|
Toshkent dаvlаt texnikа universitetining odob-аxloq qoidаlаri 1-bob. Umumiy qoidаlаr
|
bet | 1/14 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 39,2 Kb. | | #252546 |
Bog'liq Odob axloq qoidalari-2021
Toshkent davlat texnika Toshkent davlat texnika
universiteti Kengashining universiteti rektori
2021-yil ______dagi ___-son S.M.Turabdjanov
yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan _______________ “___”__________2021-y.
TOSHKENT DАVLАT TEXNIKА UNIVERSITETINING
ODOB-АXLOQ QOIDАLАRI
1-BOB. UMUMIY QOIDАLАR
1-modda. Ushbu qoidalar bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Mazkur Toshkent davlat texnika universitetining (keyingi o‘rinlarda “universitet” deb yuritiladi) “Odob-axloq qoidalari” (keyingi o‘rinlarda “Qoidalar” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son farmonining 8-bandi, Oliy taʼlim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 6-bandi va boshqa qonunosti hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, universitetning pedagog (professor-o‘qituvchi) va boshqa xodimlari, talabalari, doktorantlari (keyingi o‘rinlarda – xodim, talaba va doktorant) kasbiy odob-axloqining tamoyillari, normalari, taʼlim jarayoni va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalari bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
Mazkur qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
taʼlim – taʼlim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek, ularning umumtaʼlim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
taʼlim kampusi – yagona hududda birlashtirilgan o‘quv binolarini, ilmiy-tadqiqot institutlarini (markazlarini), ishlab chiqarish majmualari va texnoparklarni, taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining vaqtincha yashash joylarini, laboratoriyalarni, axborot-resurs markazlarini (kutubxonalarni), sport inshootlarini, umumiy ovqatlanish obʼektlarini o‘z ichiga olgan binolar hamda inshootlar majmuidan iborat bo‘lgan, o‘quv jarayoni, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning yuqori samaradorligini ta’minlaydigan ta’lim-tarbiya muhiti;
tarbiya – aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
|
| |