154
Tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi shaxsiy davolash maq-sadida qo'llaniladi.
Davolash deganda,
tibbiy
yo'sindagi majburlov chorasi qo'llanilgan shaxsni ijtimoiy hayotga moslashuvi, uning ruhiyatini o'zgartirish maqsadida
qo'llaniladigan ta'sir chorasi tushuniladi.
Bunday usulda davolash, shaxsning to'la tuzalishini maqsad qilib qo'ymasa-da, ammo shaxsni jamiyat uchun
xavf tug'dir-maydigan darajada ruhiy jihatdan tuzatishga qaratiladi. Shu yo'sinda tibbiy majburlov chorasi asosida
davolash metod va usullari, bu ta'sir chorasi bilan bog'liq bo'lmagan holda davolanayotgan shaxslarga nisbatan
qo'llanilayotgan choralar qo'llaniladi.
Yuqoridagi qoidaga muvofiq, tibbiy yo'sindagi majburlov choralari jazo chorasi hisoblanmaydi. Tibbiy
yo'sindagi majburlov choralari sud tomonidan tayinlanadigan davlatning majburlov chorasi bo'lib hisoblanadi. Bu
majburlov chorasi sud hukmi bilan emas, balki sud qarori bilan begilanadi. Tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi ruhiy
kasallikka chalingan shaxsning qilmishini baholovchi xususiyatga ega emas, u qayta tarbiyalash maqsadini ko'zlaydi,
ruhiy kasallikka chalingan shaxs tomonidan sodir etilishi mumkin bo'lgan ijtimoiy xavfli qilmishni oldini oladi, ularni
davolash va jamiyat manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi. Tibbiy yo'sindagi majburlov chorasining aniq bir turini
qo'llashdan oldin sud belgilangan maqsadlarning har biriga erishish mumkinligiga e'tibor qaratishi lozim. Shunday qilib,
tibbiy yo'sindagi majburlov choralari jinoiy jazo chorasidan o'z asosiga, tuzilishiga va yuridik oqibatiga ko'ra farq
qiladi.