O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

 
17.10. Sudlanganlik
Jinoyat huquqida sudlanganlik 
deganda, sodir qilgan jinoyati uchun shaxsga sud tomonidan jinoyat qonunida 
belgilangan biror jazoning tayinlanishi tushuniladi. 


141 
Sudlanganlik — 
bu sud tomonidan aybdor, deb topilgan va aniq bir jazo chorasi qo'llanilgan shaxsning huquqiy 
holati. Sudlanganlik shaxsni sodir etgan jinoyati uchun hukm qilingan-ligidan kelib chiqadigan huquqiy holatdir. 
Shaxsni hukm qilish deganda, shaxsning qilmishida jinoyat tarkibining barcha elementlari mavjud bo'lgan aniq 
jinoyatni sodir etishda aybdor, deb topish, shuningdek, bu shaxsga nisbatan muayyan turdagi va miqdordagi yoki 
muddatdagi jazoning tayinlanishi tushuniladi. Jazoning turi va miqdori yoki muddati shaxsni sudlangan, deb topish va 
hisoblash uchun ahamiyatga ega emas, lekin bu sudlanganlikning tugallanishi yoki olib tashlanishiga ta'sir qiladi. 
Demak, sud tomonidan ayblov hukmining chiqarilishi sudlanganlik holatini keltirib chiqaruvchi asos 
hisoblanadi. Ayblov hukmi jinoyat sodir etishda aybli, deb topilgan va jinoiy jazoga hukm etilgan shaxsning alohida 
huquqiy holatini belgilovchi sudlan-ganlikni vujudga keltiradi va u bekor qilungunga qadar (olib tashlash yoki tugashi) 
davom etadi. Sudlanganlikning bekor qilinishi bilan sudlanganlikning barcha huquqiy oqibatlari ham bekor bo'ladi. 
Jinoyat kodeksining 77-moddasiga ko'ra, sudlanganlik shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan 
keyin kelib chiqadigan huquqiy holatdir. Ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganidan boshlab shaxs sudlangan, deb 
hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan, deb hisoblanadi. Shuningdek, shaxs jazoni 
o'tagan, ammo qonunni o'zgarishi bilan bunday qilmish jinoyat, deb hisoblanmaydigan taqdirda yoki sodir qilingan 
jinoyat uchun tayinlangan jazoni o'tab bo'linishi bilan sudlanganlik holatining tugallanishi belgilangan bo'lsa, shaxs 
sudlanmagan, deb hisoblanadi. Shaxs ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgandan boshlab sudlangan hisoblanadi. U 
ayblov hukmi bilan biron-bir jinoyatni sodir etganligi bois sud tomonidan hukm qilinadi. Shunday qilib, jazoni o'tash 
davrida va uni o'tab bo'lgandan keyin ham qonunda aniq belgilangan muddat davomida shaxs sudlangan hisoblanadi. 
Sud hukmi bilan jazodan ozod qilingan shaxs esa, sudlangan hisoblanmaydi. 
Jinoyat kodeksining 77-moddasi, 3-qismida sudlanganlik ushbu kodeksda nazarda tutilgan hollarda va shaxs 
yangi jinoyat sodir etgandagina huquqiy ahamiyatga ega ekanligi ko'rsatilgan. 
Sudlanganlikning huquqiy ahamiyati sudlanganlikning mazmunini tashkil etadigan huquqiy oqibatlar bilan 
belgilanadi. Sudlanganlik fuqarolik-huquqiy, ma'muriy-huquqiy va jinoiy huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. 
Sudlanganlik holatining fuqarolik-huquqiy oqibatlari: 
• 
birinchidan, 
shaxs rasmiy hujjatlarni to'ldirganida sudlanganligi haqida yozib qo'yishga majbur bo'ladi; 
• 
ikkinchidan, 
sudlanganlik holati shaxsning turar joy erkinligini chegaralash uchun asos bo'lib xizmat qilishi mumkin; 
• 
uchinchidan, 
shaxsning sudlanganligi uning muayyan faoliyat turi bilan shug'ullanishiga (advokatlik faoliyati) yoki 
huquqni muhofaza qilish organlarida ayrim mansablarni (prokuratura tergovchilari, prokurorlar, sudya va h.k.) 
egallashlariga to'sqinlik qilishi mumkin. 
Sudlanganlikning ma'muriy-huquqiy oqibati shundan iboratki, sudlanganlik ayrim toifadagi sudlanganlar 
ustidan ma'muriy nazorat o'rnatilishiga sabab bo'ladi. Ularning muayyan hududlarda bo'lishi taqiqlanadi. 
Sudlanganlikning jinoyat-huquqiy oqibatlari shaxsning oldingi jinoyati uchun sudlanganlik muddati o'tmasdan 
yoki qonunda belgilangan tartibda olib tashlanmasdan yangi jinoyat sodir etganidagina vujudga keladi. Sudlanganlik 
holati jinoyat-huquqiy bo'lmagan oqibatlarni ham keltirib chiqaradi. 
Sudlanganlikning umumiy huquqiy oqibatlari kabi jinoyat-huquqiy oqibatlari ham jinoiy jazo samaradorligini 
oshirish va mahkumni tarbiyalashga qaratilgan choralarni mustahkamlash, shuningdek, awal sudlangan shaxslar 
tomonidan yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga qaratilgandir. 
Shaxs oldingi jinoyati uchun sudlanganlik muddati o'tmasdan yangi jinoyat sodir etganidagina sudlanganlik 
uning uchun jinoyat-huquqiy ahamiyatga ega bo'ladi. Bu: 
1) sudlanganlik jazoni og'irlashtiruvchi holat sifatida inobatga olinib, sud tomonidan og'irroq jazo qo'llanishiga sabab 
bo'lishi mumkin (Jjinoyat kodeksining 56-moddasi, 1-qismi, «n» bandi); 
2) sudlanganlik shaxsni xavfli va o'ta xavfli retsidivist, deb hisoblashga asos bo'ladi (Jinoyat kodeksining 34-
moddasi); 


142 
3) sudlanganlik shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga to'sqinlik qiladi (Jinoyat kodeksining 66-moddasida 
ko'rsatilgan asoslargako'ra); 
4) sudlanganlik ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni o'tashning muayyan tartibiga ta'sir etadi (Jinoyat 
kodeksining 50, 85-moddalari); 
5) sudlanganlik muayyan jazo turlarini belgilashda to'siq bo'ladi (Jinoyat kodeksining 48-moddasi); 
6) alohida tartibda jazo tayinlanishiga sabab bo'ladi; 
7) muayyan jinoyat tarkiblarining og'irlashtiruvchi belgisi hisoblanadi (masalan, Jinoyat kodeksining 166-moddasi, 3-
qismi, «a» bandida takroran sodir etilgan talonchilik uchun kuchaytirilgan javobgarlik nazarda tutiladi); 
8) muayyan toifadagi (ogir va o'ta og'ir) jinoyatlar uchun sudlanganlik mahkumning muddatidan oldin shartli 
ravishda ozod qilish masalasini hal qilishda u amalda o'tagan muddatni ko'paytiradi (Jinoyat kodeksining 73-moddasi, 
3-qismi, «b» va «v» bandlari); 
9) jinoyatning ijtimoiy xavfliligiga qarab ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan, uncha og'ir bo'lmagan, og'ir, o'ta og'ir 
(Jinoyat kodeksining 15-moddasi) jinoyatlar uchun javobgarlikka tortish muddatlarini hisoblashga ta'sir ko'rsatadi 
(Jinoyat kodeksining 64-moddasi); 
10) jazodan ozod etishga to'siq bo'lishi mumkin (Jinoyat kodeksining 71, 72, 73, 74-moddalari); 
11) ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashda jazoni ijro etish muassasasi turini aniqlashga ta'sir qiladi. 
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib sudlanganlikning huquqiy ahamiyatini sudlangan shaxs yangi jinoyat sodir 
etgandagina ko'rishimiz mumkin. Boshqacha qilib aytganda, shaxsning sudlanganlik holati sud tomonidan faqat keyingi 
jinoyati uchun shaxs sudlangan, deb hisoblangan davr mobaynida, ya'ni sud hukmi qonuniy kuchga kirgan vaqtlar to u 
olib tashlangungacha yoki tugagungacha bo'lgan davr mobaynida hisobga olinishi mumkin. 
Jinoyat huquqiga oid adabiyotlarda sudlanganlik instituti ogohlantirish ahamiyatiga ega bo'lib, kriminologik 
ma'lumotlarga asoslanishi haqida fikrlar bildirilgan. Ulardan sudlanganlik ilmiy asoslangan ma'lumotlarga tayanadi, 
uning muddati jinoiy javobgarlik maqsadiga erishish uchun yetarli bo'ladi va belgilangan muddatning o'tishi bilan shaxs 
o'zining ijtimoiy xavfliligini yo'qotadi, degan xulosaga kelish mumkin. 
Qonunda belgilangan muddatning o'tishi bilan sudlanganlik tamom bo'ladi. Jinoyat kodeksining 78-79-
moddalariga muvofiq sudlanganlikning tamom bo'lishi ikki shaklda namoyon bo'ladi: 
• 

Download 53,9 Mb.
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish