|
-modda. Odob-axloq komissiyasi xulosasi
|
bet | 14/14 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 39,2 Kb. | | #252546 |
Bog'liq Odob axloq qoidalari-202133-modda. Odob-axloq komissiyasi xulosasi
Odob-axloq tartibining buzilishi holatlarini Odob-axloq komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha intizomiy yoki boshqa tarzdagi qoida buzilishlarining mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Аyni vaqtda universitet rektoriga ko‘rib chiqishi uchun qoidabuzar xodim, talaba va doktorantni javobgarlikka tortish to‘g‘risida taklif kiritiladi. Yo‘l qo‘yilgan qoida buzilishining xususiyatini hisobga olgan holda Odob-axloq komissiyasi xodim, talaba va doktorantga nisbatan Odob-axloq tartibining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi ogohlantirish bilan cheklanishi mumkin.
Odob-axloq tartibiga rioya etmagan xodim, talaba va doktorantni intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha buyruq loyihasi fakultet dekanlari va dekan o‘rinbosarlari (talabalarga nisbatan), kadrlar bo‘limi (xodimlar va doktorantlarga nisbatan) tomonidan tayyorlanadi.
Xodim, talaba va doktorantlar o‘zlari yo‘l qo‘ygan qoida buzilishi, qoida buzilishining ko‘rib chiqilishi jarayoni haqida axborotni olish va o‘zini himoya qilish uchun dalillarni taqdim etish, shuningdek, universitet qarorlari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadirlar.
34-modda. Jamoatchilik nazorati
Xodim, talaba yoki doktorantning xulq-atvori ustidan jamoatchilik nazoratini taʼminlash maqsadida, mazkur Qoidaga rioya etmaganlik holatlari universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, Xotin-qizlar maslahat kengashi va universitet Yoshlar ittifoqi kengashlarida ham muhokama qilinishi amaliyoti joriy etilishi mumkin.
10-BOB. YAKUNIY QOIDА
35-modda. Qoidaning kuchga kirishi hamda unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
Mazkur Odob-axloq qoidalari universitet Kengashi aʼzolari tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng kuchga kiradi va unga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritish universitet Kengashi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Toshkent davlat texnika universiteti Kengashining 2021-yil _-avgustdagi __-son yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan
|
| |