|
-modda. Qoidaning amal qilish doirasi
|
bet | 3/14 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 39,2 Kb. | | #252546 |
Bog'liq Odob axloq qoidalari-20213-modda. Qoidaning amal qilish doirasi
Ushbu Qoida universitetning barcha xodim, talaba va doktorantlariga nisbatan tatbiq etiladi.
2-BOB. ODOB-АXLOQ QOIDАSINING PRINSIPLАRI
4-modda. Universitet xodimi, talaba va doktorantlari xulq-atvorining asosiy prinsiplari
Mazkur Qoida qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, vatanparvarlik, xizmat va taʼlim olish burchiga sodiqlik, adolat, halollik va xolislik, samaradorlik va tejamkorlik prinsiplariga asoslanadi.
5-modda. Qonuniylik prinsipi
Universitetning xodim, talaba va doktorantlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga so‘zsiz rioya qiladilar hamda o‘z xizmat va o‘qish majburiyatlarini lavozim yo‘riqnomalari, mehnat shartnomalari, ushbu Odob-axloq qoidalari, universitet Ichki tartib qoidalari hamda taʼlimga oid boshqa meʼyoriy hujjatlariga muvofiq bajaradilar.
6-modda. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi prinsipi
Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari universitetning oliy qadriyati bo‘lib hisoblanadi. Universitetning xodim, talaba va doktorantlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaydilar va bunday buzilishlar ro‘y bergan hollarda ularni tiklashga ko‘maklashadilar.
7-modda. Vatanparvarlik, xizmat va taʼlim olish burchiga sodiqlik prinsipi
Universitetning xodim, talaba va doktorantlari taʼlim olish va xizmat faoliyatlarini maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar, Vatanga sadoqat, xizmat va taʼlim olish burchiga sodiqlik asosida jamiyatning universitetga bo‘lgan talabi va ishonchini ifodalagan holda amalga oshiradilar. Xodim, talaba va doktorantlar taʼlim olish va xizmat burchlarini o‘zaro xayrixohlik, o‘z manfaatlari va mafkuraviy qarashlaridan qatʼiy nazar lozim darajada bajaradilar.
8-modda. Аdolat, halollik va xolislik prinsipi
Universitetning xodim, talaba va doktorantlari taʼlim olish va xizmat faoliyatlarini amalga oshirishda adolatli, halol va xolis bo‘lishlari hamda universitetga tegishli bo‘lgan saytlar va ijtimoiy tarmoqlarga murojaat qilgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan ushbu prinsip talablari asosida munosabatda bo‘lishlari shart.
|
| |