19.2. Tibbiy yo'sindagi majburlov choralarining turlari,
ularni tayinlash, muddatini uzaytirish, o'zgartirish va bekor qilish
Jinoyat kodeksida tibbiy yo'sindagi majburlov choralari turlari va qo'llash tartibi, shuningdek, ularning
muddatini uzaytirish, o'zgartirish va bekor qilish asoslari belgilab qo'yilgan.
Jinoyat kodeksining 93-moddasida tibbiy yo'sindagi majburlov choralarining quyidagi turlari ko'rsatilgan:
a) majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo'lish va ruhiy kasallik mutaxassisida davolanish;
b) umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish;
d) umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasining sog'liqni tiklash maxsus bo'limida majburiy davolanish;
e) kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida yoki bo'linmasida majburiy davolanish.
Yuqorida ko'rsatilgan tibbiy yo'sindagi majburlov choralaridan birini tayinlash uchun sodir etilgan qilmishning
ijtimoiy xavfliligi va kasalning ruhiy holati asosiy mezon bo'lib hisoblanadi.
Tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash orqali, nafaqat, shaxsni davolash va ijtimoiy hayotga
moslashtirish, balki, tibbiyot muassasalari ulaming sog'lig'i va xulqini kuzatuvi natijasida ularni jamiyatdan ajratilishi
ta'minlanadi.
Sud tibbiy yo'sindagi qanday majburlov chorasini qo'llash masalasini hal qilishda Jinoyat kodeksida belgilangan
holatlarni e'tiborga olishi kerak.
Birinchi turdagi tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi (majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo'lish va ruhiy kasallik
mutaxassisida davolanish), Jinoyat kodeksining 94-moddasi, «a» bandiga muvofiq, ruhiy kasalligi zo'rayib
ketayotganligini ko'rsatuvchi alomatlar bo'lmagan, shuningdek, ruhiy holati vaqtincha buzilgan ruhiy bemorlarga
nisbatan, bunday kasalliklarning qaytarilmasligi va yangi ijtimoiy xavfli qilmish sodir etmasligi uchun tayinlanishi
mumkin. Odatda, majburiy ambulatoriya kuzatuvi ostida davolash aybdorning yashash joyidagi poliklinikada psixiatr
yoki psixonevrolog tomonidan amalga oshiriladi. Bunday shaxslar dispanser hisobida turib, vaqti-vaqti bilan davolash
ko'rigidan o'tkaziladi, salomatligi tiklangach, dispanser hisobidan chiqariladi.
Tibbiy yo'sindagi majburlov choralarining ikkinchi turi (umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasida
majburiy o'tkaziladigan davolanish) Jinoyat kodeksining 93-moddasi, «b» bandida ko'rsatilgan. Bu davolash turi
ijtimoiy xavfliligi ruhiy holati bilan bog'liq bo'lgan, umumiy asoslarda davolash talab etiladigan ruhiy kasallarga
nisbatan tayinlanadi. Umumiy tartibli rahiy kasalxonalarga o'z ruhiy holatlari va sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishlari
xususiyatiga ko'ra, davolanishga majbur bo'lgan shaxslar joylash-tiriladilar. Bunday ruhiy kasallarning jamiyat uchun
156
ijtimoiy xavfi katta emas. Sud ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan bunday shaxslarni doimiy shifokor nazorati ostida
davolashga va mehnatga layoqatliligiga qarab, tibbiy yo'sindagi majburlov chorasini qo'llashga majbur ekanligiga
ishonch hosil qilishi lozim.
Tibbiy yo'sindagi majburlov choralarining uchinchi turi (umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasining
sog'liqni tiklash maxsus bo'limida) Jinoyat kodeksining 93-moddasi, «v» bandiga muvofiq, ijtimoiy xavfliligi ko'proq
salomatlikni tiklovchi chora-larning ko'rilishini talab etadigan, davolash choralari esa, ixtiyoriy ravishda o'tkazilishi
mumkin bo'lmagan ruhiy kasallarga nisbatan tayinlanadi. Bunday tartibli shifoxonalarda majburiy davolash bemorning
xavflilik darajasiga ko'ra tayinlanadi, bu ularning ruhiy holati va bu holatning boshqa xavfli qilmishlarni sodir etishga
olib kelish imkoniyati bilan baholanadi. Maxsus tartibli shifoxonalarda, odatda, inson hayotiga tajovuz qilishi bilan
bog'liq bo'lmagan jinoyatni sodir etgan, rahiy holatiga ko'ra, o'zi va atrofdagilarga xavf tug'dirmaydigan shaxslar
joylashtiriladi. Biroq, bunday shaxslar majburiy tartibda doimiy davolanishga, shuningdek, doimiy ravishdagi
kuzatuvga muhtoj bo'ladilar.
Shaxsga majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo'lish va ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanish kabi choralar
qo'llanilgan bo'lsa, sud jinoyatning oldini olish maqsadida shaxsni majburiy davolash to'g'risida qaror chiqarish bilan bir
vaqtda, kasalni rahiy kasalliklar shifoxonasigajoylashtirish yoxud majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo'lish va davolash
vaqtini bekor qilish to'g'risida ajrim
chiqaradi.
Ambulatoriya kuzatuvi va davolashni amalga oshiradigan tibbiy muassasalar, umumiy tartibli ruhiy kasalliklar
shifoxonalari Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan boshqariladi va davolash tartibi Sog'liqni saqlash vazirligi
tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Tibbiy yo'sindagi majburlov choralarining to'rtinchi turi (kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasi
yoki bo'linmasida majburiy davolash) ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo'lgan yoki o'z xulqiga ko'ra umumiy tartibli
ruhiy kasalliklar shifoxonasi sharoitida davolashning imkoni bo'lmagan ruhiy kasallarga nisbatan tayinlanadi. Shunday
qihb, kuchaytirilgan tartibli tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi odamning ruhiy holati o'zi (o'zini o'zi o'ldirishga
urinish, badaniga turli darajadagi shikast yetkazish) va atrofdagilar uchun (boshqalarga tan jarohati yetkazish, odam
o'ldirish, o't qo'yish va boshqalar) xavfii bo'lgan-larga nisbatan qo'llaniladi. Bunday shaxslar odatda og'ir yoki o'ta og'ir
jinoyat sodir etgan bo'lishadi. Tibbiy yo'sindagi majburlov chorasining bu turini qo'llashda sud-psixiatrik ekspertizasi
orqali aniqlangan holatlarga asoslanadi. Kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida bemorning davolash
muassasasidan qochishi va takroran ijtimoiy xavfii qilmish sodir etishini istisno etadigan qat'iy nazorat ostida
davolanadi.
Sud o'z qarorida tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini belgilash bilan bir qatorda davolanish muddatini
ko'rsatmaydi. Bu majburlov chorasini qo'llashning davomiyligi ruhiy kasal-langanlik darajasiga, kasallikning
davomiyligiga, davolash metodi va unga nisbatan ruhiy ta'sir etishiga hamda boshqa qator holatlar bilan bog'liq bo'ladi.
Tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi muddatini uzaytirish, o'zgartirish va bekor qilish ruhiy kasalliklar
shifokorlari komis-siyasining xulosasiga asoslangan holda sud tomonidan hal qilinadi. Buning uchun kasal ahvolining
yaxshilanganligi, ya'ni uning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo'qotganligi va sog'ayganligi asos bo'ladi.
Agar shaxsni bir davolash muassasasidan boshqasiga, masalan, kuzatuvi kuchaytirilgan umumiy tartibli ruhiy
kasalliklar shifo-xonasiga o'tkazish lozim bo'lib qolsa, bu masala sud tomonidan hal qilinadi. Buning uchun kasal
sog'lig'ining o'zgarganligi, ya'ni bemorning ijtimoiy xavfliligi kamayganligi asos bo'ladi. Ba'zan buning aksi, ya'ni
kasalning ahvoli yomonlashganligi bois unda xavfii vasvasa, tajovuzkorlik holatlari paydo bo'lganida umumiy tartibdagi
shifoxonadagi boshqa kasallar, tibbiyot xodimlari va xizmatchilarning xavfsizligini ta'minlash imkoni bo'lmaganida uni
umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasidan kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga ko'chirish zarar
bo'ladi.
Ruhiy kasal ahvolining yaxshilanishi yoki yomonlashuvi bilan tibbiy yo'sindagi majburlov choralarining
muddati uzaytiriladi. Muddatini uzaytirishda shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasining pasayganligi yoki o'sganligi
hisobga olinadi. Ruhiy kasalning tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llashaga muhtoj emasligi yoki sud tibbiy
ko'rsatkichlarga muvofiq ilgari tayinlangan majburiy davolashni bekor qilinishi mumkin va kasalni uning yashash
joyidagi sog'liqni saqlash muassasalariga joylashtirish uchun yuborish yoki mazkur shaxsni nogironlar uyi yoxud
boshqa ijtimoiy ta'minot bo'limiga yuborish masalasini hal qiladi.
Tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi jazoni o'tash vaqtida ruhiy kasallikka chalingan shaxsga nisbatan
qo'llanilgan bo'lsa, tibbiy yo'sindagi majburlov choralari qo'llanilgan muddat jazo muddatiga qo'shiladi. Ammo ruhiy
shifoxonada bo'lish muddatining bir kuni sud tomonidan tayinlangan jazo muddatining qanchasiga teng-lashtirib
hisoblanishi Jinoyat kodeksida belgilab berilmagan. Bizning fikrimizcha, qamoq jazosi, ozodlikdan mahrum qilish bilan
bog'liq bo'lgan jazoning bir kuniga ruhiy shifoxonada bo'lishning bir kuni tenglashtirib hisoblansa, maqsadga muvofiq
bo'ladi.
Tibbiy yo'sindagi majburlov chorasiga tayinlangan shaxslarga nisbatan amnistiya aktining huquqiy oqibatlari
ta'sir qilmaydi, chunki tibbiy yo'sindagi majburlov choralari qo'llanilgan shaxslar ijtimoiy xavfii qilmish sodir
etganliklari uchun jinoiy javobgar-likdan ozod qilingan hisoblanadilar. Amnistiya akti esa, jinoiy javobgarlikka va
jazoga tortilgan shaxsga nisbatan qo'llaniladi. Agar shaxs amnistiya aktiga muvofiq ozod qilinishi lozim bo'lsa va bu
157
sudning qarori chiqarilguncha vujudga kelgan bo'lsa, tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi qo'llanilmaydi. Bunday
hollarda shaxsni ruhiy kasalxonaga joylashtirish maqsadida sog'liqni saqlash muassasalari ogohlantiriladi.
Jinoyat kodeksining 92-moddasida tibbiy yo'sindagi majburlov chorasini qo'llash uchun asos bo'luvchi holatlar
aniq belgilab qo'yilgan. Ijtimoiy xavfii qilmishni sodir etgan shaxsga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi:
l) ushbu ta'sir chorasini qo'llash masalasi ko'rilayotgan shaxsning ijtimoiy xavfii qilmishni aqli norasolik holatida
sodir etilganligi yoki hukm chiqarilgunga qadar yoxud jazoni o'tash davomida ruhiy kasallikka chalinishi;
2) ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxs ruhiy holati va sodir etilgan qilmishning huquqiy oqibatiga ko'ra
jamiyat uchun xavfli, deb topilsa;
3) sudning tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi tayinlash to'g'risidagi qarori mavjud bo'lsa qo'llaniladi.
Jinoyat kodeksida ruhiy kasallikka tushuncha berilmagan, lekin Jinoyat kodeksining 92-moddasi talabidan kelib
chiqsak, ruhiy kasallik belgilariga:
1) aqli norasolik holatida jinoyat sodir etish;
2) hukm chiqarilgunga qadar o'z harakatlarini anglay olmaydigan darajada kasal bo'lib qolishi;
3) jazoni o'tash davomida o'z harakatlarini anglay olmaydigan darajada kasal bo'lib qolishi kiradi.
Qonunning ushbu talabidan kelib chiqsak, bu kasallikka chalinish vaqtidan qat'iy nazar, har qanday shaxsni
ruhiy kasal, deb topish mumkin.
Shaxsning o'z harakatlarini anglay olmaydigan darajadagi ruhiy kasalligi sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasi
asosida aniqlanadi. Bunday ekspertiza surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori, sudning esa, ajrimi asosida
tayinlanadi. Ekspert xulosasi sud uchun oldindan ahamiyatga ega bo'lmaganligi sababli, sud ishni ko'rish jarayonida
ekspert xulosasiga yakuniy baho beradi. Ozodlikdan mahrum etish yoki qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslarga
nisbatan esa, qamoqxona boshlig'i, yoki ozodlikdan mahrum etish jazosini ijro etish muassasasi boshlig'ining qaroriga
asosan ekspertiza tayinlanadi.
Sud-psixiatriya ekspertizasi o'tkazishda:
1) shaxsning ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan vaqtida o'z harakatlarini idrok eta oladigan yoki idora qila
olmaydigan darajada ruhiy kasal yoki ruhiyati vaqtinchalik buzilgan, aqli zaif yoki boshqa kasallik holatida bo'lganligi;
2) shaxsning jazo tayinlash vaqtda ruhiy kasal ekanligi tufay-li, hukm qilish va jazolash uning tuzalishiga ta'sir
ko'rsata olmashgi;
3) ushbu kasallik surunkalimi yoki shaxs muayyan vaqt mobaynida tuzalishi mumkinmi;
4) shaxs duchor bo'lgan ruhiy kasallik yana ijtimoiy xavfli oqibat keltirib chiqarishi yoki bunga sabab bo'lishi
mumkinmi;
5) shaxs o'zining ruhiy holatiga ko'ra to'g'ri ko'rsatuv berishga, ko'zdan kechirish, guvohlantirish, eksperiment
o'tkazish va boshqa tergov hamda sud harakatlarida ishtirok etishga qodirmi;
6) hozirgi vaqtda shaxsning aqli rasolikni istisno qilmaydigan ruhiy nuqsonlari bormi va ular nimalardan iborat,
degan savollarga javob olishi lozim.
Tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi jinoyat yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarga nisbatan
tayinlanadi. Shu bois aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarga taalluqli bo'lgan quyidagi
holatlar aniqlanishi lozim:
1) jinoyatning obyekti, yetkazilgan zararning miqdori va xususiyati, jabrlanuvchi shaxsiga taalluqli bo'lgan
xususiyatlar;
2) jinoyat sodir etilgan vaqt, joy, usul, Jinoyat kodeksida ko'rsatilgan boshqa holatlar, qilmish va uning oqibati
o'rtasidagi bog'liqlik;
3) ayblanuvchi, mahkumning shaxsini tasdiqlovchi holatlar.
Jinoyat qilgandan keyin ruhiy kasallikka duchor bo'lib qolgan shaxsning jinoyat islii bo'yicha shaxsda jinoyat
sodir etgandan keyin yuzaga kelgan va jazo qo'llanishini istisno etuvchi ruhiy kasallik ekanligi isbotlanishi lozim.
Agar shaxs aqli rasolik holatida jinoyat sodir etgan bo'lsa, tibbiy yo'sindagi majburlov chorasini qo'llash uchun
sud jinoyatning har bir elementini, shu jumladan, Jinoyat-protsessual kodeksining 82-moddasida nazarda tutilgan
holatlarni aniqlashi lozim bo'ladi.
Shaxsning aqli noraso ekanligini aniqlash quyidagi asoslarga ko'ra amalga oshiriladi:
1) agar shaxs jinoyat sodir etganidan so'ng, hukm chiqarilgunga qadar o'z harakatlarini anglay olmaydigan darajadagi
ruhiy kasallikka chalingan bo'lsa, sudning tibbiy yo'sindagi majburlov chorasini tayinlash to'g'risidagi ajrimida
jinoyatning barcha elementlari ko'rsatilishi kerak. Bir shaxsga nisbatan bir paytning o'zida tibbiy yo'sindagi majburlov
chorasini tayinlash to'g'risida ajrim va ayblov hukmi chiqarilishi g'ayriqonuniy hisoblanadi;
2) agar shaxs jinoyat sodir etish jarayonida o'z harakatlarini anglay olmaydigan darajadagi ruhiy kasallikka chalingan
bo'lsa, shaxsning jinoyat sodir etishdagi aybdorligi masalasi hal qilinmaydi.
Shaxsning ijtimoiy xavfliligidan qat'iy nazar, ular tomonidan qilingan harakat yoki harakatsizlikdan jinoyat
tarkibi bo'lmasa, ular javobgarlikka tortilmaydilar. Keyinchalik ruhiy kasallikka duchor bo'lib qolgan shaxs sodir etgan
jinoyat bo'yicha aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi haqida sud ajrim chiqaradi.
158
Keyinchalik ruhiy kasallikka duchor bo'lgan shaxsning sodir etgan jinoyati yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy
xavfli qilmishi tufayli mulkiy ziyon yetkazilgan bo'lsa, ziyonning o'rnini qoplash masalasi fuqaroviy sudlov ishlarini
yuritish tartibida hal etiladi.
Ruhiy holati buzilgan va umumiy asosda davolanishga muhtoj bo'lgan shaxsga nisbatan tibbiy yo'sindagi
majburlov choralari tayinlanganida, sud bu haqda shaxsning turar joyidagi sog'liqni saqlash organiga darhol xabar
qiladi.
Asosiy e'tibor shaxsning amnistiya akti yoki qonunining o'zgarishi tufayli qilmishni dekriminalizatsiya
qilinganligi natijasida jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishiga qaratilishi lozim. Bunday hollarda majburlov chorasini
qo'llash masalasini hal qilishda sudlar majburiy davolash sodir etilgan jinoyatning huquqiy oqibatlaridan biri va jinoiy
javobgarlikni amaliy jihatdan qo'llanishi ekanligiga e'tibor berish lozim. Shunga asosan, shaxsni jinoiy javobgarlikdan
ozod qilish, bunday ozod qilishning asosidan qat'iy nazar, majburlov choralariga ham qo'llaniladi.
Shaxsni tibbiy yo'sindagi majburlov chorasidan ozod qilish uni faqat jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishiga
ta'sir qiladi. Sud majburiy davolash chorasini faqatgina shaxs jamiyat uchun xavfli, deb topilgan holda qo'llashi
mumkin. Bunda shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasi, nafaqat, uning ruhiy holati bilan, shuningdek, sodir etilgan
qilmishning og'irlik darajasi bilan ham belgilanadi. Shuni nazarda tutish kerakki, shaxsni ijtimoiy xavfli, deb topishda
sud tomonidan hamma holatlar e'tiborga olinadi, lekin shaxsning xulqini belgilovchi asoslar uning ruhiy holati asosiy
mezon bo'lib qolishi lozim.
Shaxsning ijtimoiy xavfliligini belgilashda quyidagilarga e'tibor berish lozim:
l) uning o'zi uchun yoki atrofidagilar uchun bevosita xavf tug'dirishi;
2) uning nochorligi, ya'ni asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda qondirishga layoqatsizligi;
3) agar shaxs psixiatriya yordamisiz qoldirilgudek bo'lsa, ruhiy holati yomonlashuvi oqibatida uning sog'lig'iga jiddiy
zarar yetkazilishi.
Tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi qo'llanilayotgan shaxs tomonidan bir qancha jinoyatlar sodir etilgan
hollarda sud tomonidan asosiy e'tibor quyidagilarga qaratilishi lozim:
1) shaxs biron-bir jinoyati uchun sudlanmagan bo'lsa, sud tomonidan har bir jinoyatning qanday holatda aqli rasolik
yoki aqli norasolik holatida sodir etilganligi e'tiborga olinib, tibbiy yo'sindagi majburiy davolash chorasi tayinlanadi.
Ajrimda jazoning miqdori va turi ko'rsatilmaydi. Majburlov chorasi bekor bo'lsa, ish sudda umumiy tartibda qayta
ko'riladi va aqli rasolik holatida sodir etilgan jinoyat uchun jazo tayinlanadi;
2) sodir etilgan jinoyatlarning ayrimlari uchun bir necha hukm bo'yicha jinoiy javobgarlikka tortilganida. Bunda ham
majburiy davolash chorasi yuqoridagidek tartibda tayinlanadi. Sud ajrimida har bir qilmish alohida ko'rsatilishi kerak,
oldingi sud hukmi asosida tayinlangan jazo va uning muddati, jinoiy javobgarlikka tortilmagan qilmishi uchun
tayinlangan majburlov chorasi (bunda jazoning turi va muddati ko'rsatilmaydi). Majburlov chorasi bekor bo'lsa, ish
sudda umumiy tartibda qayta ko'riladi va jinoyatlar hamda hukmlar jami bo'yicha jazo tayinlanadi.
|