi.
150
Voyaga yetmagan shaxslar maxsus maktab-internatlarda 15 yoshga yetguncha saqlanadilar, maxsus kasb-hunar
kollejlarida esa, 18 yoshga yetgunga qadar saqlanadilar. Favqulodda hollarda bunday o'quvchilarni maxsus maktab-
internatlarda saqlash muddati ular 16 yoshga yetgunlariga qadar uzaytirilishi mumkin. Voyaga yetmagan shaxslar
maxsus o'quv-tarbiya muassasalarida to axloqan tuzalganlariga qadar saqlanadilar, lekin bu muddat uch yildan ko'p
bo'lmasligi kerak.
Maxsus o'quv-tarbiya muassasalari joylashgan yerdagi tuman (shahar) komissiyasi o'quvchiga ko'rsatib o'tilgan
muassasalarda joriy o'qish yilida o'rta umumiy ta'lim maktabi yoki kasb-hunar kollejining tegishli sinfini tugallaguncha
uch yildan ko'proq muddatga qolishga ham ruxsat berishi mumkin.
Maxsus maktablarning 15 yoshga to'lgan, ammo axloqan tuzalmagan o'quvchilari shu maktablar joylashgan
yerdagi tuman (shahar) komissiyasi tomonidan maxsus kasb-hunar kollejlariga yuborilishi mumkin.
Voyaga yetmagan shaxslarning bundan keyin maxsus o'quv-tarbiya muassasalarida bo'lishlarining maqsadga
muvofiq yoki nomuvofiqligi masalasi vaqt-vaqti bilan, lekin yiliga kamida bir marta shu muassasalar joylashgan
yerdagi tuman (shahar) komissiyalari tomonidan mazkur komissiyalarning o'z tashabbusi bilan, ana shu muassasalar
ma'muriyatining taqdimnomasi yoki voyaga yetmaganlarning ota-onalari yoki ular o'rnini bosuvchi shaxslar iltimosiga
binoan ko'rib chiqiladi.
Voyaga yetmagan shaxslar uchun belgilangan maxsus o'quv-tarbiya muassasalariga kar-soqovlar, ko'rlar, ruhiy
kasallar, aqli zaif bo'lgan voyaga yetmaganlar, shuningdek, maxsus o'quv-tarbiya muassasalariga qabul qilish uchun
tibbiyot nuqtayi nazaridan to'g'ri kelmaydigan belgilar qo'yilgan ro'yxatda ko'rsatilgan jismoniy kamchiligi va
kasalliklari bo'lgan bolalar hamda o'smirlarning yuborilishi mumkin emas.
Voyaga yetmagan shaxsning maxsus o'quv-tarbiya muassasasida bo'lishi pedagoglar kengashining shu muassasa
rahbari tomonidan tasdiqlangan qarori asosida mazkur muassasa joylashgan yerdagi tuman (shahar) komissiyasining
qarori bilan bekor qilinadi va bu haqida voyaga yetmagan shaxs shu muassasadan chiqqunga qadar ko'pi bilan bir oy
ichida, uning yashab turgan joyidagi komissiyaga xabar beriladi. Bu komissiya voyaga yetmagan shaxsni ishga
joylashtirish yoki o'quv yurtiga yuborish hamda unga zarur moddiy-maishiy sharoitlar yaratib berish yuzasidan tegishli
chora-tadbir-larni ko'rishi shart.
Basharti, voyaga yetmagan shaxsni tarbiyalash maqsadida «Mehribonlik» uyiga yoki maktab-internatga
yuborilgan bo'lsa, bu holda uni «Mehribonlik» uyidan yoki maktab-internatdan chiqarish to'g'risidagi qaror shu
«Mehribonlik» uyi yoki maktab-internat joylashgan yerdagi komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Agarda, tarbiyalanuvchi maxsus o'quv-tarbiya muassasasi, «Mehribonlik» uyidan chiqarilganidan keyin, uning
ota-onasi yoki ular o'rnini bosuvchi shaxslar qonunda belgilangan tartibda ota-onalik yoki vasiylik huquqidan mahram
etilganliklari tufayli ular huzuriga yuborilishi mumkin bo'lmasa, shuningdek, tarbiyala-nuvchining awalgi istiqomat
joyiga kelishi bir qancha sabablarga ko'ra (ota-onasi yoki ular o'rnini bosuvchi shaxslar yo'qligi, turmushi va mehnat
qilishi hamda bundan keyin tarbiyalanishi uchun qulay sharoitlar yo'qligi sababli) mumkin bo'lmasa, shu muassasalar
joylashgan yerdagi tuman (shahar) komissiyasi voyaga yetmagan mazkur shaxsning maishiy sharoitini yaxshilash, uni
o'qish yoki ishga joylashtirish choralarini ko'radi. Zarur hollarda tuman (shahar) komissiyasi voyaga yetmagan shaxs
ustidan vasiy, homiy tayinlash to'g'risidagi taqdimnoma bilan tegishli tuman (shahar) hokimligiga murojaat qilishga
haqlidir.
Ana shu masalalarni hal qilish chog'ida ushbu bandda ko'rsatilgan muassasalar joylashgan yerdagi tuman
(shahar) komissiyasi voyaga yetmagan shaxs ilgari yashab kelgan joydagi yoki uning ota-onasi yoki ular o'rnini
bosuvchi shaxslar turgan joydagi komissiyaning tegishli xulosasiga ega bo'lishi lozim.
Tarbiya koloniyasidan ozod bo'lib qaytgan voyaga yetmagan shaxs istiqomat qilayotgan joydagi komissiya
mazkur shaxs 18 yoshga yetgunga qadar uni ishga yoki o'qishga joylashtirish choralarini ko'radi va uning axloqini
nazorat qilib boradi.
Ozod bo'lgan voyaga yetmagan shaxsning o'z ota-onasi yoki ular o'rnini bosuvchi shaxslar huzuriga qaytishiga
ularning yo'qligi yoxud ota-onalik huquqidan yo vasiylik huquqidan mahrum etilganligi munosabati bilan imkon
bo'lmasa, ozod bo'lgan ana shu voyaga yetmagan shaxsning ilgari yashab kelgan joyidagi komissiya koloniya
ma'muriyatining taqdimi bilan uni ixtisosiga muvofiq keladigan ishga yoki o'qishga joylashtirish, shuningdek, unga
tegishli uy-joy bilan ta'minlash va maishiy sharoitlar yaratib berish choralarini ko'radi.
Tarbiya koloniyasidan ozod bo'lgan voyaga yetmagan shaxsni tarbiyasi nuqtayi nazaridan ilgarigi istiqomat
joyiga yuborish maqsadga muvofiq emas, deb topilgan favqulodda hollarda uni ishga joylashtirish koloniya
ma'muriyatining taqdimi bilan shu tarbiya koloniyasi joylashgan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya koloniyadan ozod bo'lgan voyaga yetmagan shaxsni u yordam so'rab murojaat qilgan kundan
boshlab 10 kun muddatdan kechiktirmay ishga yoki o'qishga joylashtirish masalasini hal qilishi shart.
Majburlov choralarini qo'llagan holda jinoiy jazodan ozod qilish faqat sud tomonidan amalga oshiriladi.
Majburlov chorasini qo'llash uchun quyidagi shartlar mavjud bo'lishi kerak:
l) jinoyat sodir etish vaqtida shaxsning 18 yoshga to'lmaganligi;
2) uncha og'ir bo'lmagan jinoyatni birinchi marta yoki ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatni takroran sodir etgan
bo'lsa;
3) shaxsni jazo chorasini qo'llamasdan turib tarbiyalash mumkin bo'lsa;
151
4) o'z yoshiga nisbatan rivojlanish darajasi ancha orqada qolgan bo'lsa va o'z qilmishining xususiyatini anglab
yetmagan bo'lsa.
Sud voyaga yetmagan shaxsning aqliy rivojlanganlik darajasini aniqlash maqsadida sud-psixiatrik ekspertizasini
tayinlaydi va ekspertiza xulosasiga muvofiq, jinoiy jazodan majburlov choralarini qo'llash orqali ozod qilish masalasini
hal qiladi.
Majburlov choralarini qo'llab, jazodan ozod qilishda sud yuqoridagi shartlardan tashqari aybdorning shaxsi,
jinoyatning xususiyati (obyekti, vaqti, joyi, sharoiti, usuli, aybning shakli, jinoyatning motiv va maqsadi, yetkazilgan
zararning miqdori)ni e'tiborga olishi mumkin.
Voyaga yetmaganlarni jazodan ozod qilish ularni jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga o'xshasa-da, undan farq
qiluvchi qat'iy talab va chegaralarga ega. Voyaga yetmagan:
1) faqat sud tomonidan;
2) voyaga yetmagan shaxs tomonidan birinchi marta ijtimoiy xavfi katta yoki uncha og'ir bo'lmagan jinoyat sodir
etilgan bo'lsa;
3) tarbiyaviy xususiyatdagi majburlov chorasini qo'llash orqali jazodan ozod qilinadi.
Voyaga yetmagan shaxsni jazodan ozod qilish sud tomonidan shaxsni aydor, deb topish orqali hukmda jazo
tayinlamasdan amalga oshriladi, ammo majburlov chorasi belgilanadi.
O'z xususiyatiga ko'ra,
|