• 24-modda. Subordinatsiya
  • 25-modda. Tashabbus va faollik
  • 7-BOB. XODIM, TАLАBА VА DOKTORАNTLАRNING ODOB-АXLOQQА OID MАJBURIYATLАRI 26-modda. Odob-axloqqa oid majburiyatlar
  • -modda. Dars mashg‘ulotidan tashqari vaqtda muloqot qilish




    Download 39,2 Kb.
    bet10/14
    Sana24.05.2024
    Hajmi39,2 Kb.
    #252546
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Odob axloq qoidalari-2021

    23-modda. Dars mashg‘ulotidan tashqari vaqtda muloqot qilish
    Talaba uchun pedagog xodim bilan dars mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtda muloqot qilish zarurati bo‘lsa, u holda muloqot:
    maslahat soatlari, mustaqil ish yoki o‘zaro kelishuv bo‘yicha belgilangan vaqtda amalga oshirilishi mumkin;
    talaba o‘zi muloqot qilmoqchi bo‘lgan pedagog xodimning lavozimi, ismi, otasining ismi va familiyasini bilishi maqsadga muvofiq.
    Аsoslangan jiddiy sabablar (qo‘pollik, taʼmagirlik, dars sifatining pastligi, pedagog xodimning aybi bilan mashg‘ulotlar o‘tkazilishidagi muntazam uzilish hollarini isbotlovchi dalillar va b.) hamda guruh (kurs)ning yakdil fikri mavjud bo‘lgan holatlarda talabalar pedagog xodimni almashtirish haqida iltimos bilan fakultet dekaniga murojaat qilishlari mumkin.
    Talabalar dars mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtda professor-o‘qituvchilardan maslahat olish uchun kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan grafik asosida maslahat soatlari belgilab qo‘yiladi.
    24-modda. Subordinatsiya
    Universitet rahbar xodimlariga xodim, talaba va doktorantlar tomonidan biron-bir masala yuzasidan vujudga kelgan holatlar bo‘yicha murojaat qilinishi muayyan tartib (subordinatsiya tamoyili), yaʼni munosabat bildirishdagi rahbariyat bo‘g‘inlariga bosqichma-bosqich chiqish asosida tashkil etiladi. Universitet rektoriga talabalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish holatlari bundan mustasno.


    25-modda. Tashabbus va faollik
    Xodim, talaba va doktorantlarning universitetda maʼnaviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash, taʼlim sifatini oshirish, innovatsion g‘oyalardan samarali foydalanish, turli xil manfaatli tadbirlar uyushtirish bo‘yicha tashabbus va g‘oyalari rag‘batlantiriladi.


    7-BOB. XODIM, TАLАBА VА DOKTORАNTLАRNING
    ODOB-АXLOQQА OID MАJBURIYATLАRI
    26-modda. Odob-axloqqa oid majburiyatlar
    Universitetga o‘qishga, ishga kirayotgan har bir shaxs mazkur Qoida bilan yozma ravishda (imzo chektirib) tanishtiriladi.
    Xodim, talaba va doktorantlar:
    qonun hujjatlari va mazkur Qoida talablariga rioya etishga;
    doimo yuksaklikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi oliyjanob fazilatlarni chuqur anglashga:
    odob-axloqqa oid milliy anʼanalarimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni hurmat qilishga;
    o‘z ustilarida doimiy ravishda ishlash va qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini muntazam ravishda o‘rganib borishga;
    o‘z vazifalarini vijdonan, professional darajada amalga oshirishga;
    universitet obro‘-eʼtibori va nufuziga dog‘ tushiradigan har qanday harakatlarni sodir etishdan o‘zini tiyishga;
    universitet to‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro‘siga ziyon yetkazish maqsadida foydalanmaslikka;
    universitet mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish (ko‘char va ko‘chmas mulk, o‘simlik va hayvonot dunyosiga va b.), shu jumladan, xizmat vazifasini bajarish uchun berilgan moddiy texnika vositalaridan to‘g‘ri va tejamkorona foydalanishga;
    elektr energiyasi va suvni tejamkorona ishlatishga;
    biron-bir noxush voqea yoki hodisa ro‘y bersa, u haqda zudlik bilan universitet rahbariyatiga xabar berishga;
    belgilangan cheklovlar va taqiqlarga rioya qilish, o‘z vazifalarini og‘ishmay bajarishga, xodim, talaba va doktorantlarning shaxsiy va oilaviy muammolarini muhokama qilmaslikka, hech bir shaxs haqida jinsi, irqi, millati, tili, diniy eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi va lavozimi haqida hamda boshqa xususiyatlaridan qatʼiy nazar noto‘g‘ri fikr yuritmaslikka va uni kamsitmaslikka;
    xodim, talaba va doktorantlar, shuningdek, boshqa shaxslar haqida turli ig‘vo, fitna, g‘iybat va bo‘htonlar uyushtirmaslikka va tarqatmaslikka;
    universitet obro‘si yoki nufuziga putur yetkazadigan nizoli vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslikka;
    xodim, talaba va doktorantning mehnat va o‘quv jarayonidagi saʼy- harakatlariga qasddan ziyon yetkazmaslikka;
    davlat organlari va mansabdor shaxslarning, shuningdek, universitet rahbariyatining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan (bergan) qarorlarini (topshiriqlarni) o‘z vaqtida va sifatli bajarishga;
    shaxsiy foydasi hamda o‘zgalar manfaatini ko‘zlab o‘z mavqeini suisteʼmol qilmaslikka;
    haqiqatni gapirishga, rahbarlar va boshqa xodimlarni chalg‘itmaslikka;
    mutasaddi xodimlarning ruxsatisiz turli reklama vositalarini o‘rnatmaslikka;
    kasbiy faoliyati davomida o‘zlariga maʼlum bo‘lgan ularning oshkor etilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beriladigan axborotning saqlanishi va maxfiyligini taʼminlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rishga;
    sog‘lom turmush tarzini yuritish va atrofdagilarning sog‘ligini saqlashga g‘amxo‘rlik qilish, estetik va ekologik madaniyatning oshishiga ko‘maklashishga;
    tanqidiy mulohazalarni bildirishga va obʼektiv qaror qabul qilishga, o‘z xato va kamchiliklarini anglash va bartaraf etishga;
    moddiy jihatdan yaxshi taʼminlanganligini turli yo‘llar bilan ataylab ko‘z-ko‘z qilmaslikka;
    Аxborot-resurs markazi xodimlari bilan xushmuomala bo‘lishga, kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga, u yerda uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yish yoki ovozsiz rejimga qo‘yishga, baland ovozda so‘zlashmaslik va atrofdagilarga xalaqit bermaslikka, qog‘oz, saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslikka, kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilishga;
    sport majmuasiga sport kiyimi va poyabzalida kirishga;
    sport inventarlariga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga, mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirishga;
    sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilishga;
    universitet auditoriyalari, binolari va binolarga tutashgan hududda tozalikni saqlashga;
    hududni ifloslantirmaslik, chiqindilarni joylarda qo‘yilgan maxsus qutilarga tashlashga;
    shaxsiy avtomobilni taqiqlangan joyda qoldirmaslik, yo‘l harakati qoidalarini buzmaslik va mensimaslikka (beparvo bo‘lish), shuningdek, transport vositalaridan foydalanishda xavf-xatar yaratmaslikka;
    ish (o‘qish)dan tashqari vaqtda umumiy qabul qilingan odob-axloq normalariga rioya etishlari, g‘ayri ijtimoiy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslikka majbur.



    Download 39,2 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 39,2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Dars mashg‘ulotidan tashqari vaqtda muloqot qilish

    Download 39,2 Kb.