Sinf VIII 1-dars
I. Mavzu: Kirish. Texnika xavfsizligi qoidalari va gigiyenik talablar.
II. Maqsad: O'quvchilarni IHTA xonasida texnika xavfsizligi qoidalari va gigiyenik talablariga qatiyan rioya qilishga yorgatish.
III. Darsning jihozi: kompyutyerlar va ulani qurilmalari, ko’rgazmali qurollar, plakatlar.
VI. Darsning borishi:
a) O'tilgan mavzu buyicha qisqacha savol-javob.
b) Yangi mavzuni tushuntirish
c) Yangi mavzuni mustahkamlash
Kompyutyer xonasi maktabning hisoblash texnikasi bilan jixozlangan o’quv-tarbiya bo’limi hisoblanadi. Hisoblash texnikasi kompyutyer xonasining jixozi 10-15 tagacha shaxsiy kompyutyer (o’quvchi ish joyi) va bitta o’qituvchi uchun mo’ljallangan shaxsiy kompyutyer (o’qituvchi ish joyi) dan tashkil topadi. Xonaning tarkibiy qismi-orgtexnika va "informatika va hisoblash texnikasi asoslari" fani bo’yicha nazariy va amaliy darslar, darsdan tashqari va fakultativ mashg’ulotlar o’tkazish uchun xizmat qiladi. Hamma o’quvchilar va o‘qituvchi, to’garak a'zolari va boshqa foydalanuvchilar shaxsiy kompyutyerda ishlashdan oldin majburiy ravishda texnika xavfsizligi bo’yicha ko’rsatmalar bilan tanishgan va bu jurnalda qayd etilgan bo’lishi kyerak.
Aziz o’quvchilar,quyidagilarning mumkin emasligini esdan chiqarmang!
- sinfga uski kiyimda kirish;
- kompyutyer va uning qurilmalarini elektr tarmog’iga ruxsatsiz ulash yoki o’chirish;
- kompyutyerni tashqi qurilmalar printyer, disk yuritgich, "Sichqon", joystik va boshqalar bilan ulash;
- o’qituvchining ruxsatisiz sinfda yurish, gaplashish;
- monitorlarning yorug’lik, tovush balandligi va boshqa vazifalarni bajaruvchi murvatlarini burash hamda himoya qopqoqlarini ochish;
- displey ekranlariga kul va boshqa narsalarni tekkazish hamda qurilmalarning ulanish joylariga va elektr tarmoq manbalariga tegish.
Kompyutyer xonasida quyidagilar taqiqlanadi:
- kompyutyer yaqinida isitish asboblaridan foydalanish va o’tyoqish;
- qurilmalar yaqinida tez yonuvchi moddali idishlarni ochish va ishlatish;
- xonaga kislotali, tarkibida xlori bor bo’lgan moddalarni va umuman qurilmaning ichki elementlari ishiga salbiy ta'sir qiluvchi moddalarni olib kirish;
- kompyutyer va uning boshqa qurilmalari ustiga turli buyum va kiyimlarni qo’yish;
- qurilmalarga ho’l qo’l bilan tegish va ularni ulash;
- qurilmalarning teshiklariga avtoruchka, chizg’ich va boshqa narsalarni tiqish;
- tugmalarni bosishda kuch ishlatish;
- ishlab turgan qurilmani qarovsiz qoldirish;
- bo’r ishlatish;
- umumiy manba ulagich yoqilgan holatda tozalash ishlarini olib borish.
Kompyutyerda ishlashning sanitariya-gigiena talablari.
Kompyutyer xonasida tushayotgan yorug’lik o’quvchining ish joyiga tepadan va chapdan tushishi, displey ekrani va tugmalar ko’zni qamashtirmaydigan bo’lishi maqsadga muvofiq.
Xonadagi havo harorati o’rtacha 20-24oC atrofida bo’lishi lozim.
VIII-IX sinf o’quvchilarining shaxsiy kompyutyer bilan uzluksiz ishlash vaqti 25-30 daqiqadan, bir kun davomida esa 50 daqiqadan oshmasligi ma'qul.
O’quvchi kompyutyerdan eng kamida 40 sm narida o’tirishi kyerak.
Kompyutyer xonasida o’tkazilayotgan dars paytida o’quvchilarga tana mushaklarida va ko’zlarida zuriqish hosil bo’lmasligi uchun davomi 2-3 daqiqadan iborat dam byerilishi lozim. Shu laxzalarda o’quvchilarga engil kuy eshitish, kursida o’tirgan holda qo’l va bo’yin mushaklari toliqmasligi uchun engil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi.
Har bir o’quv guruxi shunday kichik guruxlarga bo’linishi kyerakki, mashg’ulotda qatnashayotgan o’quvchilarning umumiy soni 20 tadan oshmasligi darkor.
Endi ko’z va tana uchun jismoniy mashqlardan namunalar keltiramiz.
Ko’z uchun: mashqlar o’tirib yoki turib kompyutyer ekraniga qaramagan holda davriy ravishda nafas olib, ko’zni katta-katta ochgan holda bajariladi.
1) 1-4 hisobda ko’z mushaklarini qattiq tarang tortib, ko’zni yuming, 1-6 hisobda ko’z mushaklarini bo’sh quying, ko’zni oching. 4-5 marta takrorlansin.
2) 1-4 hisobda burun uchiga qarang va biroz qarab turing. Bunda ko’zni charchashigacha olib kelmang. So’ngra 1-6 hisobda ko’zni ochib, uzoqqa tikiling. 4-5 marta takrorlansin.
3) 1-4 hisobda boshni burmasdan ungga qarang va biroz qarab turing. 1-6 hisobda to’g’riga uzoq masofaga qarang. Huddi shuningdek, bu mashq ko’zni yuqoriga, pasga va chapga burgan holda takrorlanadi. 1-6 hisobda qarashni darxol diagonal bo’yicha o’ng yuqoriga, o’ng pastga, so’ngra 1-6 hisobda chap yuqoriga, chap pastga o’tkazib uzoqqa qarang. 3-4 mrta takrorlansin.
Tana uchun: jismoniy mashqlar qarakatlanish qobiliyatini ko’taradi, asab, yurak-tomir, nafas olish va mushak sistemalarini rag’batlantiradi, umumiy charchoqni chiqaradi, aqliy mehnat qobiliyatini ko’taradi.
1-mashq. 20-30 sekund turgan joyda o’rta sur'atda yurish.
1) Dastlabki holat tik turish. 1 - hisobda qo’llar oldinda, kaftlar pastga qaragan. 2 - hisobda qo’llar yonga, kaftlar pastga qaragan. 3-hisobda oyoq uchida turing, qo’llaringizni yuqoriga qilib engashing. 4-hisobda dastlabki holatga qayting.
Sekin sur'atda 4-6 marta takrorlansin.
2)Dastlabki holat - oyoqlar elka kengligida.1-hisobda qo’llar bosh orqasida, tanani ungga buring. 2-hisobda tana dastlabki holatda, qo’llarni atrofga yoyib oling egiling, boshni orqaga tomon ko’taring. 3-hisobda to’g’irlaning, qo’llar bosh orqasda, tanani chapga buring. 4-hisobda dastlabki holat. 5-8 hisobda huddi shuning o’zi boshqa tomonga bajariladi. Sekin sur'atda 6 marta takrorlansin va x.k.
V. O'quvchilarni baholash:
VI. Uyga topshiriq: Texnika xavfsizligi qoidalari va gigiyenik talablarini o'rganib, yodlab kelish.
Tasdiqlayman:
O`quv ishlari bo`yicha dirеktor
o`rinbosari_________________
"_____"__________________ 20_ yil.
Sinf VIII 2-dars
I. Mavzu: Informatika fani nimani o’rganadi?
II. Maqsad: O'quvchilarga informatika fani, bu sohada faoliyat ko’rsatgan buyuk allomalarimizni ishlari haqida ma’lumotlar axborotni qayta ishlash texnologiyasini mazmuni va axamiyati bilan tanishtirish.
III. Darsning jihozi: kompyutyerlar va ularni qurilmalari, ko’rgazmali qurollar.
VI. Darsning borishi:
a) O'tilgan mavzu buyicha qisqacha savol-javob.
b) O'tilgan mavzular bo’yicha kompyutyerda l0 talik test savollarini byerish.
d) Yangi mavzuni tushuntirish
c) Yangi mavzuni mustahkamlash
XX asrning 50 – yillarida yangi fan – informatikaga asos solindi.
Informatika – inson faoliyatining turli jabhalaridagi axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi fandir.
Qisqa qilib aytganda, informatika axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo‘llash usullarini o‘rganadigan fandir.
Demak, informatika uchun asosiy ashyo – axborot. U informatika fanida asos tushuncha sifatida qabul qilingan.
Axborotning o‘zi nima? Uning ilmiy ta’rifi mavjudmi? Axborot o‘z mazmuni va shakliga ko‘ra moddiymi?
Axborot tushunchasi turli sohalarda turlicha tavsiflanadi. Texnika sohasining mutaxassislari uchun axborot – texnika va texnologiyalar, ularning ishlash tartiblari bo‘lsa, tibbiyot xodimlari uchun – bemorning kasallik tashhisi, dori–darmonlar va boshqa ma’lumotlar axborot hisoblanadi. Shu kabi boshqa soha vakillari o‘z sohalari bilan bog‘liq ma’lumotlarni axborot sifatida qabul qiladilar.
Axborot informatika fani uchun asos tushuncha sifatida qabul qilinganligi sababli, unga ta’rif byermaymiz. Ammo axborot deganda, biz nimani tushunishimizni belgilab olishimiz kyerak.
AXBOROT deganda biz barcha sezgi organlarimiz orqali qabul qila oladigan ma’lumotlar majmuini va ularning o‘zaro bog‘lanishi darajasini tushunamiz.
Inson (jamiyat mahsuli)ga aylanishida odam (tabiat mahsuli) o‘zini o‘rab turgan olamdan turli ma’lumotlar oladi, ularni o‘zaro bog‘laydi va shu ma’lumotlar asosida bilimga ega bo‘ladi.
IX–X asrlarda Forobiy taxallusi bilan yashab ijod etgan yurtdoshimiz Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon bilish jarayonini ikki bosqich – aqliy bilish va hissiy bilishdan iborat deb hisoblab, ular o‘zaro bog‘liq bo‘lib, biri boshqasisiz vujudga kelmasligini alohida ta’kidlaydi. Bilishning mazkur bosqichlari axborotsiz shakllanmaydi va, demak, axborot bilishning asosini tashkil etuvchi element hisoblanadi.
Forobiy «Ilm va san’atning fazilatlari» risolasida tabiatni bilishning cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga, sifatlardan mohiyatga qarab borishini va, buning asosida, ilmning borgan sari ortib, chuqurlashib borishini ta’kidlaydi.
Allomaning aytishicha, odamning ibtidosida avvalo «oziqlanish talabi» paydo bo‘lib, unga ko‘ra odam ovqatlanadi. Shundan so‘nggi talablar «tashqi talablar» bo‘lib, ular bevosita tashqi ta’sir natijasida sezgi organlari orqali vujudga keladi. Mazkur «tashqi talablar» — 5 turlidir: tyeri–badan sezgisi; ta’m bilish sezgisi; hid bilish sezgisi; eshitish sezgisi; ko‘rish sezgisi.
Odam asosan tevarak–atrofdan quyidagicha axborot qabul qiladi.
Ko‘rish
|
Biz ko‘zimiz bilan tevarak atrofdagi moddiylik va voqealarni ko‘ramiz, ranglarni ajratamiz va ular yordamida, bosh miyamizga tasavvurli ma’lumotlarni uzatamiz
|
Ko‘rish
|
Biz ko‘zimiz bilan tevarak atrofdagi moddiylik va voqealarni ko‘ramiz, ranglarni ajratamiz va ular yordamida, bosh miyamizga tasavvurli ma’lumotlarni uzatamiz
|
Hid sezish
|
Burun bilan hidni sezamiz
|
Eshitish
|
Qulog‘imiz bilan eshitamiz
|
Ta'm bilish
|
Tilimiz bilan ta’mni ajratamiz
|
Haroratni, moddiylikning holatini bilish
|
Biz tanamiz orqali havoning haroratini, moddiy buyumlarning qattiq yoki yumshoqligini ajrata olamiz
|
Kitob o‘qiymizmi, televizor ko‘ramizmi yoki suhbatlashamizmi, biz doimo axborot qabul qilamiz va uni o‘zimizga kyerak ko‘rinishga o‘tkazish maqsadida qayta ishlaymiz, ya’ni boshqaramiz.
Masalan, chorrahada svetoforning yonib turgan qizil chirog‘i odamga to‘xtab turishni ko‘rsatuvchi axborot bo‘lsa, yashil chiroq yo‘lni kesib o‘tish mumkinligini ko‘rsatuvchi axborot hisoblanadi.
Bu hol tabiat va jamiyatdagi boshqariladigan barcha jarayonlar uchun ham o‘rinlidir. Ulardagi axborotli (informatsion) jarayonlarni bilmasdan turib, ishlash tartibini tahlil qila olmaymiz va tabiiyki, aniq natijaga kela olmaymiz. Biror qaror qabul qilishda asosiy manba bo‘lib axborot hisoblangani kabi, boshqarish ham turli usullarda uzatilayotgan har xil signallar axborot orqali, amalga oshiriladi.
«Informatsiya» so‘zi lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib «tushuntirish», «tafsiflash» degan ma'noni anglatadi.
U asosan, quiydagi uchta muhim sifatga ega bo‘lishi lozim:
- Axborot to‘liqlik sifatiga ega bo‘lishi lozim ya’ni axborot o‘rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to‘liq ifodalashi lozim;
- Axborot ma'lum darajada qimmatli bo‘lishi lozim, aks holda undan foydalanish ehtiyoji tug‘ilmaydi;
- Axborot ishonchli bo‘lishi lozim. Aks holda uni qayta ishlashga zarurat tug‘ilmaydi.
Axborotlar yuqoridagi sifatlar bilan farqlashdan tashqari shakliga ko‘ra ikki tur: uzluksiz va uzilishli turlarga ajratiladi.
Axborotlar ustida kyerakli amallarni bajarish borasida shunday tashkil qilingan bunday jarayon axborot texnologiyasi deb yuritiladi.
Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash–tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo‘llaniladi.
V. O’quvchilarni baholash:
VI. Uyga topshiriq: Informatika fani nimani o’rganadi? Mavzusi oxridagi savvollarga javob yozib o’rganib kelish.
Tasdiqlayman:
O`quv ishlari bo`yicha dirеktor
o`rinbosari_________________
"_____"__________________ 20_ yil.
Sinf VIII 3-dars
I. Mavzu: Informatika va hisoblash texnikasining jamiyatimiz taraqqiyotidagi ahamiyati.
II. Maqsad: O'quvchilarga Informatika va hisoblash texnikasining jamiyatimiz taraqqiyotidagi ahamiyati haqidagi bilim va ko’nikmalarini oshirish.
III. Darsning jihozi: kompyutyerlar va ulani qurilmalari, ko’rgazmali qurollar, plakatlar.
VI. Darsning borishi:
a) O'tilgan mavzu buyicha qisqacha savol-javob.
b) Yangi mavzuni tushuntirish
c) Yangi mavzuni mustahkamlash
Axborot jamiyatni rivojlantiruvchi va uning taraqqiyotiga asos bo‘luvchi muhim vosita hisoblanadi. Shu kabi axborot insoniyat tarixida eng muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lsa, jamiyatni kompyutyerlashtirish esa iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurishda asosiy harakatlantiruvchi kuchdir. Jamiyatni axborotlashtirish, yangi axborot texnologiyalari bilan ta’minlash insonlarning turli–tuman ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda muhim o‘rin tutadi. Inson axborot olami ichra yasharkan, voqea–hodisalar va jarayonlarning bir–biriga aloqadorligini, o‘zaro munosabati va mohiyatini tahlil etish, o‘z hayotidan kelib chiqayotgan murakkab savollarga ilmiy javob topish maqsadida ko‘pdan–ko‘p dalil va raqamlarga murojaat qiladi. Axborot tufayli nazariyat amaliyot bilan birikadi. Amaliyot nazariyatsiz, nazariyat esa amaliyotsiz mavjud ham bo‘lmaydi, rivojlanmaydi ham.
Savodlarimizning asosiy maqsadi informatika vositalarining ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritish emas, balki jamiyatning axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdagi usul va vositalar to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishdir.
Mazkur ehtiyoj doim mavjud bo‘lavyeradi va biror bir axborotli muhit doirasida qondiriladi.
«Axborotli muhit» tushunchasi hozirgi kunda informatika masalalarini o‘rganishda muhim o‘rin egallaydi. Insoniyatni o‘rab turgan muhit o‘z xislatlariga ko‘ra turlicha– tabiiy, siyosiy, ijtimoiy, milliy, oilaviy va psihologik bo‘lishi mumkin. Aniqrog‘i, bular har birimiz yashaydigan bir butun muhitning turli «tekislik»laridir. Mazkur «tekislik»larning markazida turadi va ular barcha axborotli oqimlarni boshqaradi; voqelikning moddiy axborotli muhitni boshqarish vositalari – enyergetik tomonlarini to‘ldiradi, rivojlantiradi va bunda u turli ijtimoiy faktorlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
Jamiyatda odamlar o‘rtasidagi aloqa faktori, bilimlar o‘rtasidagi «ko‘prik» – bu axborotdir. Demak, bilimni «o‘zim uchun» axborotga aylantirish (va aksincha) mexanizmi axborotli muhitni vujudga keltirishda alohida o‘rin egallaydi.
Jamiyat ahborotli muxitini tashkil qilishda muxim o'rin tutgan zamonaviy bosmaxonalarning ish faoliyati kompyutyer texnologiyalariga asoslanib olib borilayotgan bo'lsa, qadimda asosan qo'l mahnati bilan amalga oshirilgan.
Bugungi kunda ijtimoiy turli ko‘rinishdagi axborotlar majmuasi keng va rivojlangan bo‘lib, uning jamiyatda tutgan o‘rni beqiyosdir.
Oxirgi davrda axborotli muhitda katta o‘zgarishlar bo‘lib bormoqda. Ana shu o‘zgarishlar qog‘ozsiz texnologiya zaruriyatini keltirib chiqardi. Bu esa, o‘z navbatida, EHMning yanada keng rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
Respublikamizda axborotlashtirish keng yo‘lga qo‘yilishi bilan, undagi har bir fuqaroga kyerakli axborotni kyerakli paytda, kyerakli miqdorda, kyerakli sifatda olish imkoniyatlari ochilmoqda. Respublikamizdagi viloyatlar, shaharlar, tumanlarga qarashli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar zamonaviy kompyutyer texnikalari bilan jihozlanib, ular maxsus qurilmalar (telefon tarmog‘i, modem va boshqalar) yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
Axborotlarni tez, sifatli yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish kabi vazifalarni bajarishda hisoblash texnikasining xizmati beqiyos ekanligiga ishonch hosil qilinmoqda.
Bugungi kunda butun jahonda bu borada katta ishlar amalga oshirilmoqda. Aloqa sohasida ham axborot texnologiyalari yangi pog‘onaga ko‘tarilmoqda.
Bu o‘rinda elektron pochta alohida ahamiyatga ega. U o‘zaro bog‘langan kompyutyerlar tarmog‘i yordamida matbuot xabarlari (matn, rasm, chizma ) va hatto tovushli axborotni foydalanuvchiga yetkazish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, u istalgan vaqtda kyerakli ma’lumotni izlash va undan foydalanish imkonini byeradi.
Uzoq masofadan televizion tasvirlarini qabul qilish, uzatish yoki dunyodagi barcha davlatlar bilan telefon aloqasini amalga oshirish uchun xizmat qiladigan Yyerning sun’iy yo‘ldoshlarining ishlari ham kompyutyer va maxsus dasturga asoslanganligi sir emas.
Aytib o‘tilgan masalalarni to‘liq hal qilish nafaqat iqtisodiy holatni, balki katta hajmdagi ilmiy ishlarni ham talab qiladi. Bu ishlarni birlashtirib, yagona kibyernetik («kibyernetika» – lotin tilidagi «kibyer nautos» so‘zidan olingan bo‘lib, – o‘zbek tilida «darg‘a», «boshqaruvchi» degan ma’noni bildiradi) tizimga birlashtirish mumkin bo‘ladi.
Mazkur ilmiy–tadqiqot ishlarini jahonda ko‘zga ko‘ringan va ko‘p sohalarda yetakchi o‘rin egallagan Respublika Fanlar Akademiyasining «Kibyernetika» ilmiy–ishlab chiqarish birlashmasi amalga oshirmoqda. Taniqli olim, akademik V.Q.Qobulov tashabbusi bilan1966 yilda tashkil etilgan bu ilm dargohining olimlari xalq xo‘jaligining turli sohalari: iqtisod, kosmos, biologiya, tibbiyot, qishloq ho‘jaligi, texnikaning turli jabhalarida kibyernetik sistemalar yaratish borasida izlanish olib bormoqdalar.
Kelajakda axborotlar hozirgidek telefon yoki Sputnik aloqasi bilan bog‘langan kompyutyer tarmoqlari bilan emas, balki sifat jihatidan butunlay yangi bo‘lgan aloqa vositalari yordamida uzatiladi, to‘planadi, qayta ishlanadi.
Ammo bu masalalarni hal qilish uchun ko‘plab yuqori malakali mutaxassislar kyerak bo‘ladi va ular esa Sis – aziz yoshlar orasidan yetishib chiqadi.
V. O’quvchilarni baholash:
VI. Uyga topshiriq: Informatika va hisoblash texnikasining jamiyatimiz taraqqiyotidagi ahamiyati mavzusidagi savollarga javob yozish va kamida 3 ta misol yozib kelish.
Tekshirdim:
O`quv ishlari bo`yicha dirеktor
o`rinbosari_________________
"_____"__________________ 20_ yil.
Sinf VIII 4-dars
I. Mavzu: Axborotlarni raqamlar orqali tasvirlash. Sanoq sistemalari.
II. Maqsad: O'quvchilarga Axborotlarni raqamlar orqali tasvirlash. Sanoq sistemalari.haqidagi bilim va ko’nikmalarini oshirish.
III. Darsning jihozi: kompyutyerlar va ulani qurilmalari, ko’rgazmali qurollar, plakatlar.
VI. Darsning borishi:
a) O'tilgan mavzular bo’yicha kompyutyerda l0 talik test savollarini byerish.
b) Yangi mavzuni tushuntirish
c) Yangi mavzuni mustahkamlash
Odamlar o'rtasida muomala vositasi bo'lmish til kabi sonlarning o'z tili mavjud bo'lib, u ham o'z alifbosiga ega. Bu alifbo raqamlar va sonlarni ifodalash uchun qo'llaniladigan belgilardan iboratdir. Masalan, kundalik hayotimizda qo'llanadigan arab raqamlari 1, 2, . . ., 9, 0 yoki rim raqamlari I, II, V, X, L, C, M, H, . . ., sonlar alifbosining elementlari hisoblanadi. Turli davrlarda turli xalqlar, qabilalar raqamlar va sonlarni ifodalashda turlicha belgilardan foydalanganlar.
Masalan, qadimgi Misrda raqam va sonlarni ifodalashda quyidagi belgilardan foydalanilgan:
Masalan, qadimgi meksikaliklar (atsteklar) 402 sonini quyidagicha belgilaganlar:Ma'lumki, harflardan iborat alifboni qo'llashda ma'lum qonun va qoidalarga amal qilinadi. Sonli alifbodagi belgilardan foydalanishda ham o'ziga xos qoidalardan foydalaniladi. Bu qoidalar turli alifbolar uchun turlicha bo'lib, mazkur alifboning kelib chiqish tarixi bilan bog'liq. Masalan, biz kundalik hayotimizda qo'llayotgan sonlar alifbosi o'nta arab raqamini o'z ichiga olgan bo'lib, uning kelib chiqishida va qo'llanilishida tabiiy hisoblash vositasi bo'lmish qo'l barmoqlarimiz asosiy o'rin tutadi. O'z ichiga o'nta raqamni olganligi uchun ham bu alifbo o'zining barcha qoi-dalari bilan birgalikda o'n raqamli sanoq sistemasi deb ataladi.
Qadimda ba'zi xalqlar ishlatadigan sonlar alifbosi beshta (qadimgi Afrika qabila-larida), o'n ikkita (masalan, inglizlarning sonlar alifbosida), yigirmata (XVI-XVII asrlarda Amyerika qit'asida yashagan atstek, mayya qabilalarida; yeramizdan avvalgi II asrda G'arbiy Yevropada yashagan keltlarda; fransuzlarda), ba'zilari oltmishta (qadimgi vavilonliklarda) belgini o'z ichiga olgan. Ular mos ravishda besh raqamli (qisqacha beshlik) sanoq sistemasi, o'n ikki raqamli (qisqacha o'n ikkilik) sanoq sistemasi, yigirmata raqamli (qisqacha yigirmalik) sanoq sistemasi yoki oltmishlik sanoq sistemasi deb nomlanadi.
Soatning oltmishga, sutkaning o'n ikkiga karraliligi, bir yilning 12 oydan iboratligi, inglizlarda uzunlik o'lchov birligi bo'lmish 1 futning 12 dyuymga tengligi, fransuzlarning bir franki yigirma suga tengligi shu kabi sistemalarning qo'llanilishi natijasidir. Inson har bir sistemani ishlatganda ma'lum vositalardan ham foydalan-gan. Masalan, o'n ikkilik sanoq sistemasi uchun vosita sifatida qo'l barmoqlaridagi bo'g'inlardan foydalanilgan.
Sonlar sistemasidagi raqamlar soni shu sistemaning asosi deb yuritiladi.
Sonlar alifbosiga kiritilgan belgilar raqamlar va ular yordamida hosil qilingan boshqa belgilar sonlar deb yuritiladi. Masalan, o'nlik sanoq sistemasida 5, 6, 8 - bu raqamlar, ammo 658 - bu son. O'nlik sanoq sistemasida birliklar, yuzliklar, mingliklar va boshqalar har biri o'ntadan belgilardan iborat guruhlarga bo'lingan. Boshqa asosli sanoq sistemalardagi belgilar shu sistema asosi nechaga teng bo,lsa, shuncha belgilardan iborat guruhlarga ajratiladi.
Inson hayotida keng tarqalgan sanoq sistema - bu o'nlik sanoq sistemasidir. Bunda raqamlar o'zi turgan o'rniga ko'ra turlicha miqdorni anglatadi. Masalan: a) 9(to'qqiz) - birlik; 90(to'qson) - o'nlik; 900(to'qqiz yuz) - yuzlik. Shu bois ham bu sistema raqamlari o'z pozitsiyasi (tutgan o'rni) ga bog'liq bo'lgan sistema deb ham yuritiladi.
Demak, sanoq sistemalari shu xislatga ko'ra raqamlarining pozitsiyasiga bog'liq bo'lgan va raqamlarining pozitsiyasiga bog'liq bo'lmagan sanoq sistemalariga (qisqacha pozitsiyali va pozitsiyali bo'lgan sanoq sistemalariga) bo'linadi.
Sonlarning bu kabi tasniflanishi ular ustida arifmetik amallar bajarish imkonini byeradi.
Shuning uchun ham ajdodlarimiz raqamlar va sonlarni aniq bir shakllar tizimiga keltirish masalasiga katta e'tibor qaratganlar.
Yurtdoshimiz al-Xorazmiy arab (to'g'rirog'i, hind) raqamlarining sondagi o'rniga bog' liq holda amallar bajarish tartibini yagona tizimga birlashtirdi. Xorazmiy hind raqamlari asosida o'nlik pozitsiyali sistemada sonlarning yozilishini batafsil bayon qilib, bunday yozilishdagi qulayliklar, ayniqsa, nulning ishlatilishi ahamiyatini va sonlarning martabalarini, ya'ni razryadlarini (sondagi o'rni) e'tiborga olish lozimligini ta'kidlaydi.
V. O’quvchilarni baholash:
VI. Uyga topshiriq: Sanoq sistemasi mavzusidagi savollarga javob yozish va kamida 3 ta misol yozib kelish.
Tekshirdim:
O`quv ishlari bo`yicha dirеktor
o`rinbosari_________________
"_____"__________________
Sinf VIII 5-dars
I. Mavzu: Pozitsion va pozitsion bo’lmagan sanoq sistemalari. Sanoq sistemalarida arifmetik amallar.
II. Maqsad: O'quvchilarga Pozitsion va pozitsion bo’lmagan sanoq sistemalari. Sanoq sistemalarida arifmetik amallar haqidagi bilim va ko’nikmalarini oshirish.
III. Darsning jihozi: kompyutyerlar va ulani qurilmalari, ko’rgazmali qurollar, plakatlar.
VI. Darsning borishi:
a) O'tilgan mavzu buyicha qisqacha savol-javob.
b) Yangi mavzuni tushuntirish
c) Yangi mavzuni mustahkamlash
Sanoq sistemalarida qo'llaniladigan qoidalar turlicha bo'lsada, ular bir xil tamoyil asosida qurilgan. Mazkur tamoyilga ko'ra ixtiyoriy N sonini r asosli sanoq sistemada quyidagicha ifodalash mumkin:
N = akpk + ak-1pk-1 + ... + a1 p1 + ao p0
Bu yyerda: ak, ak-1 ,.., a0 - byerilgan sonni tashkil etuvchi raqamlar; k - sondagi raqamlar sonidan bitta kam miqdor (chunki birinchi raz-ryad 0 (nul) dan boshlangan).
Masalan, o'nlik sanoq sistemasidagi 98327 sonida 7 raqami birlikni, 2 raqami o'nlikni, 3 raqami yuzlikni, 8 raqami minglikni, 9 raqami o'n minglikni ifodalaydi.
Yuqoridagi ifodaga ko'ra ao = 7; a1 =2; a2 =3; a3 =8; a4 =9 va p=10, k=4 (5-1) bo'lib, byerilgan son quyidagi ko'phad shaklda bo'ladi:
98327=9 *104 + 8 * 103 + 3* 102 +2 * 101 + 7 * 100
Sonlarni shu usulda shakllantirish qoidasiga bo'ysunuvchi sanoq sistemalariga pozitsiyali sanoq sistemalari deyiladi.
Sonlarni boshqacha usul va qoidalar asosida shakllantira oladigan sanoq sistemalari ham mavjud. Bunday sistemalar jumlasiga rim raqamlari sistemasi kiradi. Mazkur, sistemada raqamlar va sonlarni ifodalovchi maxsus belgilar to'plami bo'lib, ixtiyoriy son ana shu belgilar yordamida tuziladi. Bunda ishlatilayotgan belgilar raqam va sonlar guruhiga bo'linmaydi hamda shu belgi sonni ifodalovchi raqamlar ketma-ketligining qaysi o'rnida turishidan qat'iy nazar, o'z miqdorini bildiravyeradi.
Masalan, rim raqamlari sistemasida ma'lum belgilar mavjud bo'lib, ular quyi-dagilarni ifodalaydi: 1 raqami "I" belgi bilan; 5 raqami "V" belgi bilan; 10 soni "X" belgi bilan; 50 soni "L" belgi bilan; 100 soni "C" belgi bilan; 500 soni "D" belgi bilan; 1000 soni "M" belgi bilan ifodalanadi.
Ular orasidagi boshqa sonlar miqdor jihatdan katta bo'lganidan ma'lum sonni ayirish yoki miqdor jihatdan kichik bo'lganiga biror sonni qo'shish ko'rinishida belgilanadi.
Biror sondan boshqa sonni ayirish kyerak bo'lsa, ayiriladigan son ayriluvchidan chapda, qo'shiladigan bo'lsa, uning o'ng tomoniga yoziladi.
Bu sistemaning qoidasiga ko'ra, sonning miqdori osha borgan sari undagi belgilar soni ko'payib boradi. Bu hol noqulaylikka olib keladi. Shuning uchun ham mazkur tizimda belgilar sonini kamaytirish maqsadida maxsus usullardan foydalaniladi. Tanlangan belgilar orasidagi sonni ifodalashda unga eng yaqin belgi asosiy belgi etib belgilanadi. Masalan, biz 49 sonini XXXXIX ko'rinishda ham yozishimiz mumkin edi. Ammo belgilar sonini kamaytirish maqsadida miqdor bo'yicha teng, ammo yozuvi qisqa ko'rinishda bo'lgan IL shaklini qabul qilamiz.
Quyida arab raqamlari yordamida yozilgan sonlarni rim raqamlari yordamida ifodalaymiz. 1-misol. 77 soni rim raqamlari yordamida LXXVII ko'rinishda ifodalanadi. 2-misol. 1960 soni rim raqamlari yordamida quyidagicha ifodalanadi: 1 = I; 5 = V; 10 = X; 50 = L; 100 = C; 500 = D; 1000 = M ligidan hamda1960 = 1000+900+60=1000+500+400+50+10ekanligini inobatga olib, byerilgan 1960 sonini quyidagicha ifodalash mumkin: Bu moslikni belgilar ketma-ketligida ifodalasak, quyidagi natijani olamiz: 1960 = MDCDLX
Son tarkibidagi belgilarni ham kamaytirish mumkin. Buning uchun 900 ni DCD (ya'ni 500+(500-100) kabi) ko'rinishda emas, balki CM (ya'ni 1000-100) ko'rinishda yozsak, unda 1960 soni rim raqamlari yordamida MCMLX shaklga ega bo'ladi.
Rim raqamlari xayotda keng tatbiq topmadi, ammo ularni uchratib turamiz, masalan, soat belgilarida, kitob boblarini belgilashda, ba'zan taqvimnoma oylarini yozishda bu ha-nuzgacha ishlatiladi.
Pozitsiyali sanoq sistemasining qulayligi shundaki, unda katta sonlarni kam miqdordagi raqamlar bilan ifodalash mumkin. Undan tashqari ulardagi sonlar ustida arifmetik amallarni bajarish ancha qulaydir.
Kundalik hayotimizda ishlatiladigan o'nlik sanoq sistemasidagi sonlar ustida arifmetik amallar bajarish usullarini bilamiz. Mazkur usullar boshqa barcha pozitsiyaga bog'liq bo'lgan sanoq sistemalari uchun ham o'rinlidir.
O'nlik sanoq sistemasida qo'shish amalini ko'rsak, biz avval birliklarni, so'ng o'nliklarni, keyin yuzliklar va hakazolarni o'zaro qo'shib boramiz. Bu jarayon barcha pozitsiyali sanoq sistemalar uchun o'rinli bo'lib, toki oxirgi qiymat bo'yicha eng katta razryadni qo'shishgacha davom etadi. Mazkur jarayonda shu narsani doim eslash kyerakki, agar biror raz-ryad sonlarini qo'shganimizda natija sanoq sistema asosi qiymatidan katta chiqsa, yig'indining sanoq sistema asosidan katta qismini keyingi razryadga o'tqazish kyerak.
Masalan, o'nlik sanoq sistemasida:
19327510
7953810
198310
---------------------
27479610
Shuni yodda tutish kyerakki, sanoq sistema asosining qiymati 10 deb hisoblanadi (o'nlik ma'nosida). Shu sababli ham sanoq sistema asosidan keyingi sonlar (toki o'sha sanoq sistema asosiga karrali son chiqmaguncha) 11, 12,.... va h. deb yuritiladi.
V. O’quvchilarni baholash:
VI. Uyga topshiriq: Pozitsion va pozitsion bo’lmagan sanoq sistemalari. Sanoq sistemalarida arifmetik amallar mavzusidagi savollarga javob yozish va kamida 3 ta misol yozib kelish. Tekshirdim:
O`quv ishlari bo`yicha dirеktor
o`rinbosari_________________
"_____"__________________ 20_ yil.
Sinf VIII 6-dars
Mavzu: Ikkilik sanoq sistemasida arifmetik amallar bajarish.
II. Maqsad: O'quvchilarga Ikkilik sanoq sistemasida arifmetik amallar bajarish haqidagi bilim va ko’nikmalarini oshirish.
III. Darsning jihozi: kompyutyerlar va ulani qurilmalari, ko’rgazmali qurollar, plakatlar.
VI. Darsning borishi:
a) O'tilgan mavzu buyicha qisqacha savol-javob.
b) Yangi mavzuni tushuntirish
c) Yangi mavzuni mustahkamlash
Ma'lumki ikkilik sanoq sistemasi faqat ikkita: 0 va 1 raqamlaridan tashkil topgan. Shu sistemada qo'shish, ayirish va ko'paytirish amallari quyidagicha bajariladi:
-
Qo'shish
|
Ayirish
|
Ko'paytirish
|
0+0=0
|
0-0=0
|
0*0=0
|
0+1=1
|
1-0=0
|
0*1=0
|
1+0=1
|
10-0=1
|
1*0=0
|
+1=10
|
|
1*1=1
|
V. O’quvchilarni baholash:
VI. Uyga topshiriq: Ikkilik sanoq sistemasida arifmetik amallar bajarish mavzusidagi savollarga javob yozish va kamida 3 ta misol yozib kelish.
Tekshirdim:
O`quv ishlari bo`yicha dirеktor
o`rinbosari_________________
"_____"__________________ 20_ yil.
Sinf VIII 7-dars
Mavzu: Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqasiga o’tkazish.
II. Maqsad: O'quvchilarga Ikkilik sanoq sistemasida arifmetik amallar bajarish haqidagi bilim va ko’nikmalarini oshirish.
III. Darsning jihozi: kompyutyerlar va ulani qurilmalari, ko’rgazmali qurollar, plakatlar.
VI. Darsning borishi:
a) O'tilgan mavzu buyicha qisqacha savol-javob.
b) Yangi mavzuni tushuntirish
c) Yangi mavzuni mustahkamlash
Turli asosli sanoq sistemasidagi sonlarni o'nlik sanoq sistemasiga o'tkazishda quyida keltirilgan asos darajalari bo'yicha yoyish formulasidan foydalaniladi:
N=akkq2 + ak-1qk-1 + ak-2qk-2 + ... + a1q1 +a0q0 + a-1q-1 + a-2q-2 + ...
Bu yyerda, ak, ak-1, ... ,a0 - byerilgan sonning butun qismi koeffitsientlari;
q - sanoq sistemasi asosi;
a-1, a-2, ... - sonning kasr qismi.
O'nlik sanoq sistemasidagi sonlarni boshqa sanoq sistemasiga o'tkasish uchun byerilgan son otkaziladigan sanoq sistema asosiga natija 1 ga teng bo'lguncha ketma-ket bo'linadi va qoldiqlar o'ngdan chapga qarab yoziladi.
V. O’quvchilarni baholash: LATSISUN.EXE dasturi yordamida o’quvchilar bilimini sinab ko’rish.
VI. Uyga topshiriq: Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqasiga o’tkazish mavzusidagi savollarga javob yozish va kamida 12 ta misol yozib kelish.
Tekshirdim:
O`quv ishlari bo`yicha dirеktor
o`rinbosari_________________
"_____"__________________ 20_ yil.
Sinf VIII 8-dars
I.Mavzu: Axborotlarni raqamlar orqali ifodalash. Axborotlarni ikkilik sanoq sistemasida kodlash. Axborot miqdori.
II. Maqsad: O'quvchilarga Axborotlarni raqamlar orqali ifodalash. Axborotlarni ikkilik sanoq sistemasida kodlash. Axborot miqdori tushunchalari haqidagi bilim va ko’nikmalarini oshirish.
III. Darsning jihozi: kompyutyerlar va ulani qurilmalari, ko’rgazmali qurollar, plakatlar.
VI. Darsning borishi:
a) O'tilgan mavzu buyicha qisqacha savol-javob.
b) Yangi mavzuni tushuntirish
c) Yangi mavzuni mustahkamlash
Har bir fan o'z axboroti, o'zaro bog'langan ma'lumotlari majmuiga ega bo'lib, ularni qayta ishlashning o'z usullari va qoidalari mavjud. Mazkur usul va qoidalar shu fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi hamda axborot va ma'lumotlar shu fan o'rganuvchi asosiy ob'ektga bog'liq bo'ladi. Masalan, biologiyada o'rganiladigan ob'ekt - tabiiy tirik sis-temalar (odam, hayvonlar, o'simliklar) bo'lib, biologiya fanida qo'llaniladigan axborotlar ana shu ob'ektlar yordamida, ularning bevosita ishtirokida to'planadi, qayta ishlanadi, saqlanadi va uzatiladi.
Informatika fani uchun o'rganiladigan ob'ekt bo'lib, axborot hisoblanadi. Shuning uchun ham bu fanda axborotlarni yig'ish, hosil qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatishda hisoblash texnikasi qay tarzda qo'llanilishi asosiy masala hisoblanadi.
Informatikada axborotlar ikki turga - analog va raqamli (diskret) axborotlarga bo'lib o'rganiladi.
Analog axborotlar uzluksiz mavjud bo'lib, uni ixtiyoriy vaqtda qabul qilish mumkin, boshqacha aytganda, analog axborotlar atrof-muhitga (shu jumladan insonga ham) uzluksiz ta'sir etuvchi enyergetik signallardir.
Tabiatda bu signallarning ikkita aynan bir xil kombinatsiyasi uchramaydi. Biz ikkita aynan bir xil tovush hatto bir daraxtda ikkita aynan bir xil yaproq uchratmaymiz. Ammo bun-ing teskarisi, ya'ni bir xil shaklga ega bo'lib, turli mazmun kasb etadigan holat ham mavjud. Masalan, bitta nota qog'ozda bitta yagona belgi bilan ifodalansada, u turli musiqa asboblarida (g'ijjak yoki nayda) ijro etilganda, uning farqini darhol sezamiz.
Ta'kidlash lozimki, analog axborotlarni qayta ishlash uchun ularning biror davrdagi ho-latini ajratib olishimiz va tahlil qilishimiz lozim. Buning uchun esa bu axborotni boshqacha shaklga o'tkazishimiz lozim. Bunda turli belgilardan foydalanamiz. Har-xil ranglarni turli raqamlar bilan, tovushlarni esa notalar bilan belgilab, analog axborotni raqamli axborotga aylantirishimiz mumkin.
Analog axborot bilan raqamli axborotning asosiy farqi shundaki, analog axborot uzluksiz, raqamli axborot esa uzlukli (diskret) dir.
Inson tomonidan yaratilgan qurilmalar ichida analog axborotlar bilan ishlaydiganlari ham, raqamli axborotlar bilan ishlaydiganlari ham mavjud.
Analog qurilmalarga televizor, telefon, raqamli qurilmalarga shaxsiy kompyutyerni mi-sol qilish mumkin. Hozirda raqamli televizor va raqamli telefonlar hayotimizdan keng o'rin olmoqda.
Biz axborotlarni turli-tuman signallar holatida qabul qilamiz. Signallarning turli-tumanligi axborotlarni qayta ishlash jarayonini murakkablashtiradi. Shuning uchun ham ax-borotlarni to'plash, saqlash, qayta ishlashni osonlashtirish maqsadida ular bir xil shaklga keltiriladi, ya'ni qayta ishlash uchun qulay bo'lgan belgilar bilan almashtiriladi. Bu jarayon axborotlarni kodlash deyiladi.
Hayotda axborotni kodlashning ko'pdan ko'p usullari mavjud. Ularga, quyida Siz bilan tanishadigan, Morze va harflarni raqamlash usullarini kiritish mumkin.
Semyuel Morze 1837 yilda elektr magnit telegraf qurilmasini ixtiro qilgan va 1838 yilda shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab chiqqan. Axborotlarni kodlashda ishlatiladigan usullardan biri axborotlarni telegraf kodi yordamida kodlash usulidir. Unda turli harf va raqam-lar nuqta va tirelarning maxsus ketma-ketligi ko'rinishida ifodalangan. Ya'ni axborot uchta belgi yordamida kodlanadi: "uzun signal" (tire yordamida ifodalanadi), "qisqa signal" (nuqta yordamida ifodalanadi), "signalsiz" (bo'shliq, pauza bilan ifodalanadi). Mazkur kodlash usuli hanuzgacha qo'llanib kelinmoqda. Morze kodlash usulini tekis bo'lmagan (o'zgaruvchi) kod deb yuritiladi. Insoniyatga ma'lum belgilar bu usuldagi ikki yoki undan ko'p belgilar yor-damida ifodalanadi.
Kompyutyer raqamlarning o'zini emas, balki shu raqamlarni ifodalovchi signallarni farqlaydi. Bunda raqamlar signalning ikki qiymati bilan (magnitlangan yoki magnitlanmagan; ulangan yoki ulanmagan; ha yoki yo'q va h.k.) ifodalanadi. Bu holatning birinchisini 0 raqami bilan, ikkinchisini esa 1 raqami bilan belgilash qabul qilingan bo'lib, axborotni ikkita belgi yordamida kodlash nomini olgan.
Bu usul qisqacha qilib, ikkilik kodlash deb ham ataladi. Bunda har bir raqam va alifbodagi belgi jahon andazalaridagi kodlash jadvali - ASCII (Amyerican Standard Code for Information Intyerchange) jadvali yordamida ikkilik belgilar ketma-ketligida ifodalanadi.
Kodlash usullari ikkita - tekis va notekis turda bo'lishi mumkin. Tekis usullarda bir xil hajmdagi belgilardan foydalanilsa, notekis usulda belgilar turli hajmdagi belgilarni o'z ichiga oladi.
Kodlashning notekis ususliga Morze alifbosi usuli misol bo'la oladi, chunki unda har bir harf va raqamga uzun va qisqa signallarning ikkilik ketma-ketligi mos keladi. Masalan, Ye harfiga birgina nuqta mos kelsa, O harfi uchun uchta tire mos keladi. Bunday usul bilan axborotlarni uzatish mumkin bo'lsada, ularni qayta ishlash katta muammoli vazifadir. Shuning uchun ham axborotlarni qayta ishlash vositasi hisoblanmish elektron hisoblash mashinalarida tekis kodlash usullaridan foydalaniladi.
Kompyutyerlarda har bir belgiga 0 va 1 belgilarining ketma-ketligidan iborat 8 ta belgi mos qo'yiladi. Shu 8 ta belgining har biri bit deb nomlanadi. 8 ta bit esa bir bayt ni tashkil etadi.
8 ta nol va birlarning turli kombinatsiyasidan foydalanib, turli xildagi belgilarni kodlashimiz mumkin. 0 va 1 dan iborat raqamlar yordamida ularni 8 tadan ajratsak, bu kombinatsiyalar soni 28 =256 ga teng bo'ladi va ular yordamida 256 ta harflar, raqamlar, turli boshqa belgilarni kodlash imkoniyati tug'iladi.
x.k) kabi, o'lchanadi. Ammo uning o'lchov birligi siz bilan matematika yoki fizika kursida tanishgan o'lchov birliklarimizdan farq qiladi.
Axborotni o'lchash uchun unda ishtirok etgan harf, raqam va boshqa belgilar 0 va 1 raqamlaridan iborat kod bilan almashtiriladi.
Masalan:
100101101 da 9 ta bit bor, chunki unda 9 ta raqam (0 va 1) ishtirok etmoqda.
Bitdan kattaroq o'lchov birligi sifatida bayt qabul qilingan:
1 bayt = 8 bit
Masalan: 11011011 da 1 bayt axborot bor, chunki unda 8 ta bit (raqam ) qatnashmoqda. 10110101 00100011 da esa 2 bayt axborot bor.
Axborotda qatnashgan har qanday belgi 1 bayt hajmli deb hisoblanadi. Masalan, "S" harfi 1 bayt hajmga ega; "GN" esa 2 bayt hajmli; "ANV" - 3 bayt hajmli va h.k.
Baytdan katta o'lchov birligi ham mavjud. U kilobayt (Kbt) deb nomlanadi va 210 baytga teng:
|