140
ijtimoiy-siyosiy asoslardagi amnistiya aktlari bo'lib, ularning doirasi an'anaviy tartibda emas, balki alohida tartibda
belgilanadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 1-dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul
qilinganligining o'n bir yilligi munosabati biian amnistiya to'g'risidagi Farmonida birinchi marta
jinoyat sodir etganligi
uchun jazoni o'tayotgan ayollar, jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to'lmagan shaxslar, mazkur Farmon kuchga
kirgunga qadar belgilangan tartibda birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, deb topilgan shaxslar, 60 yoshga to'lgan
erkaklar, bir yildan oshmagan muddat ichida jazoni ijro etish yoki yashash joyidagi davolash muassasalarining tibbiy
komissiyalari tomonidan jazoni o'tashga to'sqinlik qiladigan og'ir kasallikka chalingan, deb topilgan shaxslar, jinoyat
sodir etgunga qadar doimiy yashash joyi O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo'lgan, ozod etilgandan so'ng
O'zbekiston Respublikasi hududida qolishi uchun qonuniy asoslar bo'lmagan
chet el fuqarolari, ehtiyotsizlik orqasida
jinoyat sodir etganlar, shuningdek, birinchi marta hukm qilingan shaxslar, basharti, ular ijtimoiy xavf katta bo'lmagan
yoki uncha og'ir bo'lmagan jinoyati uchun hukm qilingan bo'lsa, birinchi marta ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm
qilinib, o'talmay qolgan jazo muddati ikki yildan ko'p bo'lmagan shaxslar, ekstremistik tashkilotlar faoliyatidagi
ishtiroki, ular tarkibida O'zbekiston Respublikasining konstitutsiya-viy tuzumiga qarshi jinoyatlar yoki jamoat
xavfsizligiga qarshi boshqa qilmishlar sodir etganligi uchun o'n yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodUkdan mahrum
etishga hukm qilinib, tuzalish yo'liga o'tgan shaxslar jazodan ozod qilinishi belgilandi.
Shuningdek, amnistiya akti qo'llanilmaydigan shaxslar doirasi ham aktda belgilanadi, masalan, yuqoridagi
amnistiya akti o'ta xavfli retsidivistlarga, jazoni o'tash tartibini muntazam tarzda buzayotgan mahkumlarga hamda
muqaddam avf etish yoki amnistiya akti asosida jazodan ozod etilgan va yana qasddan
jinoyat sodir etganlarga, nisbatan
qo'llanilmasligi belgilangan.
Amnistiya akti asosida jazo muddati qisqartirilishi ham mumkin. Masalan, yuqoridagi amnistiyada jazodan ozod
qilinmaydigan shaxslarning o'talmagan jazo muddati:
l) qasddan sodir etgan jinoyati uchun o'n yildan ortiq bo'lmagan muddatga ozodUkdan mahrum qilinganlarga - to'rtdan
bir qismiga;
2) qasddan sodir etgan jinoyati uchun o'n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarga - beshdan bir
qismiga qisqartirildi.
Umumiy qoidaga ko'ra, amnistiya akti chiqarilgunga qadar sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Uzoqqa cho'zilgan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan, amnistiya akti, agar jinoyatni tashkil etuvchi barcha
harakatlar amnistiya akti kuchga kirgunga qadar (chiqqan vaqti, qonuniy kuchga kirgan vaqti) amalga oshirilgan bo'lsa,
tatbiq etiladi.
Davomli jinoyatlarda ham amnistiya akti o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, bu akt oxirgi jinoyat amnistiya
akti chiqarilgunga qadar sodir etilib, agar bu amnistiya aktida maxsus ko'rsatilgan bo'lsa qo'llaniladi, agar jinoiy
harakatlardan bin amnistiya akti chiqarilganidan yoki u qonuniy kuchga kirganidan so'ng sodir etilgan bo'lsa tatbiq
etilmaydi.
Amnistiya akti asosida shaxsni jinoiy jazodan ozod qilish davlat tomonidan shaxsni (lining jinoyatini emas)
kechirishdir.
Avf etish O'zbekiston respublikasi Konstitutsiyasiga asosan Prezident taqdimiga binoan senat vakolatiga kiradi.
Avf etish amnistiyadan farqli ravishda aniq bir shaxsga yoki muayyan shaxslar doirasiga nisbatan qo'llaniladi.
Avf etish asosida jazodan ozod qilinishi yoki muddatidan ilgari shartli ozod qilinishi,
unga nisbatan tayinlangan
jazoning o'talmay qolgan qismi yengilroq turdagi jazo bilan almashtirilishi yoki sudlanganlik olib tashlanishi mumkin.
Adabiyotlarda, afv etish asosida jinoiy jazodan ozod qilish Prezident ixtiyorida bo'lib, bu masala jinoyat qonuni
bilan bog'liq emas, degan fikrlar ham mavjud. Avf etish mahkumni jazodan ozod qilishning bir turi sifatida qaraladi.
Avf etish faqat hukm qonuniy kuchga kirgandan keyingina mahkumning iltimosiga ko'ra, har qanday turdagi
jazoga nisbatan amalga oshirilishi mumkin.
Ko'pchilik hollarda avf etish o'ta og'ir jinoyat sodir etganligi uchun o'lim jazosiga hukm qilingan shaxslarga
nisbatan qo'Uaniladi. Jinoyat kodeksining 51-moddasiga ko'ra, o'lim jazosi avf etish orqali 25 yil muddatga ozodlikdan
mahrum qilish bilan almashtirilishi mumkin. O'ta xavfli retsidivistlar, oldin amnistiya akti yoki avf etish qo'llanilgan
yoxud muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilingan yoki jazoning qolgan qismini yengilroq jazo bilan
almashtirilgan shaxslar, agar ularning sudlanganlik muddati tugamasdan qasddan sodir etgan jinoyati uchun hukm
qilingan jazoni o'tash vaqtida tuzalish yo'liga o'tib olmagan, o'ta og'ir jinoyat sodir qilgan shaxslar
alohida hollardagina
avf etilishi mumkin.
Agar avf so'rab qilingan iltimos rad etilsa, shaxs og'ir va o'ta og'ir jinoyat uchun hukm chiqarilgan kundan
boshlab bir yildan keyin, boshqa jinoyatlar uchun hukm qilinganlar esa, olti oy o'tgandan keyin avf so'rab murojaat
qilishi mumkin.