• 29-modda. Qoidaga rioya qilishning attestatsiya va boshqa jarayonlar uchun ahamiyati
  • 30-modda. Odob-axloq qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
  • 9-BOB. ODOB-АXLOQ KOMISSIYASI FАOLIYATINI TАSHKIL ETISH 32-modda. Odob-axloq komissiyasi
  • -BOB. RАG‘BАTLАNTIRISH VА CHORА KO‘RISH TАRTIBI




    Download 39,2 Kb.
    bet13/14
    Sana24.05.2024
    Hajmi39,2 Kb.
    #252546
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Odob axloq qoidalari-2021

    8-BOB. RАG‘BАTLАNTIRISH VА CHORА KO‘RISH TАRTIBI
    28-modda. Xodim va talabalarni rag‘batlantirish
    O‘quv yili davomida mazkur Qoidaga to‘la rioya qilgan, universitetda yuksak maʼnaviy-axloqiy muhitning yanada qaror topishi va mustahkamlanishiga o‘z hissasini qo‘shgan xodim va talabalar rahbariyat, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va boshqa tarkibiy bo‘linma rahbarlari tavsiyasiga binoan belgilangan tartibda moddiy yoki maʼnaviy rag‘batlantirilishlari mumkin.


    29-modda. Qoidaga rioya qilishning attestatsiya va boshqa jarayonlar uchun ahamiyati
    Xodimlar tomonidan mazkur kodeksga rioya etilishi attestatsiyalar o‘tkazishda, yuqori va boshqa lavozimlarga tayinlash (karyeraviy o‘sish) uchun kadrlar zaxirasini shakllantirishda hisobga olinadi.


    30-modda. Odob-axloq qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
    Universitet xodim, talaba va doktoranti tomonidan mazkur tartib qoidalarining buzilishi uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘lib xizmat qiladi.


    31-modda. Odob-axloq va ichki tartib-qoidalarning o‘zaro munosabati
    Universitetning xodim, talaba va doktorantlari mazkur Qoidani buzganida, ularga nisbatan universitet ichki tartib qoidalarining tegishli boblarida qayd etilgan choralar qatʼiy qo‘llaniladi.


    9-BOB. ODOB-АXLOQ KOMISSIYASI FАOLIYATINI
    TАSHKIL ETISH
    32-modda. Odob-axloq komissiyasi
    Mazkur Qoida xodim, talaba va doktorantlar tomonidan buzilishiga oid masalalar universitet odob-axloq komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Odob-axloq komissiyasi qabul qilingan odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi nizom, mazkur Qoidalar hamda universitet rektorining buyruqlari asosida faoliyat olib boradi.
    Shuningdek, Odob-axloq komissiyasi universitet rektorining ko‘rsatmasi bo‘yicha;
    -xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra;
    -o‘z tashabbusi bilan;
    -universitetning xodim, talaba va doktorantlaridan, shuningdek, universitetga kelib tushgan axborot asosida ham ushbu turdagi masalalarni ko‘rib chiqadi.
    Odob-axloq komissiyasi kamida 5 kishidan iborat tarkibda tuziladi. Odob-axloq komissiyasining maqsadi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va uning faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalar universitet rektori tomonidan tasdiqlangan “Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risida”gi nizomda belgilanadi.



    Download 39,2 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 39,2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -BOB. RАG‘BАTLАNTIRISH VА CHORА KO‘RISH TАRTIBI

    Download 39,2 Kb.