-modda. Ish va taʼlim olish vaqtiga rioya qilish




Download 39,2 Kb.
bet6/14
Sana24.05.2024
Hajmi39,2 Kb.
#252546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Odob axloq qoidalari-2021

15-modda. Ish va taʼlim olish vaqtiga rioya qilish
Xodim, talaba va doktorantlar dars mashg‘ulotlari va ishga o‘z vaqtida kelishlari, mehnat hamda o‘qish intizomiga rioya qilishlari shart.


16-modda. Universitetda g‘ayriaxloqiy va nojo‘ya xatti-harakatlarni sodir etishga yo‘l qo‘yilmasligi
Talaba va doktorantning o‘qishiga, xodimning esa universitetda mehnat faoliyatini yuritishiga to‘sqinlik qiladigan quyidagi g‘ayriaxloqiy va nojo‘ya xatti-harakatlarni sodir etish qatʼyan taqiqlanadi:
har qanday huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etish, jumladan, tuhmat qilish, haqoratlash;
giyohvand moddalar, psixotrop vositalar va ularning analoglari, alkogol va tamaki mahsulotlarini universitetda isteʼmol qilish va tarqatish (tamaki mahsulotlarini belgilangan joylarda chekish bundan mustasno);
tinchlik yoki osoyishtalikka qarshi tajovuz qilish, janjallashish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar o‘ynash;
universitetga moddiy va uning obro‘siga salbiy taʼsir etuvchi maʼnaviy zarar yetkazish;
o‘zi bilan birga o‘tkir tig‘li asboblar olib yurish;
xodim, talaba va doktorantlarga jismoniy, maʼnaviy yoki moddiy zarar yetkazish;
universitet hamda uning binolari atrof-muhitini har qanday ko‘rinishda ifloslantirish;
universitet binolari va hovlisida, shuningdek, universitet binolariga tutashgan va ulardan 500 metrdan kam bo‘lmagan hududda spirtli ichimliklar ichish va tamaki yoxud boshqa turdagi mahsulotlarni chekish (tamaki mahsulotlarini belgilangan joylarda chekish bundan mustasno) hamda mast holda bo‘lish, tashqi ko‘rinishga va belgilangan etiket qoidalariga zid ravishda sochlari o‘sgan, to‘zg‘igan, soqoli olinmagan va kiyinish talabiga rioya qilmagan holda kelish;
universitetga tegishli kompyuterlarda universitetga tegishli bo‘lmagan maʼlumotlarni, shuningdek, turli kinofilmlar, noqonuniy maʼlumotlar, behayo surat va filmlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, ekstremistik, separatistik va fundamentalistik kayfiyatdagi har qanday materiallarni tayyorlash, ko‘rish, saqlash, tarqatish va ularga daʼvat etish;
o‘quv mashg‘ulotlari va ishga hamda xodim va talabalarning osoyishtaligiga xalaqit beradigan xatti-harakatlar sodir etish (radiouzatgich, televizor, multimedia va ovoz chiqaruvchi moslamalardan maqsadsiz foydalanish yoxud zarar yetkazish);
umumbashariy va milliy qadriyatlarga xos bo‘lmagan yoki universitet, uning xodimlari nufuziga putur yetkazadigan materiallarni Internet tarmog‘i va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish yoki ulardan turli nomuvofiq maqsadlarda foydalanish.
Xodimlar, talabalar va doktorantlar tomonidan universitetning obro‘si, qadr-qimmati va nufuzini tushiradigan, taʼlim jarayonining maʼnaviy buzilishiga olib keladigan agressiya, odamlarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan, zo‘rlash va vahshiylik, vandalizm, millatlararo nizo qo‘zg‘atadigan, diniy yo‘nalishdagi, terrorizm, ekstremizm va fundamentalizm, shuningdek, behayo va ishqiy sahnalarni namoyon qiladigan fotosuratlar, video va audioyozuvlardan foydalanish va ularning tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va universitet faoliyati, uning xodimlari hamda talabalari shaʼni, qadr-qimmati hamda obro‘siga salbiy taʼsir qiluvchi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, asossiz va tekshirilgan dalillarga asoslanmagan turli xil ko‘rinishdagi maʼlumot, fikr, mulohaza va munosabatlarni Internet, ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek, boshqa ommaviy axborot manbalarida, tarqatuvchilarda, tashuvchilarda paydo bo‘lishi (oshkor etilishi) hamda shunday maʼlumotlarga ijobiy munosabat bildirish (“layk” bosish, repost qilish) mazkur talaba va doktorantning o‘qishiga, xodimning esa universitetda mehnat faoliyatini yuritishiga to‘sqinlik qiladigan g‘ayriaxloqiy va nojo‘ya xatti-harakat bo‘lib hisoblanadi.

Download 39,2 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 39,2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Ish va taʼlim olish vaqtiga rioya qilish

Download 39,2 Kb.