• 21-modda. Uyali aloqa vositalaridan foydalanish
  • 22-modda. Dars mashg‘ulotida ishtirok etish
  • -modda. Аkademik taʼqiq va tazyiqqa yo‘l qo‘yilmasligi




    Download 39,2 Kb.
    bet9/14
    Sana24.05.2024
    Hajmi39,2 Kb.
    #252546
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Odob axloq qoidalari-2021

    20-modda. Аkademik taʼqiq va tazyiqqa yo‘l qo‘yilmasligi
    Universitet hayotida rahbariyat yoki pedagog xodim tomonidan talabalarni ularning roziligisiz muayyan ishlarga jalb etganlik, haq to‘lamasdan ularning mehnat kuchidan foydalanish (universitet va unga biriktirilgan boshqa hududda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan xavfsizlik standartlariga qatʼiy rioya qilingan holda ixtiyoriy shanbalik va boshqa turdagi tadbirlar tashkil etilgan hollar bundan mustasno) maqsadida ularga murojaat etilganida, talabalar tomonidan bunday so‘rovga rad javobining berilishi pedagog xodim tomonidan kelgusida ularga dars mashg‘ulotida past baho qo‘yish yoki boshqa turdagi tazyiq va taʼqib qilish bilan bog‘liq munosabat ko‘rsatilishiga imkon bermaydi va bunday taʼqib tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi. Shuningdek, universitet pedagog xodimlarining kasbiy faoliyatiga aralashishga, taʼlim oluvchilarning bilimlarini to‘g‘ri va xolis baholashga taʼsir ko‘rsatishga, shuningdek, ushbu pedagog xodimlarning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.


    21-modda. Uyali aloqa vositalaridan foydalanish
    Dars mashg‘ulotlari vaqtida uyali aloqa vositalaridan foydalanish barcha uchun qat’iyan taqiqlanadi. Uyali aloqa vositalaridan foydalanishga zarur va uzrli holatlarda pedagog xodimning ruxsati bilangina ruxsat etilishi mumkin.


    22-modda. Dars mashg‘ulotida ishtirok etish
    Talabalarning darsga kech qolib kelishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Lekin uzrli sababga ko‘ra darsga kech qolgan talaba uzr so‘rab, pedagog xodimning ijozati bilan auditoriyaga kirib o‘z joyini egallashi mumkin.
    Pedagog xodim dars mashg‘ulotlariga o‘zining nojo‘ya harakatlari bilan xalaqit berayotgan talabani yuzaga kelgan vaziyat haqida fakultet dekanini (dekan o‘rinbosari yoki tyutor-guruh murabbiysini) xabardor qilgan holda darsdan chetlatishi mumkin.
    O‘quv jarayoni talabalar, ish beruvchi, o‘qituvchilar va maʼmuriyat o‘rtasida ochiq muloqot shaklida talabaga yo‘naltirilgan yondashuv asosida taʼlim standartlarini inobatga olgan holda rejalashtiriladi. Ushbu jarayonda ish beruvchi va talabalarning talab va istaklari muhokama qilinadi. Barcha manfaatdor tomonlar taʼlim dasturining yaratilishi va o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan muhokamaga jalb etilishi mumkin.



    Download 39,2 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 39,2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Аkademik taʼqiq va tazyiqqa yo‘l qo‘yilmasligi

    Download 39,2 Kb.