146
6)
oilalardagi ajrashib ketish, ota yoki onalik huquqidan mahram qilish holatlarining yuqoriligi. Masalan, 1999-
yilning birinchi yarmida voyaga yetmagan sudlanganlar 1105 kishini tashkil etib, shulardan 258 tasi (23,3 %) ota-onasiz
tarbiyalangan-lardir;
7) bosqinchilik, o'g'rilik kabi jinoyatlarga voyaga yetmagan shaxslarni jalb qilish holatlarining tez-tez uchrashi;
8) axloqqa qarshi jinoyatlar, ya'ni voyaga yetmagan shaxsni g'ayri-ijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilishi, o'n olti
yoshga to'lmagan shaxs bilan
jinsiy aloqa qilish, o'n olti yoshga to'l-magan shaxsga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar
qilish, pomografik narsalarni tayyorlash va sotish, fohishaxona saqlash yoki qo'shmachilik qilish kabi jinoyatlarning
sodir etilib turi-lishi;
9) jazoni o'tab chiqqan voyaga yetmagan shaxslarni o'z holiga tashlab qo'yilganligi, ish bilan band qilishning sust
darajada olib borilishi;
10) huquqni muhofaza qiluvchi
organlar, xususan militsiya, mahalla posbonlariga voyaga yetmagan shaxslar bilan
ishlash, tarbiyaviy, profilaktik choralarni ko'rish, ishga joylashtirish tad-birlari o'tkazish vazifasini yuklovchi huquqiy
hujjatlaming mavjud emasligi, mavjud bo'lgan huquqiy hujjatlar ijrosini ta'minlovchi mexanizmning yo'qUgi va
hokazolar.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1996-yil 19-iyuldagi «Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti
to'g'risidagi» 16-qarorida voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jarima, axloq tuzatish ishlari,
qamoq kabi jazolarning
samaradorligiga e'tibor berish lozimligi aytilgan. Shu bilan birga og'ir jinoyat sodir etishda ayblangan, muqaddam
sudlangan, huquqni buzganlik uchun ichki ishlar organlarida hisobda turgan voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda
qat'iyatsizlikka yo'l qo'yib bo'lmaydi. Sudlar voyaga yetmaganlarning jinoyat ishlari yuzasidan dastlabki tergov ishlarini
sifatli va puxta olib borilishini, voyaga yetmaganlarning shaxsini ifodalovchi ma'lumotlarni, ularning yashash sharoiti,
tarbiyasi,
jinoyat sodir qilish motivlari, jinoyat sodir qilishga olib kelgan sharoit va sabablar to'la va har tomonlama
aniqlanishini talab qilishlari lozim. Voyaga yetmaganlarning jinoyat sodir etishida katta yoshdagilarning ta'siri, ularning
jinoyat yoki boshqacha huquq-buzarliklarga jalb qilinishining sabablarini batafsil aniqlash kerak, deb ta'kidlangan.