Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

 
16.6. Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish
Agar aqli noraso shaxs tomonidan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilsa, bu uni jinoiy javobgarlikka tortish uchun 
asos boia olmaydi. Agar shaxs ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli raso bo'lib, sud hukm chiqargunga qadar 
o'z harakatlarini boshqara olmaydigan va oqibatlarini anglamaydigan holatdagi ruhiy kasalhkka chalinib qolsa, qilmish 
jinoiy hisoblanib bunday shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi va Jinoyat protsessual kodeksi normalari qo'llanadi. Jinoyat 
sodir etgan shaxs hukm chiqarilgunga qadar o'z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan va boshqara olmaydigan 
darajada ruhiy kasallikka chalinib qolgan bo'lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunday shaxslarni javobgarlikka 
tortishning maqsadga muvofiq emasligi ruhiy kasallikka chalingan shaxsning sud tomonidan belgilangan javobgarlik 
choralarini kasalligi tufayli to'g'ri idrok etish imkoniga ega emasligida ifodalanadi. Bunday shaxsga nisbatan tibbiy 
yo'sindagi majburlov chorasi qo'llanishi mumkin. Tibbiy yo'sindagi majburlov chorasini qo'llash tartibi Jinoyat 
kodeksining 91-95-moddalarida (tibbiy yo'sindagi majburlov choralari qo'llashning maxsus tartibi) belgilangan. Agar 
tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi qo'llanilgan shaxs Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan javobgarlikka 
tortish muddati o'tmasdan tuzalib ketsa, javobgarlikka tortiladi. Javobgarlikka tortish muddati sud tomonidan tibbiy 
yo'sindagi majburlov chorasi qo'llanilgan kundan boshlab hisoblanadi. 
Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi, 3-qismiga ko'ra, jinoyat sodir etilganidan keyin o'z harakatining 
mohiyatini idrok etish yoki uni idora qilish imkoniyatidan mahrum etadigan ruhiy kasallikka chalinib qolgan shaxsning 
jinoyat ishi ayblilik haqidagi masala hal qilinmasdan tugatiladi. 
 
16.7. Amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish


129 
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79 va 93-mod-dalarida qayd etilganidek, amnistiya akti asosida 
javobgarlikdan va jazodan ozod qilish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga asosan, Senat 
vakolatlariga kiradi. Ba'zi davlatlarda amnistiya davlatning Oliy qonun chiqaruvchi organiga tegishlidir. Masalan, 
Rossiyada Davlat Dumasi amnistiya chiqarish vakolatiga ega. 
Amnistiya normativ xususiyatdagi akt bo'lib, u muayyan jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutadigan 
jinoyat qonunini bekor qilmasdan, sud hukmining qarorlari asosli va qonuniyligini shubha ostiga qo'ymasdan, jazodan 
yoki jinoiy javobgarlikdan ozod qiladi, jazoni yengil jazo bilan almashtiradi yoxud belgilangan muddatlarni qisqartiradi, 
shuningdek, sudlanganlikni bekor qiladi. 
Amnistiya o'z ijtimoiy mohiyatiga ko'ra, muayyan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning ayrim toifalarigagina 
taalluqlidir. Sudning ayblov hukmiga doir qarori chiqarilmagan va amnistiya kuchga kirguniga qadar jinoyat sodir 
etilgan jinoyat ishlariga va shaxslar toifasiga taalluqli bo'ladi. Sodir etilgan jinoyatga nisbatan jazolov funksiyasini 
yo'qotmagan holda amnistiya akti jazoni qisman yoki to'liq bekor qiladi, boshqa yengilroq jazo turi bilan almashtiradi 
yoxud qo'zg'atilgan jinoyat ishini tugatadi. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish asosi sifatida amnistiyaning jinoyat 
huquqiy tushunchasi ikki vaziyatni o'z ichiga oladi: hah sud tomonidan jinoyat ishi ko'rilmagan shaxslarning 
javobgarligi masalasi va jazo masalalari. 
Amnistiya huquqiy oqibatlariga ko'ra, boshqa jinoiy javobgarlikdan ozod qilish turlariga muvofiq keladi. 
Amnistiya akti asosida jinoiy javobgarlikdan ozod qilishda insonparvarlik prinsipi o'z ifodasini topgan. 
Alohida shaxsni javobgarlikdan ozod qiluvchi akt - avf etishdan farqli ravishda, amnistiya normativ xarekterga 
ega: u har doim muayyan doiradagi jinoyatlarga yoki bir guruh shaxslarga yoxud o'zaro demografik, ijtimoiy, jinoiy, 
yoshga oid huquqiy yoxud boshqa belgilariga ko'ra farqlanmaydigan bir guruh shaxslarga tegishli bo'lib, individual 
xususiyatga ega bo'lmaydi. Bu doira turli: jinoyat tarkibi yoki jinoyatning tasnifi, jinoyat subyektning belgilariga ko'ra 
aniq ko'rsatiladi. 
Odatda, amnistiya aktlari birinchi navbatda voyaga yetma-ganlar, qariyalar, ayollar, homilador ayollarga, 
shuningdek, boshqa belgilar: jinoyatning xususiyatli va og'irlik darajasiga (ehtiyotsizlikdan sodir etilgan, qasddan sodir 
etilgan uncha og'ir boimagan va og'ir jinoyatlar) ko'ra qo'llaniladi. Ammo boshqa, ijtimoiy-siyosiy asoslarga ko'ra ham 
amnistiya aktlari qabul qilingan bo'lib, ularning doirasi an'anaviy tartibda emas, balki alohida tartibda belgilanadi. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 1-dekabrdagi O'zekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul 
qilinganligining o'n bir yilligi munosabati bilan amnistiya to'g'risidagi Farmonida birinchi marta jinoyat sodir etgan 
ayollar, jinoyat sodir etish vaqtida 18 yoshga to'lmagan shaxslar, mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar birinchi va 
ikkinchi guruh nogironlari, deb topilgan shaxslar, mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar 60 yoshga to'lgan erkaklar, 
shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo 'lmagan jinoyat ishlari bo'yicha olib borilayotgan tergov ishlari, sudda ko'rilmagan 
ishlar tugatilishi belgilangan. 
Umumiy qoidaga ko'ra, amnistiya akti u chiqarilgunga qadar sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan tatbiq etiladi. 
Uzoqqa cho'zilgan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan, amnistiya akti, agar jinoyatni tashkil etuvchi barcha 
harakatlar amnistiya akti kuchga kirgunga qadar (chiqqan vaqti, qonuniy kuchga kirgan vaqti) amalga oshirilgan bo'lsa 
tatbiq etiladi. 
Davomli jinoyatlarda ham amnistiya akti o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, bu akt oxirgi jinoyat amnistiya 
akti chiqarilgunga qadar sodir etilib, agar bu amnistiya aktida maxsus ko'rsatilgan bo'lsa qo'llaniladi, agar jinoiy 
harakatlardan biri amnistiya akti chiqa-rilganidan yoki qonuniy kuchga kirganidan so'ng sodir etilgan bo'lsa tatbiq 
etilmaydi. 
Amnistiya akti asosida shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish davlat tomonidan uning jinoyatini emas, balki 
shaxsning kechirilishidir. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish