145
sodir etilishidagi o'rnini e'tiborga olib, javobgarlik yoki jazodan ozod qilishda unga nisbatan davlatimiz tomonidan
beriladigan bir qancha yengilliklarda ifodalanishi ko'rsatilganki, bunday holatlar kodeksning 7-moddasida ko'rsatilgan
insonparvarlik prinsipining amalda qo'llanilayotganligiga misol bo'ladi. Voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir
qilinganida, davlat tomonidan ularning bu qilmishiga beriladigan jazoning kattalarga beriladigan jazoga
nisbatan ancha
yumshoqligi qadimgi quldorlik davlatlariga ham xos bo'lganligini Rim davlatining «XII jadval qonunlari»da ham
uchratamiz.
Amaliyotchilar va olimlar o'rtasida ko'p yillardan beri voyaga yetmaganlarning javobgarligini qonunda alohida
ajratib ko'rsatilishi zarurligi to'g'risida turli fikrlar mavjud bo'lib, bu masala 1994-yil qabul qilingan Jinoyat kodeksida
o'z aksini topdi. Voyaga yetmaganlarning javobgarligi xususida jinoyat huquqi fanida turli fikrlar bildirilgan bo'lib,
aybdor shaxsning ahamiyati sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavfliligi darajasidan kam emasligi
ta'kidlanadi.
Jinoyat kodeksining 17-moddasi, 5-qismiga muvofiq o'n sakkiz yoshga to'lgunga qadar jinoyat sodir etgan
shaxslar umumiy qoidalarga asosan va Jinoyat kodeksining oltinchi bo'limida nazarda tutilgan
xususiyatlar hisobga
olingan holda javobgarlikka tortiladilar. Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi 163 ta normasida voyaga yetmaganlar
uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Voyaga yetmagan shaxs deganda, jinoyat sodir etgunga qadar 16 yoshga to'lgan, ammo 18 yoshga to'lmagan
shaxs tushuniladi. Umumiy qoidaga muvofiq 16 yoshga to'lgan, aqli raso shaxslar jinoyat subyekti yoshiga yetgan
hisoblanadilar. Ba'zi jinoyatlar uchun subyekt yoshi 14 yosh qilib belgilangan. Javobgarlikni og'irlashtrruvchi holatlarda
qasddan odam o'ldirganlik jinoyati uchun subyekt yoshi 13 yosh belgilangan.
Ko'pchilik davlatlarning jinoyat qonunchiligida voyaga yetma-ganlarni jinoiy javobgarlikka tortishning eng kam
yosh chegarasi belgilangan. Bu yoshga yetmagan, lekin jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan voyaga yetmagan
shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilmasdan, balki ijtimoiy yordamga muhtoj bo'ladilar. 1989-yil BMTning Bosh
assambleyasi tomonidan «Bolalar huquqlari to'g'risida»gi Konvensiya qabul qilingan bo'lib, u jinoiy yo'lga kirib qolgan
bolalar va voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha qator normalarni o'z ichiga oladi.
Konven-siyaga
muvofiq bolalar deganda, o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslar tushuniladi. Bu ta'rif O'zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksidagi voyaga yetmaganlar tushunchasiga mos keladi. Konvensiya voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikka
tortishning minimal muddatini belgilaydi. Lekin qator davlatlarda bu yosh chegarasi belgilanganidan ham kam bo'lishi
mumkin Masalan, Irlandiya jinoyat qonunchiligida subyekt yoshi 7 yosh, Yaponiyada 13 yosh, Niderlandiyada 12 yosh
qilib belgilangan. Jinoyat qonunchiligida subyekt yoshining bunday belgilanishi shaxsning
aqliy va jismoniy
rivojlanganlik darajasidan kelib chiqqan.
Voyaga yetmagan shaxslar uchun javobgarlikni belgilovchi normalar ikkiga bo'linadi:
1) jinoyat sodir etgunga qadar voyaga yetmaganlarga nisbatan qoilaniladigan normalar;
2) norma qo'llangunga qadar voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo'llaniladigan majburlov choralari.
Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo'llaniladigan normalar o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, ularni
quyidagi ikki gurahga bo'lish mumkin:
•