• 19-modda. Pedagog xodim va talabalarning auditoriyadagi va undan tashqaridagi o‘zaro munosabatlari
  • -BOB. XODIM, TАLАBА VА DOKTORАNTLАRNING O‘ZАRO MUNOSАBАTLАRIGА OID TАLАBLАR




    Download 39,2 Kb.
    bet8/14
    Sana24.05.2024
    Hajmi39,2 Kb.
    #252546
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
    Bog'liq
    Odob axloq qoidalari-2021

    6-BOB. XODIM, TАLАBА VА DOKTORАNTLАRNING O‘ZАRO MUNOSАBАTLАRIGА OID TАLАBLАR
    18-modda. Xodim, talaba va doktorantlarning o‘zaro munosabatlari
    Xodim, talaba va doktorantlarning o‘zaro munosabatlari milliy qadriyat va anʼanalar, yagona jamoaviy muhit, o‘zaro hurmat va eʼtibor, do‘stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillariga asoslanishi lozim.
    Xodim, talaba va doktorantlarning o‘zaro munosabatlarida inson qadr- qimmatiga hurmatsizlik, shaxsiyatni kamsitish, o‘zganing intellektual mulkini o‘zlashtirib olish, qo‘pollik, behayo so‘zlar ishlatish, mushtlashish qatʼiyan man etiladi.
    Pedagog xodimlar tomonidan talabalarga nisbatan o‘quv va tarbiya jarayonidagi yuqori talabchanlik ularning shaxsini hurmat qilish bilan birgalikda amalga oshirilishi kerak.


    19-modda. Pedagog xodim va talabalarning auditoriyadagi va undan tashqaridagi o‘zaro munosabatlari
    Pedagog xodim auditoriyaga kirganida, barcha talabalar o‘rinlaridan turib hurmatlarini bildirgan holda kutib olishlari, so‘ngra pedagog xodim salomlashib, o‘tirishga ruxsat bergach, o‘z joylarini egallashlari kerak. Pedagog xodim darsini tugatib, auditoriyadan chiqib ketayotganda ham talabalar o‘rinlaridan turib, kuzatib qo‘yishlari lozim.
    Pedagog xodimlar o‘quv jarayoni va boshqa holatlarda ham talabalarning shaxsini hurmat qilishi, ular bilan munosabatda ochiqlik va xayrixohlik tamoyillariga amal qilish, talabalarga taʼlim berish jarayonida o‘z vazifalarini beg‘araz amalga oshirishi, talabaga munosabatda ularni kamsitish, qo‘pol so‘z ishlatish, o‘zini yuqori tutish va tanish-bilishchilik kabi yondashuv shakllarini mutlaqo qo‘llamaslik, ularga nisbatan doimo haqqoniy munosabatda va xolis bo‘lishlari shart.
    Pedagog xodimlar talabalarga ularni qiziqtirgan fan yoki o‘quv kursiga oid masalalar yuzasidan dars jarayonidan tashqari vaqtlarda bergan savollariga ham axloq meʼyorlariga amal qilgan holda javob qaytarishlari va ularning fanga bo‘lgan qiziqish va ishtiyoqlarini oshirish choralarini ko‘rishlari zarur.



    Download 39,2 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




    Download 39,2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -BOB. XODIM, TАLАBА VА DOKTORАNTLАRNING O‘ZАRO MUNOSАBАTLАRIGА OID TАLАBLАR

    Download 39,2 Kb.